Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish
Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
Download 7.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi
Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish 96 rejasini tuzish bilan bog’lik bo’lgan ma’lumotlarni yig’ish bilan bir qatorda ularni umumlashtirib, boshqaruv apparati bo’limlariga etkazadi. Viloyat sharoitida sug’oriladigan maydonlarda qishloq xo’jaligi ekinlaridan mo’l hosil yaratishning asosiy omillaridan biri, bu sug’oriladigan maydonlarning muvozanatini barqarorlashtirishdir. Sug’oriladigan maydonlarning suv–tuz muvozanatini saqlash asosan sun’iy drenaj tarmoqlari orqali amalga oshiriladi. Shu maqsadlar uchun viloyat bo’yicha umumiy uzunligi 8944,5 km bo’lgan, shundan 724,6 km uzunlikdagi magistral, 2712,5 km xo’jaliklararo, 5507,5 km klaster va fermer xo’jaliklari hisobida turadigan ichki kollektorlar, shu jumladan 999,98 km yopiq – yotiq gorizontal drenaj tarmoqlari xizmat qiladi. Shuningdek shu maqsadlar uchun 725 ta tik drenaj quduqlaridan ham foydalanib, ular yordamida 43.3 ming gektar maydonning meliorativ vaziyati barqaror holda saqlab turiladi. Mavjud kollektor – drenaj tarmoqlari tizimini texnik holatini o’rganish maqsadida har yili 1 noyabrholatida qaydnomadan o’tkaziladi. Qaydnomada mavjud drenaj tarmoqlaridan 3437,0 km qismi davlat hisobida bo’lib, shundan 2427,0 km davlat hisobidaturadigan xo’jaliklararo ochiq hamda yopiq kollektor-drenaj tarmoqlarining texnik holati qoniqarli va jami 1011,0 km uznlikdagi kollektor drenaj tarmoqlarining texnik holati qoniqarsiz holatda ekanligi aniq ko’rsatilgan. Texnik holati qoniqarsiz bo’lgan kollektor tarmoqlarini ta’mirlash keyingi yil rejasiga kiritilib, bu ishlarni amalga oshirish uchun 1 yanvardan boshlab mexanizmlar ishga tushiriladi. Klaster va fermer xo’jaliklari hisobida jami 5507,5 km uzunlikdagi ichki ochiq hamda yopiq kollektor drenaj tarmoqlari mavjud bo’lib, shundan 3615,1 km qismining texnik holati qoniqarli va jami 1892,3 km qismining texnik holati qoniqarsiz holatda. Texnik holati qoniqarsiz bo’lgan kollektor tarmoqlarini ta’mirlash bo’yicha klaster va fermer xo’jaliklariga tavsiyalar berilib ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Hisobot yilida ekspedistiya hisobida bo’lgan 3437,0 km uzunlikdagi xo’jaliklararo kollektorlarning pasportlari qayta ko’rib chiqilib, ularning kadastr hujjatlarini shakllantirish uchun davlat kadastrlar palatasiga hujjatlar taqdim qilindi. Qaydnomada ko’rsatilganidek 1160 dona quvurli kesishmalar mavjud bo’lib, bularning 13 donasi kollektor suvlarini oqimiga to’sqinlik qiladigan, ya’ni o’rnatilgan joyida absolyut belgilari yuqorida bo’lganlarini loyihaviy belgiga tushirish uchun keyingi yilda ta’mirlash rejasiga kiritiladi. Hisobot yilida ekspeditsiya hisobidagi 3437,0 km uzunlikdagi kollektorlar har oyida bir marotaba va 5507,5 km uzunlikdagi ichki kollektorlarni texnik holati har chorakda bir marta ko’rib chiqilib, ulardagi nuqsonlar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko’rildi hamda ahvoli yomonlashib qolgan kollektorlar qo’shimcha dastur tuzilib tozalandi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling