Pedagogik diagnostika tamoyillari – pedagogik diagnostikaning mazmuni,
maqsadi, ijtimoiy-didaktik, tarbiyaviy ahamiyati, qonuniyatlari, o‘ziga xos
xususiyatlari, uni qo‘llash shartlarining mohiyatini yorituvchi yetakchi, asosiy
g‘oyalar.
Pedagogik kuzatish metodi – ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya ishlari
jarayonini o‘rganish asosida tadqiq etilishi zarur bo‘lgan pedagogik muammoni
aniqlash, uning yechimini topish maqsadida qo‘llaniladigan usul.
Pedagogik nazorat – uning yetakchiligi va tashkilotchiligi asosida o‘qituvchi
va o‘quvchilarning faoliyatini o‘zaro birlashtirgan holda o‘quv hamda tarbiya
jarayonlarining natijalarini baholashga qaratilgan tekshirish xarakteriga ega yagona
didaktik va metodik tizim.
Psixologik-pedagogik diagnostika metodikalari- shaxsning individual
psixologik o‘ziga xosliklari hamda axloqiy fazilatlarga egalik darajasini o‘lchash
hamda baholashga qaratilgan faoliyatning shakl, metod va vositalari yig‘indisi.
Pedagogik tajriba metodi (lot. “experimentum” – sinov, sinash, tajriba qilib
ko‘rish) – mavjud pedagogik muammoning yechimini topish imkoniyatlarini
o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay
olishi, berilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z in’ikosiga ega bo‘lishi, ularning
samaradorligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladigan usul.
Do'stlaringiz bilan baham: |