Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Tayanch so‘z va iboralar.Tuproq, ekologiya, pestitsidlar, mineral 
o‘g‘itlar,biologik metod.
O‘zbekiston Respublikasining 2017 - 2021 yillarda mo‘ljalllangan Harakatlar 
strategiyasida" Sug‘oriladigan еrlarni eroziyadan va melioratsiya obektlarini qum 
ko‘chishidan saqlash uchun ihota daraxtzorlarini barpo etish muhim azifalardan biri 
qilib belgilangan. Bu masalalarnig barchasi еrdan samarali foydalanish tuproqning 
sifati va ekologik holatini yaxshilash bo‘yicha dolzarb vazifalardan hisoblanadi. 
O‘zbekiston Ruspublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoev 19 sentabrda BMT Bosh 
Assambleyasini 78 - sessiyasida o‘zlarining ma’ruzalarida Respublikamizning 
ekologik muammolarini birinchi o‘ringa qo‘ydilar. Yer – xalq boyligi, qishloq 
xo‘jalik ishlab chiqarishining asosiy vositasi. Tuproqni unumdorligini ishlab 
chiqarish quvvatlarini oshirish ko‘p jihatdan unga ekologik va tejamkorlik bilan 
munosabatda bo‘lishda, uni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar majmuasiga kiradi. 
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining izchillik bilan jadallashtirish еr fondidan 
oqilona foydalanish, sug‘oriladigan har bir gektarining hosildorligini, uning 
iqtisodiy samaradorligini oshirish bilan bog‘liq muammolar еchishini ishlab 
chiqarish g‘oyat katta ahamiyat kashf etadi. Bu borada tuproq unumdorligini 
saqlash, еng avvalo tuproqshunoslik mutaxassislari zimmasidagi muhim 
vazifalardan hisoblanadi. Tabiatshunos olimlar, ekologlar, tuproqshunoslar, 
melioratorlar, iqtisodchilar, huquqshunoslar tuproq qatlamining tez buzilib va 
ba’zida o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan talofatlardan, shuningdek keng tarqalayotgan 
tuproq inqirozi holatlaridan chuqur tashvishdatushib qolishgan, bu holatlarda jiddiy 
е’tibor berilmay kelingan, chunki tuproq qatlami еng avvalo dehqonchilik, suv va 
o‘rmon xo‘jaligida, sanoat, qurilish, transport, aloqa xo‘jaligida, geologiya qidiruv 
ishlari va boshqa mahsulot ishlab chiqarish uchun qabul qilinib kelingan, еrdan 
oqilona foydalanish va muhofaza qilishda qaratilgan qonunlar еtarli ishlamagan va 
takomillashtirilgan, natijada еr resurslaridan oqilona foydalanilmagan, meliorativ 
holati yaxshilanmagan, tuproqlar sho‘rlanishi, degumifikatsiyasi, eroziyasi, 
agroximikatlar va og‘ir metallar bilan bulg‘alanish, eng dolzarb masala bu tuproqni 
vilt bilan kasallanganligi, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi zaharli 
ximikatlar ishlatilishi, sahrolanish yoki o‘ta namlanishi, qishloq xo‘jalik bilan 
aloqador bo‘lmagan maqsadlar uchun еrlarni tejab termasdan ajratilishi va 
hokazolardan muhofaza qilinmagan va еrlar jadallik bilan tanazzulga yuz tutgan. 



Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling