Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
66
ketadi. Tomchilatib sug‘orishda esa mineral o‘g‘itlar eritilib suv bilan birga ekinlarni
sug‘orish vaqtida bevosita ildiz qatlamiga berilishi natijasida ularning mineral
o‘g‘itlarni o‘zlashtirish darajasi 90-95 foiz bo‘ladi. Shu bilan birga, ozuqa moddalar
tez va jadal so‘rilib ketadi, bu esa quruq iqlim sharoitida o‘g‘it berishning eng samarali
usulidir. Mineral o‘g‘itlar sarfi g‘o‘za ekini uchun o‘rtacha 1 gektar maydonga 250 kg
azot, 100 kg fosfor, 50 kg kaliyga to‘g‘ri keladi. Bu esa mineral o‘g‘itlar sarfini 50
foizgacha qisqartirish imkonini beradi.
Tomorqa maydonlarda tomchilatib sug‘orishni joriy etish katta maydonlarga
qaraganda birmuncha kam harajat qilinadi, chunki maydonning kichikligi sababli katta
bosim talab etilmaydi, suvni tozalash filtrlari kichigi qo‘yiladi, o‘g‘itlashda mahalliy
idishlardan foydalansa bo‘ladi hamda bir yillik ekinlarda ishlatiladigan sug‘orish
lentalarini yig‘ishtirib olib, 2-3 yil foydalanish mumkin[2].
So‘nggi yillarda mamlakatimizda suv resurslaridan samarali foydalanish asosida
sug‘oriladigan maydonlardan olinadigan hosil miqdorini oshirish va sifatini yaxshilash
orqali mamlakat aholisi turmush darajasini yuqori pog‘onalarga ko‘tarish borasida
samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish
va barqarorligini ta’minlashning eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri bu ekinlarini
sug‘orish uchun tomchilatib sug‘orish tizimlarini qo‘llashdir. Tomchilatib sug‘orish
usuli sug‘orish usullari orasida o‘zining yuqori samaradorligi, ya’ni suv resurslari
еtishmasligi sharoitida kam suv sarflab barqaror yuqori hosil olishga imkon beradigan
sug‘orish usuli ekanligi bilan ajralib turadi. Ekinlarga ishlov berish va sug‘orish
ishlarida qo‘l mehnatini kamaytirish hamda sug‘orishni avtomatlashtirish
imkoniyatlarining yuqoriligi bois tomchilatib sug‘orish usuli butun dunyoda kundan
kunga kengroq maydonlarga tadbiq qilinmoqda. Tizimni tadbiq qiluvchilar tizimning
afzalliklarini bir yillik ekinlarda birinchi yildayoq his qilishlari mumkin. Masalan,
paxta hosilini ertaroq va bir vaqtda pishib еtilishining o‘ziyoq hosilning issiq kunlarda
qiynalmasdan yig‘ishtirib olinishiga imkoniyat yaratadi. Tomchilatib sug‘orish usulini
haqiqiy samarasiga erishish uchun uni shaxsiy kichik uchastka (tomorqa)larda tadbiq
qilinishi uchun ularni konstruksiyasini soddalashtirish va mahalliy xomashyolardan
foydalanish orqali ularni tannarxi va sarf-xarajatlarni kamaytirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |