Annotatsiya Janubi-Sharqiy Osiyo subregioni tarkibiga Hindixitoy yarimoroli, Malay arxipelagi orollari, Yangi Gvineyaning g’arbiy qismi kiradi. Uning maydoni 4,5 mln km kv bo’lib, umumiy qurqlik maydoni 3% ni egallaydi


Download 239.5 Kb.
bet2/8
Sana02.05.2023
Hajmi239.5 Kb.
#1422269
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hoshimov Zuhriddin (3)

Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda yuksak darajada rivojlanayotgan Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari( Vyetnam, Malayziya, Tailand, Kambodja, Laos, Indoneziya, Bruney, Myanma, Singapur, Filippin, Sharqiy Timor)ning arxeologiyasiga nazar solar ekanmiz bu mintaqada eramizdan avvalgi VIII ming yilikdayoq ya’ni mezolit davrida o’troq manzilgohlar paydo bo’la boshlaganligini ko’rishimiz mumkin. Neolit davrida esa sholikorlik xo’jaligi qadimgi janubiy-sharqiy Osiyoda keng tarqalgan. Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki bu mintaqadagi har bir davlatlarning tarixi to’liq fanga malum emas. Bu mintaqaning har bir davlati arxeologiyasini o’rganishni mavzuni dolzarb tomoni sifatida keltirib o’tsak xato bo’lmaydi.
Mavzuning maqsad va vazifalari. Mavzuning maqsad va vazifalari Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlarning arxeologiyasini to’la-to’kis ochib berishdan iborat.
I.bob. Janubiy-sharqiy osiyo haqida malumotlar aholisi va umumiy tushincha


1.1.Janubi-Sharqiy Osiyo haqida umumiy ma’lumot.
Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi – Ushbu jamlanma Osiyo qit’asinig janubi-sharqida joylashgan oʻn mamlakatni birlashtirgan iqtisodiy va siyosiy tashkilot sifatida jahon hamjamiyatida muhim rol oʻynaydi. Avvaliga ushbu kelishuv 1967-yilning 8-avgustida Indoneziya, Malayziya, Fillipin, Singapur va Tayland hukumatlari tomonidan tashkil etilgan. Hozirgi kunga qadar aʻzolar soni oʻntaga yetgan va tashkilot ichida endi Bruney, Myanma, Kambodja, Laos va Vyetnam mamlakatlari oʻz qiziqishlari bilan ishtirok etishmoqda. Tashkilotning asosiy maqsadlari iqtisodiy oʻsishni kuchaytirish, ijtimoiy vaziyatni yaxshilash, aʻzo mamlakatlar orasida madaniy aloqalarni rivojlantirish, regional hududni himoya qilish kabi masalalarni oldigan maqsad qilgan mamlakatlar vakillari global muammolarni tinchlik yoʻlidagi muzokaralar bilan hal qilish ustida faoliyat yuritishmoqda. Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari Asssotsiatsiyasi (JShOMA) maydoni 4460000 км ² bu hudud Yer shari umumiy maydonining 3%-ni tashkil etadi. Aholisi 600000 kishi atrofida va Yer aholisining 8,8%-iga tengdir. 2012-yilda mamlakalarning erkin nominal YIM oldingi koʻrsatkichlarga nisbatan $ 2,3 trln. AQSh Dollariga oʻsish qayd etilgan. Agar JShOMA mamlakatlarnining iqtisodiyoti birlashtirilsa jahon iqtisodiyotida sakkiztadan bitta kuchli iqtisodiy potensial mavqesiga ega tashkilotlardan sanaladi Qisqacha tarixi. 1961-yil Malayziya, Fillipin va Tayland mamlakatlari oʻrtasida imzolangan alyans keyinchalik Janubiy-Sharqiy osiyo mamlakatlari Assotsiatsiyasi nomini olgan (JShOMA). Lekin bu jamlanma rasmiy ravishda besh davlat Indoneziya, Malayziya, Tayland, Singapur va Fillipin kabi mamlakatlarning Tashqi ishlar vazirlari tomonidan Bangkokda Tayland Tashqi ishlar vazirligi departamentida uchrashuv tashkil etilgan va ushbu (JShOMA) tashkiloti yaratilishi haqidagi deklaratsiya qabul qilingan. Deklaratsiya keyinchalik jahon hamjamiyatida Bangkok Deklaratsiyasi nomini olgan. Tashkilotning asoschilari sifatida besh mamlakat Tashqi Ishlar vazirlari eʻtirof etiladi, bular: Indoneziyadan Adam Malik, Fillipindan Narciso Ramos, Malayziyadan Abdul Razak, Singapurdan S. Rajaratnam va Tayland vakili Thanat Khomanlardir. 1960-yillarda roʻy bergan hodisalar iqtisodiy rivojlanishga harakat qilish, tashqi taʻsirlarga ishonchning yoʻqolishi, kommunizm tizimidan choʻchish va davlat tizimini mustahkamlash kabi muammolar JShOMA tashkiloti yaralishiga asosiy sabablar boʻlgan. 1984 1-yanvarida Bruney mustaqillikni qoʻlga kiritgan va bir haftadan soʻng 1984-yilning 8-yanvarida ilk marotiba jamlanma tarkibida kengayish kuzatilib Bruney JShOMA anjumanida oltinchi vakil sifatida ishtirok etgan2.

Tashkilot kengayishi. 1995-yilning 28-iyulida Vyetnam yettinchi aʻzo sifatida va keyinchalik ikki yildan soʻng 1997-yilning 23-iyulida Laos hamda Myanma mamlakatlari tashkilotga aʻzo boʻlishgan. Kambodja Laos va Myanma mamlakatlari bilan birgalikda tashkilot aʻzoligiga oʻz istagini bildirgan lekin mamlakatlar orasidagi ichki siyosiy kurashlar tufayli ushbu taklif JShOMA tomonidan vaqtinchaga bekor qilingan. Keyinchalik mamlakat hokimiyatidagi kamchiliklar bartaraf etilib 1999-yilning 30-aprelida tashkilotning hozirgi kundagi eng soʻnggi oʻninchi aʻzosi sifatida JShOMA tarkibiga qabul qilingan. 1990-yilda Malayziya vakillari Sharqiy Osiyoda iqtisodiy forum yaratishni taklif etishgan va bu forumga tashkilotning yangi aʻzolari sifatida Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyakabi rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorliklar olib borib Osiyo-Tinch okeani boʻyidagi iqtisodiy hamkorlikda AQSh taʻsiri bilan oʻz mavqelarini Osiya hududida tenglashtirishmoqchi boʻlishgan. Lekin bu reja AQSh va Yaponiyaning bir-biriga kuchli qarama-qarshiligi sabab amalga oshmagan. Biroq bu kabi muvaffaqiyatsizliklarga qaramay oʻz faoliyatlarini davom ettirishib 1997-yilda JShOMA uch plyus nomli birlashma yaratilgan. 1992-yilda yangi tartiblarga asoslangan imtiyozli tariflar qabul qilingan. Bu tariflar jahon bozorida ishlab chiqarish sifatini oshirish va regional hududda ishlab chiqarilgan maxsulotlar raqobatbardosh boʻlishini yaxshilash kabi muammolarni oʻz ichiga olgan. Ushbu qonunlar tashkilotningb erkin iqtisodiy hududida amal qilishi belgilangan. 1997-yilda Sharqiy Osiyodagi moliyaviy inqirozdan soʻng Malayziya ushbu tashkilotni kuchli iqtisodiy salohiyatga ega mamlakatlar (Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya va Janubiy Koreya) bilan birlashtirish fikrini oldinga surgan. Bu tashkilotga aʻzo boʻlgan har bir mamlakat nafaqat regionda balki jahon mamlakatlari orasida iqtisodiy yutuqlarga erishish niyatida birlashishgan. 1995-yilning 15-dekabrida aʻzo mamlakatlar Janubiy-Sharqiy Osiyoni yadroviy qurollarni qisqartirish kelishuvi va Janubiy – Sharqiy Osiyoda yadroviy qurollar hududini bekor qilish haqidagi kelishuvlar imzolangan. Ushbu kelishuvni aʻzo mamlakatlardan faqatgina bir mamlakat imzolamagan boʻlib kelishuv 1997-yilning 28-martidan kuchga kirgan. Ushbu havfsizlikga oid kelishuv 2001-yilning 21-iyunida Fillipin imzolaganidan soʻng regionda toʻlaqonli yadroviy qurollarning barcha turlari taqiqlangan


Sharqiy Timor va Papua Yangi Gvineya. Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi 2011-yilning martida Jakartada oʻtkazilgan sammitida Sharqiy Timor tashkilotga aʻzo boʻlish istagini bildirgan. Bunga javoban Indoneziya ushbu taklifni iliqlik bilan qabul qilgan. Papua Yangi Gvineya 1976-yilda kuzatuvchilik mavqeiga, keyinchalik 1981-yilda maxsus kuzatuvchi sifatida tashkilot sammitlarida ishtirok etishni boshlagan. JShOMA ushbu mamlakat bilan 1976-yil Bali shahrida oʻtkazilgan sammit ortidan iqtisodiy hamkorlik dasturlarini amalga oshirib kelmoqda. Bu holat 80-yillarning oʻrtalarida toʻlaqonli amalga oshirilib, keyinchalik 1991-yilda Tayland rezolyutsiyasi ortidan erkin savdo hududida oʻz mavqeini yanada oshirgan 21-asrga kelib koʻpgina mamlakatlar va yirik tashkilotlar atrof-muhit holatini tiklash va yaxshilash kabi savollarni hal qilish tarzini oldiga maqsad qilib qoʻyishmoqda. Jumladan JShOMA tashkiloti endilikda tabiatni saqlash kabi yangi tartibdagi tizimlarni oʻzining regional hududida qabul qilmoqda. Tashkiliot vakillari avvaliga 2002-yilda Janubiy-Sharqiy Osiyoda tutunli ifloslanishni nazorat qilish maqsadida JShOMA transhududida tutunli ifloslanishga qarshi kelishuvni imzolashgan. Afsuski bu imzolangan kelishuv 2005-06-yillarda Malayziya tomonidan ifloslangan havo oqimi tufayli oʻz qadrini yoʻqotgan. Shuningdek tashkilot ekologik muamolarni oʻz ichiga oladigan bir necha kelishuvlarni qabul qilib, shulardan: Sharqiy Osiyo energetik havfsizlik deklaratsiyasi, 2005-yilda АСЕАН Wildlife Enforcement tarmogʻi regionda joriy qilinishi va Osiyo-Tinch okeanining iqlim va muhitni asrash kabi masalalarda hamkorlikning imzolanishi iqlimning oʻzgarishi sababli qabul qilingan. 2003-yilda Bali shahrida oʻtkazilgan JShOMA sammitida aʻzo mamlakatlar vakillari birdamlikda demokratik dunyo tartibiga asoslangan tizimni imzolashgan. Bunga sabab barcha mamlakatlar jahon va regional hudud hamjamiyatida oʻz demokratik dunyoqarashlarini tenglashtirishga va yaqin kelajakda rivojlanishga erishish harakatlari asosiy dalillar sifatida koʻriladi. Bundan tashqari demokratik boʻlmagan aʻzo mamlakatlar ham bu kabi vaziyatni qoʻllab quvvatlashgan. Har bir mamlakat vakillari keyinchalik tashkilot faoliyatini oʻrganib chiqishib kelajakda yangi integratsiyalarni regionda joriy qilish zarur degan hulosaga kelishgan va 1997-yildan boshlab shu maqsadlar asosida va tashkilot faoliyatini regionda yanada kuchaytirish kabi masalalarni hal qilish uchun yangi iqtisodiy jamlanma yaratish harakatini boshlashgan. Aʻzo mamlakatlar oʻzlarining iqtisodiy aloqalarini yaxshilash uchun oʻtkazilgan Hindiston, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Rossiya kabi mamlakatlarni oʻz doirasiga olgan Sharqiy Osiyo mamlakatlari sammitida tashkilotga yirik eksportyorlar Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarni tarkibga qoʻshish istagini bildirishgan va bu masala keyinchalik matbuotda JShOMA plyus uch degan nomini olgan. Bu harakat Yevropa hamjamiyatini Sharqiy Osiyo hududida yoʻq qilish va yangi zamonaviy, rivojlangan sanoatni bunyod etish hamda kuchli Sharqiy Osiyo iqtisodiy hamjamiyatini yaratish ekanligi baʻzi bir mamlakatlar tomonidan tanqid qilib kelinadi. Ohirgi yillarda erishilgan yutuqlar va muvaffaqiyatsizliklarni oʻrganish maqsadida hamda tashkilot jamgʻarmasini tashkil qilish masalalari sababli JShOMA huzurida Kuzatuvchi Faollar guruhi tashkil etilgan. 2006-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga kuzatuvchi tashkilot maqomi berilgan va bunga javoban JShOMA tashkilotning "dialoglar borasida hamkor" degan maqomiga erishgan.
Janubi-Sharqiy Osiyoning qadimgi davr tarixi va arxeologiyasi.
Botqoqli vodiylar, kichik tog` daryolari, tropik o’rmonlar bilan qoplangan baland tog`lar Janubiy-Sharqiy Osiyo uchun xarakterli hol. Bu yerda eramizdan avvalgi VIII ming yilikdayoq mezolit davrida o’troq manzilgohlar paydo bo’lgan. Neolit davrida esa sholikorlik xo’jaligi qadimgi janubiy-sharqiy Osiyoda keng tarqalgan.
Janubiy-Sharqiy Osiyoning kontinental qismida yashagan qadimgi xalqlar avstroosiyoliklar (monlar, kxmerlar va boshqalar) orollarda austroneyziylar (malayalar, yavalilar va boshqalar), etnograflar ularning barchasini qo’shib austri xalqlari deb ataydilar. Qadimda eng rivojlangani austroosiyo viloyatlaridan janubiy hindi-xitoy tekisliklaridir. Bu yerda eramizdan avvalgi III ming yillikda aholi dastlab mis keyinchalik jez davriga mustaqil o’tadilar. Er. avv. II ming yillikda janubiy- sharqiy Osiyo taraqqiyotda qo’shni viloyatlardan orqada qola boshlaydi.
Daryolarning murakkab tizimi xo`jalikning bosh yo`nalishi bo’lgan sholikorlik zarur bo’lgan sun'iy sug`orish tizimini barpo qilishni qiyinlashtirgan. Uzoq vaqt jamiyatning asosiy bo`g`ini bo’lib, sholikorlik bilan shug`ullanadigan kichikroq qishloq jamoalari qolavergan. Faqat so’nggi jez asrida er. avv. I ming yillikda Dongshon sivilizatsiyasi vaqtida (Dongshon qishlog`i yonida bu madaniyatning birinchi qabri topilgan) janubi-sharqiy Osiyoning katta va o’rta daryolari vodiylarida katta-katta dehqonchilik manzilgohlari paydo bo’ladi. Bu davrda omoch dehqonchiligi paydo bo’ladi, jamiyat ijtimoiy tuzilmasi murakkablashadi.
Yaqinda topilgan juda kam sonli o’ziga xos iyerogliflarga o`xshash yozuvlardagi qadimiy yozma manbalar mavjud. Janubi-sharqiy Osiyoning qadimgi tarixini qayta tiklashda ilk o’rta asr (vyet, mon va boshqalar) xronikalari hamda qadimgi Xitoy, qadimgi hind, antik mualliflar asarlari va manbalari muhim rol o`ynaydi. Ilk sinfiy jamiyatlar qadimgi austroosiyo va ularga qarindosh qadimgi vyetlarda paydo bo’lib Garbiy Hindixitoyda hozirgi shimoliy Vetnam orqali Yanszi quyi oqimigacha cho`zilib ketgan. Ularning orasida davlatlarning to’rt guruhini ko’rsatish mumkin: shimoli-sharqiy Hindixitoy va janubiy Xitoy dengiz qirg`og`i: janubiy Hindixitoy davlatlari; Malakka yarim oroli va arxipelagida qadimgi Indoneziya davlatlari; shimoliy Hindixitoyning markaziy qismi va tay tilli, birma tilli xalqlar joylashgan qo’shni hududlar davlatlari Qadimgi Vyet davlatlari va ularning qo’shnilari Shimoliy Vetnamdagi va Janubiy dengizning shimoliy qismidagi davlatlardan shimolroqdagi qadimgi Xitoy an'analariga ko’ra birinchi navbatda «varvar» (Xitoy an'anasi nuqtai-nazaridan) Eyu (Vyet) podsholigi tarixda yaxshiroq ma'lum. Yue podsholigi er. avv. VII asrda Yanszi daryosining quyi oqimida paydo bo’lgan. Uning ijtimoiy tuzilishi qadimgi Xitoy podsholiklariga qaraganda soddaroq bo’lgan. Aholining asosiy mashg`uloti sug`orma sholikorlikdir. Er. avv. IV-III asrlarda Yanszi daryosining yuqori qismida besh davlat: Xanchxa, quyi qismida Vanglang (keyin Aulak), sharqda Teyau, Namvyet va boshqalar mavjud bo’lgan. Ular yuqori ijtimoiy taraqqiyot darajasida bo’lganlar. Janubiy podsholiklarda ham madaniyatini qabul qilish shimolga qaraganda ancha yuqori bo’ladi Er. avv. III asrda hududdagi eng rivojlangan davlatlardan Xongxa daryosining quyi qismi va unga qo’shni hududlarda Siszyan pastida vetnamliklarning ajdodlari lakvyetlar joylashgan davlat Namvyet edi. Aulakda aholining asosiy qismini jamoachilardan iborat mayda ishlab chiqaruvchilar tashkil qilgan. Turli manbalar Namvyet jamiyatida qullar mavjudligini ko’rsatadi. Hukmron sinflar jamiyatda katta yer-mulk egalari hukmron tabaqa bo’lib, ular bilan bog`langan xizmat zodagonlari, qullar va mayda ishlab chiqaruvchilar bo’lgan. Davlat tepasida hukmdor turgan. Qadimgi vyetlar madaniyati o’ziga xos edi. Ayniqsa, ajdodlarga e'tiqod, yer ruhiga, timsoh-ajdar va suvda suzuvchi qushlarga sig`inish keng tarqalgan. Er. avv. 221-214-yillarda Aulak, Teyau va Namvyet davlatlari Sin imperiyasi bilan o’z mustaqilliklari uchun urush olib boradilar. Urushlar jarayonida Aulak o’z mustaqilligini saqlab qoladi va Teyauning bir qismini o’ziga qo’shib oladi. Namvyet bir necha yil Sin qo’shinlari tomonidan bosib olingan. Er. avv. 207 yilda Namvyet va Aulak davlatlari birlashadi. Bu davlat er. avv. II asrda janubiy –sharqiy Osiyoda eng kuchli davlat bo’lib, faqat Xan imperiyasidan kuchsizroq bo’lgan. Eramizdan avvalgi II asr boshlarida Namvyet Vo'ongi (hokimi) o’zini Xan imperatoriga teng deb e'lon qiladi. Mamlakat iqtisodiyotini asosini sholikor hududlar tashkil qiladi. Bu davlatda yirik shaharlar, rivojlangan ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik mavjud edi Er. avv. II asr boshlarida Namvyet-Aulak hukmdorlari urushlar va diplomatik yo`l bilan qo’shni davlatlarni qo’shib olishga harakat qiladilar, ammo er. avv. III asrda mamlakat Xan imperatori U-di tomonidan bosib olinadi. Xan imperiyasi mamlakat ichki ishlariga aralashmaydi. Imperiya «varvarlarni varvaralar boshqaradi» siyosatini olib boradi Er. avv. III-II asrlarda Janubiy-Sharqiy Osiyoni tog`li hududlarida qadimgi Tay Diyen va Yelan davlatlari alohida guruhni tashkil etadi. Bu yerda dehqonchilik zaif bo’lib, chorvachilik yetakchi o’rin egallagan. Shu bilan birga bu yerda qandaydir birma tilli guruhlar va Markaziy Osiyo chorvador aholisi bilan birgalikda ilk sinfiy jamiyatlar shakllantirilgan.Qullarning safi mahalliy etnik birliklarni qaram qilish hisobidan to`ldirildi Er. avv. I asr boshlarida Xan ma'muriyati hozirgi Shimoliy Vetnamdagi lanvyetlarni ommaviy assimilyatsiya qilish siyosatini olib borgan. Bu siyosat kuchli qarshilikka uchraydi va zodagonlar boshchiligida qo’zg`olonlar ko`tariladi. 40-50 yillarda Lanvyetlar «ikki opa-singil» boshchiligida qo’zg`olon ko`tarib Xan hokimiyatini ag`darib tashlaydilar va o’z mustaqilliklarini qayta tiklaydilar. Xan imperiyasi uzoq urushlardan so’ng, mamlakatda o’z nazoratini qayta tiklaydi, lekin mahalliy aholini assimilyatsiya qilish siyosatidan voz kechishga majbur bo’ladi. Eramizning I-V asrlarida Vetnamga Hindistondan buddizm, Xitoydan xitoy madaniyati kirib keladi. Buddaviylik XII va XIII asrlargacha hukmron dinga aylanadi. Mon-Kxmer va Indoneziyaliklarning davlat birlashmalari Eramizning boshlarida Hindixitoy va Indoneziya yirik daryo vodiylarida sinfiy jamiyat va davlatlar shakllanadi. So’nggi jez davrida xo’jalikning yuqori taraqqiyoti, temir qurollaridan keng foydalanishga o`tish, davlatni shakllanishiga olib keladi Janubiy Hindistonning dravid xalqlari orqali shimoliy Hindiston, Yaqin Sharq va o’rtayer dengizi bilan doimiy aloqalar o`rnatiladi. Tekislikda vyetlarda bo’lgani kabi yetakchi ijtimoiy birlik kichik qishloq jamoasi edi. Vodiylarda yuqori darajada rivojlangan dehqonchilik, tog`li viloyatlarda ovchi-termachilik xo’jaligi mavjud bo’lgan. Mahalliy jamiyatlarning o’ziga xosligi bir etnolingivistik guruh ichida tekislikda yuqori taraqqiyot darajasiga erishgan dehqonlar bilan qo’shni tog`lik vohadagi ovchi-terimchilarning birgalikda yashashi edi. Ana shunday ijtimoiy- iqtisodiy har xillik sinfiy jamiyat va davlatni ibtidoiy jamoa munosabatlari hukm surgan viloyatlar bilan ajratilishiga sabab bo’ldi. Aulak, Bapnom (Funan), Shrikistra (Tarekittara), Suvannabxumi (Janubiy Birma) dagi va Tyao Praye (Menam), Malakk yarimorolidagi va arxipelagidagi Malay, ilk Yava davlatlari ma'lum bir siyosiy-iqtisodiy yadro-aholi zich joylashgan sholikor voha va uning poytaxti atrofida joylashgan edilar. Hukmdor barcha yer zahirasini oliy egasi edi. Bir qism yer zodagonlarning merosiy yeri, ibodatxona va koxinlarning «abadiy» yerlari bo’lgan. Aholining asosiy qismi erkin jamoatchilardan iborat bo’lib, koxinlar, zodagonlar qatlami mavjud bo’lgan. Qullar kam sonli bo’lgan. Ko’pgina Mon va Kxmer davlatlari eramizning I asrlari atrofida paydo bo’ladi. Ular bir-birlari bilan yaqin aloqada bog`langanlar. Bu davlatlar ichida eng kattasi Bapnom (Funan) imperiyasi bo’lib, u o’zining gullab yashnagan davrida Janubiy Hindixitoyning butun mon va kxmer tekisligini egallagan Bapnom davlati yangi eraning birinchi asrlarida vujudga keldi. Eramizning II-III asrlarida mamlakatni birlashtirilish tugagach qadimgi kxmer hukmdorlari istilochilik urushlarini olib boradilar. Kxmer hukmdorlaridan eng mashhuri Fanishman bo’lgan. U kuchli flot quradi va qator qo’shni viloyatlarni bosib oladi. Bapnomning harbiy, dengiz va savdo qudrati er. avv IV asrgacha o’sib boradi. Irrigasiya va ibodatxonalar qurilishi keng miqyosda olib boriladi, mamlakatda xinduizm va budda e'tiqodlari tarqaladi va hukmdor hokimiyati kuchayadi.
V-IV asr boshlarigacha qadimgi kxmer jamiyatida shimoliy guruhlar kuchaydi. Ular ilgari savdoda ishtirok etmagan edilar. Sekin-asta ular dengiz bo`yi hududlarini bo’ysundiradilar. Bapnom imperiyasi zaiflashib inqirozga yuz tutadi. Mon-Kxmer xalqlari janubiy Hindiston madaniyatining ayrim unsurlarini jumladan yozuv, diniy til, ayrim diniy tasavvurlarni, monlar asosan buddizmni, kxmerlar hinduizmni qabul qilganlar. Indoneziya xalqlarining qadimgi davlatlari I-IV asrlarda orollarda davlatlarning g`arbiy (malaya), sharqiy (yava) guruhlari paydo bo’ladi. Garbiy guruh Sumatra davlatlarini tashkil qildi, ularning ichida ayniqsa markaziy Sumatraning tekislik qismida Malakka yarim orolining kichik davlatlari boshchiligida markazlashuv jarayoni tez boradi. Bu davlatlar hayotida tashqi savdo, tranzit savdo (ko’pgina ziravorlar, Molukka orollari bilan savdo qilingan) yetakchi o’rin tutadi. Janubiy–sharqiy Osiyoning bu asrlardagi dengizchilari Mon-kxmer va indoneziyaliklar edi. Shalmaladvipi (Malakka orolining qadimgi nomi) davlatlaridan eng mashhuri (II asrdan) Kataxa va Tambralinga edi. Ular nisbatan kuchli qo’shinga ega bo’lgan boy davlatlar bo’lgan. Bu davlatlarda madaniy taraqqiyot darajasi yuqori bo’lib, shahar aholisi orasida sanskrit adabiyoti, yozuv va tili, hinduizm va budda diniy ta'limoti keng tarqalgan Yava va Kalimantandagi Malaya va Yava davlatlari agrar mamlakatlar edi. Garbiy Yavadagi Taruma va Mulavarman davlatlari (IV-V asrlar) sun'iy sug`orish inshootlarini qurishni amalga oshiradilar. Qullar, chorva va yer-mulkni xususiy mulkligini induizm koxinlari qo’llab-quvvatlaydilar. Hindixitoy yarim orollarining sharqiy qirg’og’ida indoneziya tillari oilasiga mansub xalklar yashaydigan Tyampa boshdan kuchli dengiz flotiga ega bo’lgan, yirik savdo davlati bo’lgan. Tyampa hokimlari qirg`oq bo’yidagi qo’shnilarini talash bilan shug`ullanar, dengizdagi o’z qudratini muntazam namoyish qilar edilar. Madaniyatda Tyampa Indoneziya dunyosiga tegishli bo’lib, ko’p hollarda ularga kxmerning ta'siri kuchli bo’lgan. Xan Xitoyi bilan urushlar, doimiy diplomatik va savdo aloqalari bilan almashinib turilgan Janubi-Sharqiy Osiyoning paleolit davri yodgorliklari Birmadagi ilk Anyat, Indoneziyaning Yava orolida joylashgan Pachitan, Vetnamdagi Shonvi, Malayziyadagi Kota-Tampan va boshqa bir qator yodgorliklarni keltirib o’tishimiz mumkin. O’rta va yuqori paleolit davrida Janubiy-Sharqiy Osiyoning paleolit davri moddiy madaniyati Ko’xna dunyoning boshqa xududlariga nisbatan o’ziga xos taraqqiyot yo’llarini bosib o’tgan. Tosh qurollar indusriyasida makrolitlik saqlanib qolingan. Pachitan yodgorligi Yava orolining markaziy qismida joylashgan bo’lib, paleolit davri yodgorligi hisoblanadi. Sangiran yodgorligi esa bu Janubiy-Sharqiy Osiyoda mikrolit tosh qurollar ishlab chiqarish texnikasining tarqalganligidan dalolat beradi. Malayziyada joylashgan mashxur Nia g’ori T. Garrison tomonidan o’rganilgan bo’lib, bu yodgorlikda arxeologik davrlarinng ketma-ketligini kuzatishimiz mumkin. Unda topilgan eng qadimgi tosh qurollarining davriy sanasi 39500 yilni tashkil etmoқda. Nia g’or-makonidan topigan Homo sapienslar tegishli tana suyaklari taxlili ularning avstraloid irqiga oid ekanligini ko’rsatmoqda. Janubiy-Sharqiy Osiyoda yer sharining boshqa hududlariga farqli ravishda mezolit davri alohida arxeologik davr sifatida ko’rsatilmaydi. Biz Janubiy-Sharqiy Osiyoda mezoneolit davri madaniyatlarini kuzatishimiz mumkin. Ya’ni Janubiy-Sharqiy Osiyoda mezolit va neolit davriga oid madaniyatlarning bir vaqtning o’zida mavjud bo’lganligini kuzatishimiz mumkin.Janubiy-Sharqiy Osiyoning mezoneolit davri yodgorliklaridan biri Xoabin madaniyatidir. Xoabin madaniyati uchta davriy bosqichga ajratiladi. Ilk, o’rta va quyi Xoabin bosqichlari. Ilk Xoabin davriy sanasi miloddan avvalgi 48-23 ming yilliklar, o’rta Xoabin miloddan avvalgi 23-13 ming yilliklar va quyi Xoban miloddan avvalgi 13-8 ming yilliklar. Ushbu madaniyatning uchta davriy bosqichga bo’linishi arxeolog olim V. Solxeym tomonidan amalga oshirilgan. Mezoneolit madaniyatiga oid navbatdagi yodgorlik Ruxlar g’ori hisoblanadi. Ruxlar g’orining davriy sanasi miloddan avvalgi 12 ming yillikni tashkil etadi

Download 239.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling