Annotasiya


Elektr qurilmalariga qo‘yiladigan


Download 445.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/21
Sana21.06.2023
Hajmi445.3 Kb.
#1640672
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
Diplom ishi hisoboti ASOSIY

Elektr qurilmalariga qo‘yiladigan 
xavfsizlik talablari 
1. 
Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatishda va ulardan foydalanishda 
Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 
1383, 2004 yil 9 iyul) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda 
texnika xavfsizligi qoidalari(ro‘yxat raqami 1400, 2004 yil 20 avgust) talablariga rioya 
qilinishi kerak. 
2. 
Elektr energiyasidan foydalanadigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining 
buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim 
tayinlangan bo‘lishi va bu xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malaka guruhiga ega 
bo‘lishi shart. 
3. 
Elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori 
bo‘lgan elektr uskunalariga xizmat ko‘rsatishi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha V malaka 
guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalariga xizmat ko‘rsatishi uchun 
esa, IV malaka guruhiga ega bo‘lishi talab etiladi. Mas’ul xodim davriy ravishda va 
o‘rnatilgan tartibda tashkilotda tuzilgan elektr xavfsizligi bo‘yicha komissiyada sinovdan 
o‘tishi shart. 
4. 
Elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim: 
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini; 
O’zg.
 
Varoq
 
Hujjat№.
 
Imzo 
Sana
 
Varoq 
45 
Bitiruv malakaviy ishi 
 


elektr qurilmalari va tarmoqlarida rejali ta’mirlash ishlari hamda profilaktik sinovlarning 
belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini; 
elektr energiyasi sarfining hisobi olib borilishini; 
himoya vositalari va yong‘inga qarshi jihozlar mavjudligi hamda ularning o‘z vaqtida 
sinovdan o‘tkazib turilishini ta’minlashi kerak. 
5. 
Elektr toki o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash 
asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi 
apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim. 
6. 
Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar 
namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan bo‘lishi shart. 
7. 
Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib 
turilishi zarur. 
8. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qo‘llaniluvchi lyuminessent 
yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi 
lozim. 
9. 
Kabellar va elektr simlarining izolyasiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokidan 
himoyalovchi erga ulangan simlar, elektr dvigatellarining ishlash rejimi ko‘rikdan 
o‘tkazilishi va o‘lchash asboblari orqali tekshirib turilishi kerak. 
10. Elektr apparatlari va agregatlarining nol simiga ulash va erga ulash simlari 
butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi, tekshirish natijalari dalolatnoma bilan 
rasmiylashtirilishi zarur. 
11. Quyidagi elektr qurilmalari nol simiga ulash yoki erga ulanishi lozim: 
kuchlanishi 380 V va undan yuqori bo‘lgan o‘zgaruvchan tok hamda 440 V va undan 
yuqori bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlovchi barcha elektr qurilmalari; 
nominal kuchlanishi 42 V dan yuqori, lekin 380 V dan past bo‘lgan o‘zgaruvchan tok va 
110 V dan yuqori, lekin 440 V dan past o‘zgarmas tokda ishlovchi yuqori xavfli tashqi 
qurilmalar. 
O’zg.
 
Varoq
 
Hujjat№.
 
Imzo 
Sana
 
Varoq 
46 
Bitiruv malakaviy ishi 
 


12. Nominal kuchlanishi 42 V gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tokda va 110 V gacha 
bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalarini nol simiga ulash yoki erga ulash 
talab etilmaydi, metall konstruksiyaga o‘rnatilgan nazorat kabellari, kuch kabellarining 
metall qobiqlari hamda portlash xavfi bo‘lgan xonalardagi elektr qurilmalar, payvandlash 
transformatorining ikkilamchi chulg‘amalari bundan mustasno. 
13. 120. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi. 
14. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun 
uskunalarning g‘iloflari, asosiy vallari va havo quvurlari erga ulangan bo‘lishi lozim. 
15. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘r bilan o‘ralgan va to‘r erga 
ulangan bo‘lishi lozim. 
16. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi zarur. Yashin qaytargichlar har 
yili bahorgi mavsumda tekshirib turilishi, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi lozim. 

Download 445.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling