Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
69
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Paxtachilik va g‘allachilik mashinalarini rostlash va samarali ishlatish. –
Toshkent, 2019. – 200 b.
2.
Adыlov X. Issledovanie parametrov i sxem rasstanovki rabochix organov
kultivatora v mejduryadnoy obrabotke posevov xlopchatnika.
Dis…kand.tex.nauk. –Yangiyul. 1966 g. 182 s.
3.
Xadjiev A, To‘xtako‘ziev A, Temirov S, Komilov N. Paxtachilik
kultivatorlarining kombinatsiyalashgan ish organi. –Toshkent, 2014. -71 b.
DAG‘AL OZUQALARNING FIZIK-MEXANIK KO‘RSATKICHLARI
G‘aybullayev.B.SH − QXMITI t.f.f.d.kat.i.x Ilmiy kotib
burxon83@mail.ru
,
Nasrullayev.V.G‘ − QXMITI I boshqich tayanch doktaranti
valijonnasrullayev750@gmail.com
,
Turdiyev.B.X
−
QXMITI I boshqich tayanch doktaranti
turdiyevbobosh0406@gmail.com
Kalit so‘zlar: gost, dag‘al ozuqa, fizik-mexanik xossalar, beda, yantoq pichani,
bug‘doy, arpa somoni, makkajo‘xori poyalari, o‘lcham massa ko‘rsatkichlar,
fraksion tarkib, egilish va sinishga bo‘gan qarshilik, zichlik, ishqalanish burchagi.
Dag‘al ozuqalarning fizik – mexanik xossalarini o‘rganish bo‘yicha xorijda
T.Condo, K.Mizuno, T.Kato, M.Mohsenin, D.McRandal, P.McNulty, V.Sonde,
P.Belkhode, C.Sakhole, A.Shal, Z.Ghorbani, Y.Jekendra, A.Kumar va boshqalar,
O‘zbekistonda esa O.Mamadaliyev, K.Astanakulov, F.Qarshiyev, B.Xatamov,
Sh.Gapparovlar shug‘ullanganlar [25; 47–59-b, 69; 47–52-b, 70; 75–78-b, 71;
932938-b, 72; 816–821-b, 73; 156–169-b, 74; 1933–1951-b, 75; 1–18-b, 76; 142
147-b, 77; 90–100-b, 78; 22-b, 79; 200-b, 80; 44–61-b, 81; 115-b.].
Yuqoridagi olimlar tomonidan uyumlangan va g‘aramlangan hamda ko‘k
holdagi dag‘al ozuqalarning fizik-mexanik xossalari o‘rganilgan.
Yurtimizda dag‘al ozuqa sifatida beda pichani, bug‘doy va arpa somoni,
makkajo‘xori poyalari, yantoq va tabiiy o‘tlar presslangan holda qishga zahira
qilinib, foydalanilib kelinmoqda. Shundan kelib chiqib, ishlab chiqiladigan
qurilmada dag‘al ozuqalarning barchasini chorva molining turiga qarab belgilangan
o‘lchamda maydalab berishni ta’minlash, uning maqbul konstruksiyasi va
parametrlarini asoslash uchun presslangan bug‘doy somoni, beda poyasi va
yantoqning fizik-mexanik xossalari o‘rganilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |