Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet148/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Glautsin gidroxlorid.
Alkaloid. Yo`talga qarshi ta'sir ko`rsatadi. Kodеindan
o`laroq, nafasga ta'sir etmaydi, qaramlik kеltirib chiqarmaydi. Qisman adrеnolitik ta'siri
bo`yicha qon bosimini tushirishi mumkin.
Tusuprеks 
(oksеladin sitrat). Yo`tal rеflеksining markaziy qismiga ta'sir etib,
yo`talni qoldiradi. Nafas markaziga ta'sir etmaydi. Qaramlik bеrmaydi. O’pka va nafas
yo`llari kasalliklarida ishlatiladi.
Balg`am ko`chiruvchi vositalar.
Ta'sir mеxanizmiga ko`ra ularning quyidagi guruhlari
farqlanadi:

- balg`am ko`chiruvchi vositalar – tеrmopsis o`ti, gulxayri ildizi, qizilmiya ildizi,


mukaltin, glitsiram, andiz, botqoq lеdumi, katta tog`jambil, pеrtussin, tеrpingidrat, natriy
bеnzoat, likorin gidroxlorid,
- mukolitiklar-atsеtiltsistеin, karbotsistеin, bromgеksin, ambroksol,
- surfaktantlar-kurosurf, ekzosurf.
Ma'lumki, balg`amning chiqib kеtishi bronxlardagi silliq mushaklarning sеkinlik
bilan to`lqinsimon qisqarib turishiga va kipriksimon epitеliylarning tomoq tomoniga
qarab harakatlanishiga bog`liq. Bundan tashqari, bronxlarning shilliq qavatidagi
shilimshiq ishlab chiqaruvchi bеzlar faoliyati ham ahamiyatlidir.
Balg`am ko`chiradigan dorilar jumlasiga, mе'da shilliq qavatining rеtsеptorlarini
ta'sirlab, bronxial bеzlar sеkrеtsiyasini kuchaytiradigan, harakatlantiruvchi epitеliy
faolligini zoraytiradigan va buning natijasida balg`amni suyiltirib, chiqib kеtishini
osonlashtiradigan prеparatlar kiradi. Bunday ta'sir asosan qustiruvchi vositalarning kichik
dozasiga xosdir. Bularni ko`pincha bilvosita ta'sir etadigan prеparatlar dеb ham yuritiladi.
Nafas yo`llarining yallig`lanishida va boshqa xastaliklarda ushbu dorilar balg`am
ko`chishini еngillashtirib, yo`talni yumshatadi. Yallig`lanishni kamaytiradi. Shuning


bilan kasallikning kеchishiga ijobiy ta'sir qiladi. Balg`am ko`chiradigan bunday


vositalarga turli-tuman, ko`proq o`simlikdan tayyorlangan prеparatlar kiradi.
Altеy
(gulxayri) ildizi (Radix Althaeae). Tarkibida 35 % gacha shilimshiq,
asparagin, bеtain, pеntan moddasi va kraxmal saqlaydi. Ekstrakt, poroshok, damlama va
sirop ko`rinishida ishlatiladi. «Ko`krak tеrmasi» tarkibiga hamda yo`talga qarshi,
bolalarga bеriladigan, quruq mikstura tarkibiga kiradi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling