Annotasiya
Ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘yiladigan talablar
Download 445.3 Kb. Pdf ko'rish
|
Diplom ishi hisoboti ASOSIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yong‘in va portlash xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar.
Ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘yiladigan talablar
1. Ish jarayonlari GOST 12.3.002-75 «Ishlab chiqarish jarayonlari. Xavfsizlikning umumiy talablari» hamda GOST 12.3.025-80 «Kesish bilan metallarga ishlov berish. Xavfsizlik talablari»ga muvofiq tashkil etilishi kerak. 2. Metallarga sovuq ishlov berishda zaharli, yallig‘lantiruvchi va tez alangalanadigan moddalar ishlatilsa yoki ajralib chiqsa, alohida maxsus jihozlangan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalarining maxsus ajratilgan uchastkalarida, ishchilarni O’zg. Varoq Hujjat№. Imzo Sana Varoq 43 Bitiruv malakaviy ishi himoya qilish vositalari hamda yong‘indan himoya qilish vositalari bilan ta’minlangan holda bajarilishi lozim. 3. Texnologik jarayonlarda og‘irligi 20 kg ortiq bo‘lgan yoki 25 m dan oshiq masofaga yuklarni tashish yuk ko‘tarish transport vositalari yoki boshqa mexanizatsiya vositalari yordamida bajarilishi lozim. 4. Yirik seriyalab va ko‘plab ishlab chiqarishlarda mahsulotlarni uzluksiz tashish vositalaridan (transportyor, konveyer, rolgang va boshqa) foydalanish kerak. Yong‘in va portlash xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar. 5. Ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda yong‘in va portlash xavfsizligi GOST 12.1.004-91 «Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablar» va GOST 12.1.010-76 «Portlash xavfsizligi. Umumiy talablar»ga muvofiq ta’minlanishi lozim. 6. Sinovdan o‘tkazilmagan, yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarishda qo‘llash taqiqlanadi. 7. Shamollatish va tutun tortish tizimlari yong‘in avtomatikasi tizimlari bilan bog‘langan bo‘lishi lozim. 8. Ishlab chiqarish binolari va xonalari birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. 9. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik darajalari loyiha tashkiloti tomonidan SHNQ 2.01.19-09 «Bino, xona va tashqi qurilmalarning portlash, yong‘in va yong‘in xavfliligi toifalarini aniqlash»ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak. 10. Suv manbai yo‘laklari hamda yong‘inni o‘chirish vositalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak. 11. Yong‘in va portlash xavfi mavjud bo‘lgan uskunalar va ish joylarida ochiq olovdan foydalanishni taqiqlovchi hamda alangalanuvchi va portlovchi moddalar bilan O’zg. Varoq Hujjat№. Imzo Sana Varoq 44 Bitiruv malakaviy ishi ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligi to‘g‘risida ogohlantiruvchi belgilar bo‘lishi zarur. 12. Aralashganida portlovchi modda hosil qilishi mumkin bo‘lgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi. 13. Ishlab chiqarish amalga oshiriladigan bo‘limlarda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish taqiqlanadi. 14. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va ularga yong‘inning oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak. Download 445.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling