So‘rov konseptualizatsiyasi va sxematizatsiyasi
Bu bosqichda empirik o‘rganish uchun oson erishish imkoniyati bo‘lgan umumiy tadqiqot masalasidan aniq masala to‘plamiga o‘tish jarayoni yuz beradi. Bunda muhokama qilingan jarayonlardan konseptualizatsiya jarayoni shu bilan farqlanadiki, so‘rov holatida tushuncha operatsionalizatsiyasi ma’limotlar to‘plashning aniq metodikasi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Konseptualizatsiya bosqichida qabul qilingan qarorlar keyingi bosqichlar: so‘rov sxematizatsiyasi va tanlovni yaratish uchun ham g‘oyatda ahamiyatlidir. Masalan, aholining qaysi guruhiga mos kelishi haqida qaror qabul qilar ekanmiz, bu yo‘l bilan biz bo‘lajak tanlovimizning taxminiy chegaralarini belgilaymiz. Maqsadlariga ko‘ra, so‘rov qidiruv, tavsiflovchi, izohlovchi turlarga bo‘linadi. Bu turlardagi ma’lumotlar yuzma-yuz intervyu, pochta va ommaviy anketa yordamida qo‘lga kiritiladi. So‘rovni tayyorlashdagi ilk qadamlar so‘rov maqsadi to‘g‘risida qaror qabul qilish va bu maqsad uchun to‘g‘ri keluvchi ma’lumotlarni tanlashdan iborat.
Navbatdagi qadam sifatida so‘rovni uyushtirish usulini tanlab olishdir. Bunda oldimizda turgan asosiy dilemma-tekshiruvning kesishuvchi yoki uzunlik sxemalaridan afzalini tanlshdan iborat. Kesishuvchi tekshiruv turli voqealarning bir vaqtda olingan ma’lumotlarni taqqoslashga asoslangan tekshiruv. Unda ma’lumotlar to‘plami faqat bir marta o‘tkaziladi. Reprezentativ saralash sharoitida u aholi guruhi va bu guruhlardagi o‘zgaruvchanlar o‘rtasidagi munosabatlarni qat’iy belgilangan vaqt momentida tavsiflashga imkon beradi, ammo bizni bu guruhlar rivojini vaqt mobaynida ko‘rish imkoniyatidan mahrum qiladi. Kesishuvchi so‘rov bizga go‘yoki harakatlanuvchi obyektning lahzalik rasmini beradi.
Uzunlik longityud so‘rovida ma’limotlarni to‘plash bir martadan ko‘p o‘tkaziladi. Longityud so‘rov - turli vaqt lahzalarida olingan bir harakatning elementlari yoki berilgan ko’plik voqealarning belgilarini qiyoslashga imkon beradigan so‘rov. Uzunlik so‘rovining asosiy ko‘rinishlari - trend, kogort va panel tekshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |