Annotasiya


Moylash, gidravlik va pnevmatik yuritmalar


Download 445.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/21
Sana21.06.2023
Hajmi445.3 Kb.
#1640672
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Diplom ishi hisoboti ASOSIY

Moylash, gidravlik va pnevmatik yuritmalar 
bilan ishlashda xavfsizlik talablari 
1. 
Dastgohlar markaziy moylash tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Moy 
to‘ldirilgan idishlar dastgoh bo‘yalgan rangdan keskin farq qiluvchi rangga bo‘yalishi 
lozim. 
O’zg.
 
Varoq
 
Hujjat№.
 
Imzo 
Sana
 
Varoq 
50 
Bitiruv malakaviy ishi 
 


2. 
Moylash qurilmalarining konstruksiyasi mufta va tormoz uskunalarining 
friksion yuzalariga moy tushishiga yo‘l qo‘ymasligi zarur. 
3. 
Dastgohga o‘rnatilgan moy, moylarni sovutish suyuqligi va texnologik 
jarayonda ishlatiladigan suyuqliklar atmosfera bilan tutashgan bo‘lishi va ularga suv, 
qirindi va chang tushishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qopqoqlar bilan zich yopilishi lozim. 
Moy to‘ldirilgan idishlarni tozalashda, yuvish va zararsizlantirish ishlari texnologik 
suyuqliklar har bir almashtirilishidan oldin amalga oshirilishi kerak. 
4. 
Dastgoh yuzalaridan qirindilarni qo‘l bilan olib tashlash uchun ishlovchilar 
maxsus supirgich va ilgaklar bilan ta’minlanishi kerak. Ilgaklarning dastalari silliq, 
quloqchalarsiz bo‘lishi kerak. Qo‘lga qirindi jarohat etkazmasligi uchun ilgak himoya 
ekrani bilan jihozlanishi lozim.
5. 
Qirindini faqat to‘xtatilgan dastgohdan va himoya ko‘zoynagi taqilganda olib 
tashlashga ruxsat etiladi. 
6. 
Dastgohning yig‘uv birliklari, ular ortish (tushirish), tashish va saqlash vaqtida 
o‘z-o‘zidan harakatlanishi mumkin bo‘lsa hamda bu paytda xavfli vaziyatlar yuzaga kelsa, 
ularni muayyan holatda mahkamlash uchun qurilmalarga ega bo‘lishlari kerak. 
Ishlab chiqarish uskunasi, kommunikatsiyalarni 
joylashtirishda xavfsizlik talablari 
1. 
Metallarga ishlovberish sexlarida asosiy va yordamchi uskunani joylashtirish, 
uskuna va binolar devorlari orasidagi masofa 0,6 m dan kam bo‘lmasligi lozim. Asosiy va 
yordamchi uskunalari asosiy yuk tashish yo‘nalishiga muvofiq o‘rnatilishi lozim. 
2. 
Ishlab chiqarish uskunasining joylashishi unga bexatar va qulay xizmat 
ko‘rsatish, ta’mirlash, montaj va demontaj qilishni ta’minlashi kerak.
3. Ish o‘rinlarini rejalash uskunani boshqarish organi va pultlariga erkin 
o‘tish yo‘laklari va kirish joylarini, ish jarayonlarini qulay va bexatar 
bajarilishini ta’minlashi va GOST 12.3.002-75 «Ishlab chiqarish jarayonlari. 
Umumiy xavfsizlik talablari» ish o‘rinlarini tashkil etishga qo‘yilgan talablarga 
javob berishi lozim. 
O’zg.
 
Varoq
 
Hujjat№.
 
Imzo 
Sana
 
Varoq 
51 
Bitiruv malakaviy ishi 
 


4. 
Ishlarni o‘tirgan holatda bajarishda ish o‘rinlariga qo‘yiladigan ergonomik 
talablar GOST 12.2.032-78 «O‘tirib ish bajariladigan ish o‘rinlari. Umumiy ergonomik 
talablar»ga, turgan holatda bajariladigan ishlarda esa, GOST 12.2.033-78 «Turib ish 
bajariladigan ish o‘rinlari. Umumiy ergonomik talablar»ga muvofiq bo‘lishi zarur. 
5. 
Xodimlarni uchib chiqayotgan temir parchalaridan saqlash uchun verstaklarda 
balandligi kamida 1 m bo‘lgan yaxlit yoki metall to‘rli (katakchalari 3 mm dan ko‘p 
bo‘lmagan) shitlar o‘rnatilishi lozim. 
6. 
Ish joylarida jihozlar, material, tanovar, yarim tayyor mahsulot, tayyor mahsulot 
va chiqindilar solinishi uchun stellaj, idish, stol va boshqa qurilmalar qo‘yiladigan 
maydonchalar ko‘zda tutilishi lozim. 
7. 
Sex va uchastkalarda uskunalarni joylashtirish va ish o‘rinlarini rejalash 
favqulodda vaziyatlar yuz berganda xodimlarni xavfsiz evakuatsiya qilish imkoni ko‘zda 
tutilishi zarur. 
8. 
Sexlardagi o‘tish joylarining kengligi quyida ko‘rsatilgan miqdorlardan kam 
bo‘lmasligi kerak: 
magistral o‘tish joylari uchun 1,5 m; 
uskunalar o‘rtasidagi o‘tish joylari uchun 1,2 m; 
ishlab chiqarish binosi devorlari va uskuna o‘rtasidagi o‘tish joylari uchun 1,0 m; 
uskunaga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash maqsadida unga boriladigan o‘tish joylari 
uchun 0,7 m. 
9. 
Konveyer qurilmalari, ishlab chiqarish binolari, galereyalar, tunnellar va 
estakadalarning joylashishi GOST 12.2.022-80 «Konveyrlar. Xavfsizlikning umumiy 
talablari»ga javob berishi lozim. 

Download 445.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling