Аннақулов Исматулла
Download 216.5 Kb.
|
Bola ijtimoiylashuvida milliy mentalitetning o`rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- IJTIMOIY PEDAGOGIKA fanidan yozgan MAVZU
- KIRISH……………………………………………………......... 3 I BOB
- ILOVALAR ...........................................................................
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI PEDAGOGIKA FAKULITETI PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA ta‘limyo`nalishi sirtqi 2-bosqich 19/1-guruh talabasi O'ralov Abdurasulning IJTIMOIY PEDAGOGIKA fanidan yozgan MAVZU: Bola ijtimoiylashuvida milliy mentalitetning o`rni. RAHBAR: “Pedagogika va menejment” kafedrasi katta o‘qituvchisi ABDUXAMIDOV SARDOR MARDANAQULOVICH CHIRCHIQ – 2021 M U N D A R I J A
K I R I S H Bolani komil etib shakllantirishga zamin yaratishda oilaning o‘rni va roli beqiyosdir. Oilada bolani komil inson qilib tarbiyalashga zamin yaratish ota-onalar zimmasiga yuklatilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 64-moddasida «Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdir»1 - va O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73- moddasi «Ota-ona o‘z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart. Ota-ona o‘z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o‘z bolalarining sog‘ligi, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishlari shart. Ota ona o‘z bolalarining qonun hujjatlarida belgilangan zarur darajada ta’lim olishni ta’minlashi shart»2 -deb belgilab ko‘rsatilib, otaonalarga ijtimoiy pedagogik talablar qo‘yadi. Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inini tashkil qiladi, oila tarbiyasini to‘g‘ri tashkil qilmay, oilalarning barqarorligini va mustahkam bo‘lishini hamda jamiyatning ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash mumkin emas. Shu nuqtai nazardan yondashganda oila sharoitida ota-onalarning tarbiyachilik madaniyatini tashkil qilish, to‘ldirib borish va takomillashtirish bag‘oyat muhim oilaviy pedagogik muammolardandir. Mazkur muammoni hal qilishida oilaning ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlari oshirish haqida muhtaram Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning «Oila hayotning abadiyligi, avlodlarning davomiligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasllar qanday inson bo‘lishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘idir»3 -deb bildirgan fikri nihoyatda hayotiy. Shuning uchun ham oilada ota-onalar oilaning ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlaridan to‘la-to‘kis foydalanishlari shart. Agar ota-onalar oila sharoitida bunday imkoniyatlardan foydalana olmasalar hayot davom etmay, avlodlar davomiligi ham davom etmaydi. Shuning uchun biz ota-onalar xohlaymizmi yo‘qmi hayot davom etishi uchun bu talabni bajarishimiz darkor. Download 216.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling