Annotasiya


Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari


Download 445.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/21
Sana21.06.2023
Hajmi445.3 Kb.
#1640672
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Diplom ishi hisoboti ASOSIY

Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari 
Umumiy talablar 
1. 
Asosiy va yordamchi uskunani tegishli texnik hisoblarga ega bo‘lgan poydevor 
va asoslarga o‘rnatish, moslash va ishonchli tarzda mahkamlash kerak.
2. 
Uskunani montaj qilish ishlab chiqaruvchi zavod loyihasi va yo‘riqnomasiga 
mos holda bajarilishi zarur. 
3. 
Uskunani montaj qilish paytida loyihani ishlab chiqqan tashkilotning ruxsatisiz 
chizmalarga o‘zgartirish kiritish yoki undan chetga chiqishga ruxsat etilmaydi. 
4. 
Uskunani demontaj qilish vaqtida uning elektr yuritmasi elektr tokidan uzib 
qo‘yilishi, yuritma tasmalari echib olinishi, ishga tushirish qurilmalariga esa «Ishga 
tushirilmasin — odamlar ishlayapti!» deb yozilgan plakatlar osib qo‘yilishi lozim.
5. 
Uskunani elektr tarmoqqa ulash va ishga tushirish faqat hamma himoya va 
saqlash qurilmalari o‘z joyiga o‘rnatilgandan keyin mas’ul 
xodim ruxsati bilan amalga oshiriladi. 
6. 
Yaroqsiz uskunada ishlash mumkin emas. Uzoq vaqt ishlatilmagan va yaroqsiz 
uskuna barcha energiya eltgich va texnologik quvuro‘tkazgichlardan (elektr kuchlanishi, 
siqilgan havo va hokazolar) uzib qo‘yilishi lozim. 
 
 
 
O’zg.
 
Varoq
 
Hujjat№.
 
Imzo 
Sana
 
Varoq 
49 
Bitiruv malakaviy ishi 
 


Saqlovchi va blokirovkalovchi qurilmalarga
bo‘lgan xavfsizlik talablari 
1. 
Dastgohlarning detallari sinmasligi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga jarohat 
etkazmasligi uchun dastgohlar ortiqcha yuklanishdan saqlovchi qurilmaga ega bo‘lishi 
lozim. 
2. 
Dastgohlarning jihozlari o‘z-o‘zidan pastga tushib ketishini oldini oluvchi 
qurilmalarga ega bo‘lish lozim. 
3. 
Mexanizatsiyalashgan yoki avtomatlashgan usulda mahkamlanadigan 
dastgohlarda ishlovberish jarayoni faqat detal mahkamlanib bo‘lgandan so‘ng ishga 
tushishini ta’minlaydigan blokirovka qurilmasi bo‘lishi lozim. 
4. 
Avtomat va yarim avtomatlar, ularda ishlovberish hududi ochiq holatda ish 
bajarilganda jarohatlanish yuz bermasligi uchun blokirovka tuzilmasiga ega bo‘lishi, ular 
avtomatik ish sikli himoya qurilmasi faqat yopiq bo‘lganda ishga tushishini ta’minlashi 
lozim. 
5. 
Dastgohlarda operatsiyalar bajarilayotgan vaqtda detal yoki asbob aylanishi 
tufayli jarohatlanish mumkin bo‘lsa, dastgohlarda shpindel o‘chirilgan zahoti uni avtomatik 
tarzda to‘xtatadigan qurilma bo‘lishi kerak. 
6. 
Dastgohni sozlash paytida saqlovchi blokirovka qurilmalarini o‘chirish 
imkoniyati ko‘zda tutilishi kerak. 
7. 
Uzoqdan turib yoki avtomatik tarzda ishga tushiriladigan uskunada 
ogohlantiruvchi «Ehtiyot bo‘ling, avtomatik tarzda yurgiziladi!» degan belgi va yozuvlari 
bo‘lishi lozim. 

Download 445.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling