Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet35/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

ANTIBIOTIKLAR.
Ximyoterapevtik moddalar deganda miroorganizmlar ishlab chiqaradigan yoki
boshqa tabiiy manbalardan olingan moddalar, shuningdek ularning organizmida kasallik
qo’zg’atuvchilarni yo’qotadigan va xavfli o’smalar rivojlanishini to’xtatadigan sintetik
analoglari tushuniladi.
Penitsillinlar turiga mansub yashil mog’orning shifobaxsh xossalari qadimdan
ma’lum. 1872-yilda rus dermatologiyasining asoschisi A.G.Polotebnov va atoqli rus
terapevti V.A.Manassein uni teri kasalliklarini , jumladan zaxm yaralarini davolashda
muvaffaqiyat bilan qo’llanishgan. Ular mog’ordan xirurgiyada ham foydalanish
imkoniyati borligini aytib o’tishgan.


1929-yilda ingliz mikrobiologi Fleming penitsillinni kashf etgan. Antibiotic


xossalarini fleming tadqiq qilgan mog’orning nomi
Penicillium notatum 
edi. Shuning
uchun undan ajratib olingan moddaga Fleming penitsillin degan nom bergan . Odam
organizmiga kiritishga yaroqli , tozalangan penitsillin prepartini olish oson ish bo’lmadi.
Tozalangandan keyin penitsillin parchalanib ketar edi.13yil o’tgandan keyingina , 1942-
yilda klinitist Flori va ximik Cheyn chidamli, qo’llanishga yaraydigan penitsillin olishga
muvaffaq bo’ldilar. 1945-yilda Fleming, CHeyn va Flori Nobel mukofotiga sazovor
bo’ldilar.
Antibiotiklar organizmda bakteritid yoki bakteriostatik ta’sirini yuzaga chiqaradi.
Antibiotiklarning ta’sir mexanizmi har turlidir. Ularning biri sotoplazmatik membrane
o’tkazuvchaligini buzsa, boshqalari mikroorganizmning devor hujayralarining sintez
qilishiga to’sqinlik qiladi.
PENITSILLINLAR.
Bu gruppaga mog’or zamburug’ penitsillin (
Penicillinum notatum, Penicillinum 
chrysogenum
) ning har xil turlari ishlab chiqaradigan tabiiy holda olinadigan antibiotiklar
, ularning biosintez yo’li bilan olinadigan biologic analoglari va yarimsintetik
penitsillinlar kiradi.
Penitsillin bilan davolashda ko’p vujudga keladigan asoratlarga allergic reaksiyalar
: toshmalar, eshakem, burun, lab, qovoqlardagi shish kon’yuktivitlar, rinitlar , harorat
ko’tarilishi, bo’g’imlardagi shish va og’riqlar kiradi. Og’ir hollarda o’lim bilan tugash
xavfi bo’lgan anafilaktik shok rivojlanadi. Bu reaksiyalarni tez va o’z vaqtida oldini olish
va bartaraf qilish kerak. Penitsillin kiritishdan oldin bemordan ilgari penitsillin yoki
boshqa antibiotiklar yuborilganda qanday qo’shimcha hodisalar paydo bo’lganini , unda
boshqa dori moddalarigaoshgan sezuvchanlik bo’lganmi-yo’qligini aniqlab olinadi.
Anafilaktik shok rivojlanganda adrenalin, dimedrol, glyukokortikoidlar, kalsiy
xlorid, yurak vositalari, kislorod, penitsillinaza kiritiladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling