Annotatsiya Ushbu kurs ishida organic kimyoning kichik bo’limi metallorganik birikmalar haqida bayon etilgan. Xususan, metallorganik birikmalarning turlari ishlatilish sohalari haqida tushunchalar


Download 104.32 Kb.
bet3/5
Sana04.02.2023
Hajmi104.32 Kb.
#1159983
1   2   3   4   5
Bog'liq
metallorganik birikmalar

Aluminiy-organik birikmalar. Davriy sistemasining III gruppa elementlari ichida aluminiyning organik birikmalari muhim ahamiyatga ega. Aluminiy-organik birikmalar litiy yoki magniyorganik
birikmalar asosida olinadi:
R - Li + AlCl3 = R3Al + 3LiCl
Nemis olimi K. Siglerning ishlari aluminiy-organik birikmalar kimyosida yangilik bo‘ldi. K. Sigler (1955) vodorod ishtirokida alkenlarga aluminiy ta’sir ettirib (3—20 MPa, 60—100°S da) trietil aluminiyni sintez qildi:
3CH2 = CH2 + Al + 1,5H2 ==== (C2H5)3- Al
Bu reaksiya natijasida olingan Al(C2H5)3 stereoregular polimerlanish reaksiyalari uchun eng arzon va muhim kompleks katalizatorlaridan biri hisoblanadi.
Oraliq metallar (Ti, Cr, Mn, Fe, Co, Ni, Pd, Pt) ning σ—σ bog‘lanishli (Me—C1) organik birikmalari juda beqaror bo‘lib, ular tezda ozod uglevodorod radikallariga parchalanib ketadi.
Lekin oraliq metallar bir qator organik moddalar, ionlar va radikallar bilan barqaror birikmalar hosil qiladiki, bularning tuzilishini odatdagi valentlik nazariyasi asosida tushuntirib bo‘lmaydi. Bunday birikmalarga π-kompleks deyiladi. π-komplekslarda turli oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan metall elektroakseptor, organik molekula, ion yoki radikallar esa elektrodonor hisoblanadi va ularni ligandlar deyiladi. Uglerod (II) oksidi, alkinlar, allil va siklopentadiyenil radikallari hamda tropiliy kationlari ligandlar bo‘lishi mumkin.
Birinchi bo‘lib platina Pt(II) ning π-kompleksi 1827-yilda V. Seyze tomonidan olingan:

PdCl2 ning etilen bilan suvsiz muhitda dimerli π-kompleksi hosil qilingan:
2PdCl2 + CH = CH  (C2H4PdCl2)2
π-komplekslarning tuzilishlari rentgen struktur tahlili usuli bo‘yicha to‘liq o‘rganilgan. Sanoatda sirka aldegidini olinishi, etilenning PdCl2 bilan π-kompleks hosil qilish orqali sodir bo‘ladi.



Download 104.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling