Аннақулов Исматулла
Download 216.5 Kb.
|
Bola ijtimoiylashuvida milliy mentalitetning o`rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Xulosa:
Shunday qilib, oilada bolani komil inson qilib shakllantirishda bo‘lajak bakalavr mutaxassislar va ota-onalarning bola tarbiyasining qirralari bo‘yicha nazariy ilmiy va uslubiy ma’lumotlari hamda shu bilimlarni oila sharoitida bola tarbiyasida qo‘llash tarbiyachilik madaniyatining tarkibiy qismini tashkil qiladi. Demak, bo‘lajak bakalavrni va ota-onalarni oila sharoitida bola tarbiyasining asosiy qirralari bilan amaliy ishlashga tayyorlash ijtimoiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ishdir. Shuning uchun ham bo‘lajak bakalavrlarni va ota-onalarni bola tarbiyasining qirralari haqidagi maxsus bilimlar bilan ta’minlashbo‘yicha nazariy, ilmiy bilimlar bilan ta’minlash bag‘oyat muhim. Bakalavrlarning pedagogik ko‘nikma, malakalarini tarkib toptirishda bakalavrlar tayyorlaydigan oliygohlarning o‘quv rejalariga «Oila pedagogikasi» fanini hyech bo‘lmaganda tanlov fan sifatida va oilada ota-onalarning uni mustaqil o‘rganishini yo‘lga qo‘yish obyektiv zarurat va oila tarbiyasining muammolarini bartaraf qilishda olib keladi. Bo‘lajak pedagogik bakalavrlar «Oila pedagogikasi» fanidan to‘la bilimga ega bo‘lmay oila tarbiyasining maqsad va vazifalarini talab darajasida amalga oshira olmaydi. Ular bu bilimlarsiz bola tarbiyasini maqsadga muvofiq olib borishi qiyin. Va o‘z navbatida bola tarbiyasida muammolar ko‘paya boradi. Ayniqsa ota-onalarning oila sharoitida bola tarbiyasining qirralari amalga oshirishda «Oilada bola tarbiyasining qirralari va uslublari» uslubiy qo‘llanma bag‘oyat muhim ularda tarbiyachilik ko‘nikma, malaka va tajribalarini tarkib toptirishga imkoniyat yaratadi. Mazkur tashkiliy pedagogik ishlarning ilmiy, nazariy va uslubiy tomondan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi bo‘lajak bakalavrlar ota-onalar bilan hamkorlikda ishlashga o‘rgatishda hamda ota-onalarni bola tarbiyasining qirralari bilan amaliy ishlashga tayyorlashni yaxshilashga, takomillashtirishga xizmat qiladi va quyidagi zaruriy tashkiliy vazifalarni amalga oshiradi. Birinchidan, «Oila pedagogikasi» fanini ommaviy, ijtimoiy fan sifatida o‘rganishini yo‘lga qo‘yadi. Ikkinchidan, bo‘lajak bakalavrlarni va ota-onalarni oila sharoitida bola tarbiyasining qirralari bilan ilmiy nazariy va uslubiy jihatdan bilishga o‘rgatadi va maxsus pedagogik ko‘nikmalarni tarkib toptiradi. Uchinchidan, bakalavrlarni kelgusida ota-onalar bilan bola tarbiyasida hamkorlikda ishlashga tayyorlaydi. To‘rtinchidan, bo‘lajak bakalavrlar va ota-onalarda bola tarbiyasining asosiy qirralari bilan amaliy ishlash ko‘nikmalari, malakalari va tajribalarini tarkib toptiradi. Beshinchidan, bo‘lajak bakalavrlar va ota-onalarda oilaning ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish ko‘nikmalari va tajribalarini tarkib toptiradi. Oltinchidan bola tarbiyasi ota-onalarning shaxsiy ishi bo‘lmay, balki davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ijtimoiy ishligiga ishontiradi. Yettinchidan, ota-onalarda o‘z bolalarini tarbiyalashga bo‘lgan mas’uliyat, burch va javobgarlikni oshiradi. Sakkizinchidan, bola tarbiyasida maktab, kollej va oila hamkorligini ta’minlashga zamin yaratadi. To‘qqizinchidan, bolani o‘z vaqtida to‘g‘ri tarbiyalash birinchi galda ota-onalarning o‘zlariga oilasiga va mamlakatga foyda keltirishini ota-onalarga anglatadi. O‘ninchidan, bola tarbiyasida ota-onalar xatolarini bartaraf bo‘lishiga imkon beradi. O‘nbirinchidan, ota-onalarni bolaga o‘z vaqtida va joyida ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini yuzaga keltiradi. O‘nikkinchidan, ota-onalar bola hayotini sutka davomida nazoratni o‘rgatadi va hokazo. Yuqoridagi tashkiliy pedagogik ishlarning barchasi bolani oila sharoitida komil bo‘lib tarbiyalanishiga zamin yaratadi. Shunigdek bolaga o`z milly mentalitetimizdan kelib chiqib milliy qadriyatlarimizni urf-odatlarimizni bayramlarimizni o`rgatib borishmiz lozim. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Қуронов М. Ижтиомий педагогика. – Т.: ТДПУ, 2003 й. 2. Мусурманова О., Баубекова Г. Ўзбек халк педагогикаси. – Т., 2000 й 3.internet saytlari. Download 216.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling