Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
67
UO‘T: 631.316.4.44
G‘O‘ZA QATOR ORALARIGA ISHLOV BERADIGAN ROTATSION
YUMSHATGAGICH
Ibragimov Quanыshbay Djangabaevich
−
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash
ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktorant selxoztexnika74@mail.ru
Annotatsiya: Mqolada respublikamiz tuproq iqlim sharoitida g‘uza
qator
oralariga ishlov beradigan ish organlarining kamchiliklari va ularni bartaraf etish
buyicha ishlab chiqilgan rotatsion yumshatkich hamda uning texnologik ish jarayoni
keltirilgan.
Kalit so‘zlar: kultivator, g‘o‘za qator oralari, ishlov berish, ishchi organlar,
rotatsion yumshatkich, tuproq namligi, tuproqning uvalanishi, hosildorlik.
Mavzuning dolzarbligi: Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy vazifasi
mamlakatimiz sanoatini xom ashyo bilan, aholini bo‘lsa oziq-ovqat mahsulotlariga
bo‘lgan ehtiyojini qondirishdan iboratdir.
Shuning uchun respublikamizda qishloq xo‘jaligi
ishlab chikarishini yanada
yuksaltirishda amalga oshirilayotgan isloxotlarni yanada chuqurlashtirish, jumladan
ishlab chiqarishni ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va samarali foydalanish, ularga
bo‘lgan munosabatlarni
tubdan yaxshilash, mexanizatsiyalashtirilgan jarayonlarni
sifatli amalga oshirilishini talab etiladi.
Paxta
hosildorligini oshirishda, g‘o‘za qator oralariga ishlov berish asosiy
operatsiyalarning biri hisoblanadi. G‘o‘za qator oralariga ishlov berishdagi asosiy
maqsad begona o‘tlarga qarshi kurash, tuproqning yuza qismini mayin yumshatish,
namni yaxshi saqlab tuproqning tez qizishini hamda mikroorganizmlarning yaxshi
rivojlpnishini ta’minlashdan iboratdir [1].
Qator oralarini yumshatish bilan birga begona o‘tlarning
ildizlarini qirqish
uchun kultivatorning har bir seksiyasiga sferik disk, qirquvchi pichok (britva), KXO
guruhidagi chuqur yumshatgich, o‘qyoysimon yumshatgich (strelchatыy lapa)
o‘rnatish mumkin.
Lekin bu g‘o‘zaning qator orasiga ishlov beruvchi
passiv ishchi organlar
hisoblanadi. Shu boyis bu organlar bilan ekin qator oralariga sug‘orishdan keyingi
ishlov berish darajasi past.
Ma’lumki, paxtachilik kultivatorlarining mavjud ish organlari bilan g‘o‘za
qator oralariga sifatli ishlov berish, ya’ni tuproqni mayin yumshatish uchun uning
namligi 16-18% bo‘lishi lozim. Lekin respublikamiz iqlim sharoitida ushbu namlik
6-8 soat mobaynida saqlanib, so‘ngra tez yuqolishi va tuproqning tez qurib ketishi
ko‘zatiladi [2]. Shu sababli g‘o‘za qator oralariga vegetatsion sug‘orishlardan keyin