Annotatsiya Ushbu kurs ishida organic kimyoning kichik bo’limi metallorganik birikmalar haqida bayon etilgan. Xususan, metallorganik birikmalarning turlari ishlatilish sohalari haqida tushunchalar


ASOSIY QISM 2.1. Organik moddalarning turlari haqida tushunchalar


Download 104.32 Kb.
bet2/5
Sana04.02.2023
Hajmi104.32 Kb.
#1159983
1   2   3   4   5
Bog'liq
metallorganik birikmalar

ASOSIY QISM

2.1. Organik moddalarning turlari haqida tushunchalar.


2.2. Metall-organik moddalar haqida tushunchalar.
Molekulasida uglerod atomi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘langan metall yoki metallmas atomlari bor birikmalar element-organik birikmalar deyiladi.
Birinchi bo‘lib element - organik birikmalarni 1849-yilda ingliz olimi E. Frankland kashf etdi, u etil yodidga rux ta’sir ettirib dietil ruxni sintez qildi va uglerod atomlari metallar bilan bevosita bog‘lanishi mumkinligini ko‘rsatdi:
C2H5-J+2Zn+C2H5-J = C2H5-Zn-C2H5+ ZnJ2
Element-organik birikmalar metall-organik birikmalar va metallmas- organik birikmalarga bo‘linadi. Ular tuzilishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:

  1. Sof element-organik birikmalar.

Bunday birikmalarda element atomlari faqat uglevodorod radikali bilan bevosita bog‘lanadi:




  1. Aralash element-organik birikmalar. Bularda element atomlari uglevodorod radikali bilan birga boshqa element bilan birikkan bo‘ladi.

Misol:

Metall - organik birikmalar
D. I. Mendeleyev davriy sistemasidagi elementlarni ko‘pi metallar bo‘lgani uchun, element-organik birikmalarining asosiy qismini metall-organik birikmalar tashkil etadi. Davriy sistemaning I gruppa metali bo‘lgan Li, Na, Cu, II gruppa metali Zn, Mg, Hg, III gruppadan Al ning, IV gruppa metallaridan Sn, Pbning hamda oraliq metallarning (Fe, Cr, Co, Ni, Pd, Pt)organik birikmalari ko‘plab olingan bo‘lib, quyida katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan metallarning organik birikmalari bilan tanishamiz.
Magniy-organik birikmalar.
Magniy - organik birikmalar galoid alkillarning suvsizlantirilgan (absolut) efirdagi eritmasiga magniy metali ta’sir ettirib olinadi:

Bu reaksiyani birinchi bo‘lib 1861-yilda fransuz kimyogari F. Grinyar ochgan, shu sababli uni Grinyar reaksiyasi deb atalib, hosil qilingan magniy-organik birikmani Grinyar reaktivi deb ataladi. Grinyar reaktivi eritmasida aralash va sof magniy-organik birikmalar muvozanat holatda bo‘lib, bu muvozanat reaksiyaning tabiatiga qarab u yoki bu tomonga siljigan bo‘ladi:

Odatda, Grinyar reaktivi bilan olib boriladigan reaksiyalarda Grinyar reaktivi aralash R—MgX ko‘rinishda yoziladi, chunki bu shakl reaktivda ko‘p miqdorda bo‘ladi.
Grinyar reaktivi ko‘pgina moddalarni sintez qilishda foydalaniladi. Odatda, hosil qilingan magniy-organik birikma efirdan ajratib o‘tirilmaydi, chunki uning reaksiyaga kirishish xususiyatiga efirning ta’siri bo‘lmaydi.
Tarkibida harakatchan vodorod bo‘lgan moddalar (spirtlar, suv, aminlar va hokazo) magniy-organik birikmalar bilan o‘rin almashinish reaksiyasiga kirishadi va reaksiya natijasida alkanlar hosil bo‘ladi:



Agar reaksiyada CH3MgJ dan foydalanilsa, metan gazi hosil bo‘ladi. Reaksiya natijasida ajralib chiqqan metanning hajmini o‘lchab, tekshirilayotgan modda tarkibidagi faol vodorodni miqdoriy jihatdan aniqlash mumkin (Chugayev — Serevitinov usuli).


Magniy-organik birikmalari (Grinyar reaktivi) qutblangan qo‘sh va uch bog‘li birikmalar bilan oson birikish reaksiyasiga kirishadi:

Grinyar reaktivining etilen oksidi, uglerod (IV)-oksidi, nitril, aldegid va ketonlar bilan reaksiyalari organik sintezda keng ishlatiladi. Bu reaktiv yordamida turli tuzilishga ega bo‘lgan karbon kislotalar, birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlarni sintez qilish mumkin.
O‘simlik bargining yashil pigmenti — xlorofill molekulasida pirrol halqasi saqlagan murakkab porfinning magniyli kompleks birikmasi hisoblanadi. Xlorofill o‘simlik hayotida muhim biologik ahamiyatga ega bo‘lib, u o‘simliklarda boradigan fotosintez jarayonida ishtirok etadi.

Download 104.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling