Annotatsiya Ushbu kurs ishida organic kimyoning kichik bo’limi metallorganik birikmalar haqida bayon etilgan. Xususan, metallorganik birikmalarning turlari ishlatilish sohalari haqida tushunchalar


Download 104.32 Kb.
bet4/5
Sana04.02.2023
Hajmi104.32 Kb.
#1159983
1   2   3   4   5
Bog'liq
metallorganik birikmalar

Kremniyli organik birikmalar
Davriy sistemada kremniy bilan uglerod bitta gruppada joylashgan bo‘lsa ham, ularning birikmalari orasida farq mavjud. Bu, ayniqsa kremniyning organik hosilalariga tegishlidir.
Silanlar — SiH4, Si2H6 kremniyning vodorod bilan hosil qilgan birikmalari bo‘lib, ular tuzilishiga ko‘ra alkanlarga o‘xshash, ammo xossalari jihatidan ulardan farq qiladi. Silanlarda Si—Si bog‘i mustahkam emasligi tufayli, alkanlar kabi silanlarning soni ko‘p emas.
Silanlar SiO2 bilan magniy metalidan hosil bo‘lgan qotishmani kislota bilan parchalab olinadi:
4Mg + SiO2  2MgO + SiMg2
SiMg2 + 4HCl  SiH4 + 2MgCl2
Uglevodorodlardan farqli o‘laroq silanlar turg‘un bo‘lmay suv ta’sirida oson parchalanadi:
SiH4 + 2H2O  SiO2 + 4H2
Galogenlar ta’sir ettirilganda silanlar, metan kabi o‘rin olish reaksiyasiga kirishadi:
SiH4 + Cl2  Cl SiH Cl HCl
SiH Cl SiH Cl HCl
Alkilsilanlar va ularning galogenli hosilalari ancha barqaror.
Sanoatda bunday birikmalarni olish uchun 300°—350°C da kremniy va mis aralashmasidan o‘tkaziladi:
III. XULOSA
Ta’limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik talab o‘quvchining dasturiy bilim, tasavvur va ko‘nikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlashga, o‘quv faniga qiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulot mobaynida ularning faolligini oshirishdan iboratdir.
Jahon pedagogik tajribasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarining o‘quvchilarni fanlarga qiziqtirishga, ularning mustaqil ishlashda faolliklarini oshirishga imkoniyati cheksiz ekanligini tasdiqlamoqda.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar (innovasion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi.
Kurs ishininng asosiy qismida:

  • Kimyo fanining mazmuni, vazifalari va eng muhim qonunlari

  • Mol-modda miqdori haqida tushunchalar

  • Mol-modda miqdoriga doir masalalar ishlash

  • Kimyoviy ekvivalentlikka oid hisoblashlar olib borish metodikasidan

foydalanib dars o‘tishi bayon etib berildi. Bu orqali o‘quvchilarda kimyo faniga bo‘lgan qiziqish ortishi, kimyoning eng qiyin mavzularidan bo‘lmish “Mol-modda miqdori, Ekvivalentlik” mavzusi tushinarli va soddaroq qilib yotirib berildi. Dars davomida o‘qitishning samaradorligi oshirildi.

Download 104.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling