Annotasiya
Boshlang‘ich material, yarim tayyor materiallarga
Download 445.3 Kb. Pdf ko'rish
|
Diplom ishi hisoboti ASOSIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayyor mahsulotlarni saqlash va tashishga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Boshlang‘ich material, yarim tayyor materiallarga
bo‘lgan xavfsizlik talablari 1. Metallarga kesib ishlovberish jarayonlarida texnik hujjatlarga ega bo‘lgan material va moddalar qo‘llanishi hamda ular xodimlarga zararli ta’sir qilmasligi lozim. 2. Ishlab chiqarish jarayonlarida yong‘in keltirib chiqarish xavfi bo‘lmagan suyuqlik va materiallardan foydalanish zarur. Tayyor mahsulotlarni saqlash va tashishga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari 1. Materiallar maxsus ajratilgan xonalarda yoki sexning maxsus uchastkalarida saqlanishi kerak. Materiallarni saqlashga mo‘ljallangan omborlarning joylashishi ishlab chiqarish jarayoni yo‘nalishiga mos bo‘lishi lozim. O’zg. Varoq Hujjat№. Imzo Sana Varoq 47 Bitiruv malakaviy ishi 2. Ombor maydoni texnologik jarayonlarini uzluksiz bir maromda ta’minlaydigan material va tayyor mahsulotlar zaxirasi sig‘imiga mos bo‘lishi kerak. 3. Xavfli, zaharli, kanserogen modda va materiallarni tashish va saqlashda atrof muhitni zararlashga yo‘l qo‘ymaydigan chora-tadbirlar ko‘rish zarur. 4. Omborga keladigan barcha kimyoviy moddalarga maxsus kartochkalar tutilishi, ularda portlash va yong‘inga bo‘lgan xavfli xossalari va ularni bexatar saqlash sharoitlari belgilanishi lozim. 5. Moylash-sovutish suyuqliklarini joylashtirishga mo‘ljallangan omborlar markazlashtirilgan usulda GOST 12.4.021-75 «Ventilyasiyali tizimlar. Umumiy talablar» va QMQ 2.04.05-97 «Havoni mo‘‘tadillash, isitish va shamollatish» talablariga muvofiq yasalgan so‘rish qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 6. Charxlash toshlari saqlanadigan stellaj, yacheyka va qutilar taxta yoki boshqa yumshoq materiallar bilan qoplangan bo‘lishi kerak. 7. Jilvirlash va elbordan yasalgan asboblar vertikal holatda, urilish va silkinishlarsiz, yumshoq material bilan qoplangan va payraha (yog‘och qirindisi) solingan yostiqcha to‘shalgan aravachalarda tashilishi kerak. 8. Yuklarni ortish va tushirish hamda tashish ishlari Yuk ortish va tushirish ishlaridagi xavfsizlik qoidalariga (ro‘yxat raqami 1582, 2006 yil 13 iyun) muvofiq amalga oshirilishi lozim. 9. Barcha turdagi konveyerlar konstruksiyasi va ularning joylashtirilishi GOST 12.2.022-80 «Konveyrlar. Umumiy xavfsizlik talablari»ga muvofiq bo‘lishi lozim. 10. Osma konveyerlar ostiga tutib qoluvchi qurilmalar va to‘rlar o‘rnatilishi kerak. Polga o‘rnatilgan uzun konveyerlar har 25 m dan keyin panjarali o‘tish ko‘prikchalari bilan jihozlanishi kerak. 11. Shamollatilmaydigan binolarga avtomashina va avtoyuklagichlarning kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi. SHuningdek, yuk ko‘tarish va tashish vositalari ishlayotganda yuk tushib O’zg. Varoq Hujjat№. Imzo Sana Varoq 48 Bitiruv malakaviy ishi ketish ehtimoli bo‘lgan hududlarda begona shaxslar va transport vositalarining bo‘lishiga ruxsat etilmaydi. 12. Juda og‘ir va beso‘naqay yuklar, ularning o‘lchamlari sexning o‘tish joylari (yo‘llari) eni o‘lchamiga yaqin bo‘lsa, asosiy ish jarayonidan keyin, naryad-ruxsatnoma asosida bajarilishi kerak. Download 445.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling