Annotasiya
Atmosferaning ifloslanishi
Download 445.3 Kb. Pdf ko'rish
|
Diplom ishi hisoboti ASOSIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antropogen ifloslanish
Atmosferaning ifloslanishi deb, bir so‘z bilan aytganda, havo tarkibiga begona
moddalar va qo'shimchalarning me’yoridan ortiq to'planishiga aytiladi. Havoning ifloslanishi tabiiy yoki sun ’ iy(antropogen) bo'lishi mumkin. Tabiiy ifloslanish. Atmosferada doimo ma’lum miqdorda changlar bo'ladi.U tabiatda sodir bo'ladigan tabiiy hodisalar natijasida hosil bo'ladi. Bunday changlarni 3 turga: ya’ni, mineral (noorganik), organik va koinot changlariga ajratish mumkin. Tog' jinslarining yemirilishi va nurashi, vulqonlarning otilishi, to'qay va o'rmonlarga o't ketishi, dengiz suvlarining parlanib havoda tuzga aylanishi mineral changlarning hosil bo'lishiga sabab bo'ladi. Organik changlar havoda yashovchi aeroplankton organizmlar, bakteriyalar, sporalar, o'simlik urug'lari, o'simlik va hayvonlarning chirindi va chiqindilari hisobiga hosil bo'ladi. Koinot changlari meteoritlarning atmosferadan o'tish vaqtida yongan qoldiqlaridir. Antropogen ifloslanish:asosan transport vositalarida, sanoat korxonalarida va energiya ishlab chiqaruvchi tarmoqlarda organik yonilg'ilardan foydalanish natijasida hosil bo'ladigan chiqindilar va ajratmalarning havo havzasiga tushishi oqibatida sodir bo'ladi. Atmosfera havosining ifloslanishi muammosi butun insoniyatni tashvishga solmoqda.Bu muammo, ayniqsa, sanoati rivojlangan mamlakatlarda eng o'tkir muammolardan bo'lib turibdi. Atmosfera havosi ifloslanishidan insonlarga yetkazilayotgan zarar sanoat va maishiy chiqindilarni ochiq suv havzalariga tashlashdan yetkaziladigan zarardan kam emas. O’zg. Varoq Hujjat№. Imzo Sana Varoq 55 Bitiruv malakaviy ishi Atmosfera havosi bitmas-tuganmas resurslar kategoriyasiga kiradi. Ammo insonlarning xo'jalik faoliyati atmosferaga ta’sir ko'rsatadi va uning tarkibini o'zgartirib yuboradi. Bunday o'zgarishlar ko'pincha shunday katta va turg'un ahamiyatga egaki, uni himoya qilish choralarini ko'rishga to'g'ri keladi. Transport vositalari va sanoat korxonalari sonining yildan- yilga ko'payib borishi, turli yonilg'ilardan foydalanish, shuningdek, o'rmonlarning kamayishi, okean suvlarining neft mahsulotlari bilan ifloslanishi, yadro qurollarining portlatilishi natijasida atmosferadagi kislorod miqdori keskin kamayib, karbonat angidridi va azot oksidlari miqdorining oshishi kuzatilmoqda. Agar havo tarkibida karbonat angidridi miqdori oshib boraversa, uning ifloslanishining oldi olinmasa, yana 50 yildan so‘ng yer yuzasi harorati o'rtacha 1,5-3,0°C ga oshishi mumkin. Natijada muzliklarning erishi, okean suvlari sathining ko'tarilishi, quruqlikning bir qismini suv bosishi, geografik muhitning o'zgarishi sodir bo'ladi. Sanoat tashlamalarining kimyoviy tarkibi yonilg'i turiga (qattiq, suyuq,gazsimon) va uni yondirish usullariga ko'ra turlicha bo'ladi. Ko'mir, neft.gaz yonilg'ilari yonganda turli sabablarga ko'ra to'la yonmaydi. Shuning uchun sanoat korxonalaridan atmosferaga katta miqdorda chala yongan zarrachalar (qurum, kul, chang) va zararli gazlar(uglerod qo'sh oksidi), uglevodorodlar, oltingugurt birikmalari, oltingugurt (II) oksidi, azot oksidlari chiqadi. Sanoat korxonalari tashlamalarini ikki guruhga bo'lish mumkin. Birinchi guruhga «tashkil etilmagan tashlama»lar kiradi. Ularkorxonalarning tozalash qurilmalari bilan to'la ta’minlanmaganligi, materiallarni tashish to'g'ri tashkil etilmaganligi, xomashyolarni saqlash qoidalariga yetarli amal qilinmasligi natijasida hosil bo'ladi. Ikkinchi guruhga «tashkil etilgan tashlama»lar mansub. Bunday tashlamalar maxsus tutun mo'rilari, dudburonlar, ventilyatsiya tizimlari kabilarni tashkil etish orqali kamaytiriladi. Ayniqsa, kimyo, metallurgiya, neftni qayta ishlash sanoati va qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining tashlamalari juda xavfli. Toksik moddalar inson organizmiga havo orqali O’zg. Varoq Hujjat№. Imzo Sana Varoq 56 Bitiruv malakaviy ishi kirib, shu ondayoq qonga so'riladi. Ularning xavflilik darajasi oshqozon-ichak trakti orqali bo'ladigan ta’sirdan bir necha marta kuchli bo'ladi. Qora va rangli metallurgiya korxonalari chang, oltingugurt gazi, uglerod va azot oksidlarini havoga chiqaradi. Alyuminiy sanoati esa atmosfera havosini ftor bilan ifloslantiruvchi manba hisoblanadi. Sanoat korxonalari va kommunal xo'jaliklari chiqindilari hisobiga shaharlar atrofida turli chiqindi omborlarining paydo bo'lishi, ahlatxonalarning ko'payishi atmosfera havosi ifloslanishidan muhofaza qilishni taqozo etadi. Mazkur masala gigiyena fanining masalasi bo'libgina qolmay, balki ijtimoiy va iqtisodiy masala hamdir. Biroq bu masala kompleks ravishda hal etilmasa, yechilishi murakkab bo'lgan muammo bo'lib qoladi.Hozirgi vaqtda atmosfera havosini muhofaza qilish maqsadida uch xil tadbirni amalga oshirish ko'zda tutiladi. Bular mantiqiy, texnik va loyihalashga asoslangan tadbirlardir. Mazkur tadbirlarni amalga oshirish bilan aholi turarjoylaridagi atmosfera havosi bulg'anishlarini ruxsat etiladigan miqdorini ta’minlash mumkin, qolaversa aholining sanitariya-turmush sharoitini ham yaxshilasa bo'ladi. Atmosfera havosini muhofaza qilishda texnologik tadbirlarning ahamiyati kattadir.Ko'riladigan tadbir asosida tashqi muhit obyektlariga, jumladan, havoga tashlanadigan chiqindilar miqdorini qisqartirish yoki mutlaq to'xtatish zarur.Buning uchun sanoat korxonalaridagi texnologikjarayonlarni takomillashtirish.Hattochiqindisiz yoki karn chiqindili texnologiyalarni joriy etish mumkin.Bunday texnologiyalar mutlaq berk jarayonlar bo'lib.unda chiqindilar butunlay bo'lmavdi. chiqindi moddalar boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xomashyo vazifasini o'taydi. Chiqindisiz yoki kam chiqindili ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishda xomashyo tayyorlash, mavjud materiallardan to'la foydalanish.ularni chiqindi sifatida tashqi muhitga tashlamaslik chora- tadbirlari ko'riladi. Albatta.chiqindisiz texnologiya jarayonlarini ishlab chiqish nazariy jihatdan oson bo’lsada, amalda uni joriy etish juda murakkabdir. O’zg. Varoq Hujjat№. Imzo Sana Varoq 57 Bitiruv malakaviy ishi Kronshteyn detaliga texnologik ishlov berish jarayonida atrof muhitga turli ko’rinishdagi chiqindilar changlar, metal qirindilari, zaharli gazlar va boshqa turlarini tarqalishini oldini olish uchun ishlov berish stanoklar va jihozlari yopiqa muhitlarda foydalanib, bu muhitga turli filtirlar, tozalash qurilmalari o’rnatilishi kerak. Metal kesish jarayonida havo muhitiga turli changlar bilan qoshilib metaldan ajralgan mayda mkm o’lchamdagi qirindilar chiqadi. Shuning uchunchang va gazlarni chang cho’ktiruvchi kameralardan foydalanib ularni ushlab qolib ular zararsizlantiriladi. Turli tebranishlarni mahsus amartizatorla o’rnatib yo’q qilinadi.Shovqinlarni ushlab qolish uchun muhit shumaizolatsiya bilan jihojlanadi. Ajratib olingan qirindilar qayta ishlab chiqarish sexlariga yuboriladi. Barcha ko’rilgan chora tadbirlar atrofni ifloslanishlardanvaturli zararlardan imkon boricha ushlab qolinib ularni foydali maqsadlardan foydalanishga harakat qilinadi. Download 445.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling