Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet69/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Bigumal 
(Bigumalum). В ro‘yxatida. Kukun va tabletkalarda kattalarga 0,1 g dan
va bolalarga 0,05 g dan chiqariladi.
Bezgakning hamma shakllarida qo‘llaniladi, ayniqsa uning tropik shaklida
effektiv. Bezgak plazmodiysining jinssiz shakllariga hamda jinsiy shakllariga ta’sir
qiladi. Effektning asta-sekin sodir bo‘lishi bilan farq qiladi, unga bezgak
plazmodiylarnning barqarorligi tez rivojlanadi.
Ichishga 0,3 g dan sxemaga binoan tayinlanadi. Og‘ir hollarda 15 ml 1% li
eritmasi (0,9 % li natriy xlorid eritmasida) venaga asta-sekin yuboriladi.
Kam toksinli, me’da-ichak yo‘llarida oson so‘riladi, jigarda yig‘iladi, buyrak
orqali chiqariladi. Uzoq qo‘llanilganda ishtaha yo‘qolishiga olib keladi.




Xingamin 
(Xhingaminum). Sin.: Xloroxin. Delagil. В ro‘yxatida. Kukun va
tablctkalarda 0,25 ml dan va ampulalarda 5 ml dan 5% li eritmasi chiqariladi.
Bezgakni davolash va profilaktika qilish uchun qo‘llaniladi. Asosan shizontlarga
ta’sir qiladi. Bezgakning hamma shakllarida samarali. Bundan tashqari, revmatoid
poliartrit, qizil volchankaga davo qilishda ishlatiladi.
Uzoq qo‘llanilganda bosh og‘rig‘i, quloqda shovqin, ko‘ngil aynishi, shox parda
va to‘rsimon parda tomonidan asoratlar kuzatiladi.
Ishlatib bo‘lmaydigan hollar: Yurakning og‘ir zararlanishi, buyrak va jigar
kasalliklari.
Xinotsid (Chinocidum). В ro‘yxatida. Qobiq bilan o‘ralgan tabietkalarda 0,005 va
0,01 g dan chiqariladi.
Bezgak plazmodiysining to‘qima shakllariga ta’sir qiladi. uch kunlik va to‘rt
kunlik bezgak qaytalanishining oldini oladi.
Ovqatdan key in ichishga 0,03 g dan 1-2 qabulga 10 kun mobaynida yoki
0,02 g dan 2 hafla mobaynida tayinlanadi.
Xinotsidni bezgakka qarshi boshqa vositalar bilan bir vaqtda tayinlash mumkin
emas, chunki xinotsid ularning toksinligini kuchaytiradi.
Qo‘shimcha hodisalar: bosh og‘rigi, ko‘ngil aynishi, isitma, buyrak va qovuqning
ta’sirlanishi. Preparat bckor qilingandan so‘ng bu hodisalar o‘tib ketadi.
Ishlatib bo‘lmaydigan hollar: qon yaratish organlari, buyraklarning kasalliklari,
stenokardiya.
Bezgakni davolash uchun akrixin (Acrichinum) tabietkalarda 0,1 g dan kuniga 3
marta sxema bo‘yicha va primaxin (Primachinum) qo‘llaniladi, bu shizontlarni halokatga
uchratadi, biroq toksinli xossasi borligidan unchalik ko‘p qo‘llanilmaydi. Ilgari bezgakka
davo qilish uchun xinin keng qo‘llanilgan.
Xloridin (Chloridinum).Sin: Daraprim, Tindurin. В ro‘yxatida. 10 donadan 0,01 g
li tabletkalar holida chiqariladi.
Bezgak (xingamin yoki delagil va sulfanilamidlar bilan birga), toksoplazmozda
(sulfadimezin bilan birga) qo‘llanadi.
Ichiladi. Bezgakka davo qilish uchun katta yoshli odamlarga 3 kun davomida
kuniga 0,03 g dan berib turiladi(2-3 ga bo‘lib). Ximioprofilaktika uchun epidemik davr
davomida 0,025 g dan haftasiga bir marta beriladi.
Bolalarga ularning yoshiga qarab kichikroq dozalarda ishlatiladi.
Qo‘shimcha hodisalar: bosh og‘rishi, bosh aylanishi, yurak sohasining og‘rib
turishi, dispeptik hodisalar, anemiya, leykopeniya.
Ishlatib bo‘lmaydigan hollar: qon yaratish organlari va buyrak kasalliklari.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling