Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
68 
ishlov berishda paxtachilik kultivatorlarining mavjud ish organlari tomonidan 
tuproq talab darajasida yumshatilmaydi, ya’ni ular ko‘plab miqdorda ulchami 50 
mm dan katta kesaklarni hosil qiladi. Natijada tuproqdagi namlikning tez ko‘tarilishi 
va g‘o‘za ildizlarining ko‘plab shikastlanishi kuzatiladi. Bu g‘o‘zani rivojlanishiga 
salbiy ta’sir etadi va hosildorlikni gektariga 3-5 sentnergacha kamayiga olib keladi. 
Agrotexnik talab bo‘yicha o‘lchami 50 mm dan katta fraksiyalar miqdori 15 
foyizdan kup bulmasligi lozim [3]. Amaliyotda esa bu 25-30% ni tashkil etmoqla. 
Yuqorida ta’kidlanganlardan kelib chiqqan holda KXMITI da vegetatsion 
sug‘orishlardan keyin g‘o‘za qator oralariga sifatli ishlov beradigan rotatsion 
yumshatgich ishlab chiqildi (rasmga qarang). 
1-rasm 
G‘o‘za qator oralariga ishlov 
beradigan rotatsion 
yumshatgichning konstruktiv 
sxemasi 
a) old tomonidan ko‘rinishi;
b) yon tomonidan ko‘rinishi. 
1-markaziy disk; 2-kundalang 
pichoq; 3-6-o‘ng va chap disklar,
7-kronshteyn
Rotatsion yumshatgich umumiy o‘qga o‘rnatigan va kundalang pichoqlar bilan 
jihozlangan har xil diametrli markaziy va yon taraf disklardan tashkil topgan bo‘lib, 
u kultivatorning gryadiliga kronshteyn vositasida asosiy ish organlari oldidan 
o‘rnatiladi. Ish jarayonida disklar tuproqqa botib, uning qattiq qatlamini harakat 
yunalishi bo‘yicha, ko‘ndalang o‘rnatilgan pichoqlar esa uni harakat yo‘nalishiga 
ko‘ndalang qirqadi va yumshatadi. Natijada rotatsion yumshatgichdan keyin 
o‘rnatilgan asosiy ish organlarining ishlash sharoiti yaxshilanib, bu tuprokning 
uvalanish darajasining ortishi va ularning tortishga qarshiligini kamayishga olib 
keladi. 
Disklarning diametrlari har xil bo‘lganligi sababli ular g‘o‘za qator oralariga 
ularning profiliga mos ravishda ishlov beradi. Bundan tashqari ularning burchak 
tezliklari har xil bo‘lishi natijasida disklar orasiga tuproq bo‘laklari tiqilishining oldi 
olinadi va g‘o‘za qator oralarining tuprog‘i sifatli uvalanadi. 
Demak, respublikamiz tuproq iqlim sharoitida g‘o‘za qator oralariga 
vegetatsion sug‘orishdan keyin ishlov beradigan rotatsion yumshatgichlardan 
foydalanish, g‘uza qator oralaridagi tuproqning sifatli uvalanishini, yonilg‘i sarfi va 
boshqa xarajatlarni kamayishiga, hosildorlik va ish unumini ortishiga imkon beradi. 



Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling