Annotasiya
Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Download 445.3 Kb. Pdf ko'rish
|
Diplom ishi hisoboti ASOSIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Saqlovchi va blokirovkalovchi qurilmalarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Umumiy talablar 1. Asosiy va yordamchi uskunani tegishli texnik hisoblarga ega bo‘lgan poydevor va asoslarga o‘rnatish, moslash va ishonchli tarzda mahkamlash kerak. 2. Uskunani montaj qilish ishlab chiqaruvchi zavod loyihasi va yo‘riqnomasiga mos holda bajarilishi zarur. 3. Uskunani montaj qilish paytida loyihani ishlab chiqqan tashkilotning ruxsatisiz chizmalarga o‘zgartirish kiritish yoki undan chetga chiqishga ruxsat etilmaydi. 4. Uskunani demontaj qilish vaqtida uning elektr yuritmasi elektr tokidan uzib qo‘yilishi, yuritma tasmalari echib olinishi, ishga tushirish qurilmalariga esa «Ishga tushirilmasin — odamlar ishlayapti!» deb yozilgan plakatlar osib qo‘yilishi lozim. 5. Uskunani elektr tarmoqqa ulash va ishga tushirish faqat hamma himoya va saqlash qurilmalari o‘z joyiga o‘rnatilgandan keyin mas’ul xodim ruxsati bilan amalga oshiriladi. 6. Yaroqsiz uskunada ishlash mumkin emas. Uzoq vaqt ishlatilmagan va yaroqsiz uskuna barcha energiya eltgich va texnologik quvuro‘tkazgichlardan (elektr kuchlanishi, siqilgan havo va hokazolar) uzib qo‘yilishi lozim. O’zg. Varoq Hujjat№. Imzo Sana Varoq 49 Bitiruv malakaviy ishi Saqlovchi va blokirovkalovchi qurilmalarga bo‘lgan xavfsizlik talablari 1. Dastgohlarning detallari sinmasligi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga jarohat etkazmasligi uchun dastgohlar ortiqcha yuklanishdan saqlovchi qurilmaga ega bo‘lishi lozim. 2. Dastgohlarning jihozlari o‘z-o‘zidan pastga tushib ketishini oldini oluvchi qurilmalarga ega bo‘lish lozim. 3. Mexanizatsiyalashgan yoki avtomatlashgan usulda mahkamlanadigan dastgohlarda ishlovberish jarayoni faqat detal mahkamlanib bo‘lgandan so‘ng ishga tushishini ta’minlaydigan blokirovka qurilmasi bo‘lishi lozim. 4. Avtomat va yarim avtomatlar, ularda ishlovberish hududi ochiq holatda ish bajarilganda jarohatlanish yuz bermasligi uchun blokirovka tuzilmasiga ega bo‘lishi, ular avtomatik ish sikli himoya qurilmasi faqat yopiq bo‘lganda ishga tushishini ta’minlashi lozim. 5. Dastgohlarda operatsiyalar bajarilayotgan vaqtda detal yoki asbob aylanishi tufayli jarohatlanish mumkin bo‘lsa, dastgohlarda shpindel o‘chirilgan zahoti uni avtomatik tarzda to‘xtatadigan qurilma bo‘lishi kerak. 6. Dastgohni sozlash paytida saqlovchi blokirovka qurilmalarini o‘chirish imkoniyati ko‘zda tutilishi kerak. 7. Uzoqdan turib yoki avtomatik tarzda ishga tushiriladigan uskunada ogohlantiruvchi «Ehtiyot bo‘ling, avtomatik tarzda yurgiziladi!» degan belgi va yozuvlari bo‘lishi lozim. Download 445.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling