Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet5/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Yordamchi adabiyotlar ro’yxati 
1.
Sayfuddin Faxriddin o’g’li “Dorishunoslik farmokologiya va klinik
farmokologiya asoslari”. Toshkent. 2006 yil
2.
Sayfuddin Faxriddin o’g’li “Umumiy retseptura”. Toshkent 2006 yil
3.
“Spravochnik Vidal” Toshkent. 2008.
4.
“O’zbekiston respublikasi dori vositalari va tobbiyot buyumlarining Davlar
Reestri” Toshkent.2004
5.
“Hammabop tibbiyot qo’llanmasi” Toshkent, 2006 yil
6.
“Hamshira jurnali”
7.
“O’zbekiston tibbiyoti jurnali”
Qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati 
1.
“Bemorlarni uyda va shifoxonada parvarish qilish”. Toshkent, Ibn Sino 2003yil
2.
Елинов Н.П. «Рецептура для медицинских сестер и фельдшеров». Toshkent.
Ibn Sino, 1990 yil
Internet saytlari: 
www.histolchuvashia.com
www.ziyo.net
www.google.ru




MAVZU: UMUMIY RETSEPTURA. RETSEPT VA UNING TUZILISHI. 
RETSEPT BLANKALARI VA ULARNGING TUZILISHI . DORI SHAKLLARI 
VA ULARNGING GURUHLARI
.
DORI MODDALARINI IZLAB TOPISH 
YO’LLARI. 
Reja: 
1.
Umumiy retseptura
2.
Retsept blankalari va ularning tuzilishi
3.
Dori shakllari haqida umumiy ma`lumot
4.
Dori moddalarini izlab topish yo`llari.
Tayanch iboralar 
Retseptura
- dorinoma .
Retsepe
-ol.
D. t.d N
-shunday dozalarda ko’satilgancha ber.
Individual
- alohida yakka.
Umumiy
retseptura-dorilarni
yozib
berish
qoidalarini
boyon
etuvchi
dorishunoslikning bir bo’limi. Retsept [dorinoma] – vrach yoki tibbiyot hamshirasining
alohida shaxs uchun dorilarni tayorlash tarqatish xusisida tayorlash farmatsevtga qilingan
yozma murojaatdir. Dorinoma yuridik xujjat bo’lib hisoblanadi. Noto’g’ri yozgan
dorinoma uch kishi bemor, shifokor, farmatsevtlarning fojiasiga sabab bo’lishi mumkin.
Retsept- blankalarda quyidagi formalar bo’yich yozib beriladi. FormaN1- katta odamlar
va bolalarga to’liq qimmati bo’yicha dori berish uchun.
Forma N2- yoshiga to’lmagan Ulug’ vatan urushi invalidlariga va ayrim
kategoriyadagi bolalarga20/haq to’lash uchun
Forma N3- Ulug’ vatan, Afg’on urushi qatnashchilari uchun 50/ qiymati bo’yicha
yozib berilgan turi.
Forma N4- Norkotik dori vositalarini olish uchun [pushti rangli blanka ]
retseptlarini siyoh yoki sharikli ruchka bilan aniq va ravshan qilib yozish kerak,
retseptlarning tuzatib yozilgan joyi bo’lishi mumkin emas. Bemorga retsept yozib bergan
shifakor uni tasdiqlashi va shaxsiy [pechatini] qo’yishi kerak. Retseptura blankalarito’g’ri
to’rtburchakli shaklga ega bo’libN1-3formalar uchun kattaligi 10-14,5 sm; Norkotik va
unga tenglashtirilgan dori vositalari 7,5-12 sm kattalikka ega bo’lgan pushti rangli
blankalarda yozib beriladi [forma n4 ]
Retsept quyidagi qismlardan iborat;
1. Dovolash-profilaktika muassasasining shtampi. Unda uning adresi va telefon
nomeri ko’rsatiladi. A] Bemorning familiyasi , ismi, otasining ismi, manzilgohi, [18-
yoshgacha vayuqori yoshlar ko’rsatiladi] B] sana, yil, oy, kun. V] Shifokorning
familiyasi, ismi, otasining ismi, hamda manzilgohi.
2. Murojaat Resepe [Rp] –ol. Rp- qismida dorilarni yozish boshlanadi. Har bir dori
moddasining nomi lotin tilida, qaratgichkelishigida, bosh harf bilan yangi satrdan
yoziladi. Agar yozuv bir qatorga sig’masa, bu holda uni keyingi qatorning o’rtasidan
davom ettiriladi. Dori modda nomidan keyin uning miqdori ko’rsatiladi. Suyuq dorilar ml
hisobida yoki tomcgilarda boshqalari grammlarda yoki gramning ulushlari hisobida
belgilanadi.
Agar ikkita yoki bir nechta dori moddalari bir xil miqdorda yozib beriladigan
bo’sa unda oxirgi dori nomidan keyin ,,ana’’ [qisq. Aa] so’zi qo’yilib bu borabor degan
ma’noni bildiradi. Zaharli va kuchli ta’sir ko’rsatuvchi dori moddalari dozalari kicgik


qavs ichida raqamli belgi yonida ko’rsatilishi va undov belgisi qo’yilishi kerak. M-n ; 0,2


[ikki detsigramm].
Retseptdagi dori moddalari ro’yxati ma’lum tartibda; boshidazaxarli va kuchli
ta’sir ko’rsatuvchilar
Keyin oddiy dorilar yoziladi.
1.
Dori moddalarining belgilari soni va ular bilan bog’liq texnologik operatsiyalar
lotin tilida beriladi ;
Misce ut fiat pulvis – poroshok hosil bo’lishi uchun aralashtir.
Da talea doses N[numero] – shunday dozalarda ko’rsatilgancha ber.
Da….in vitro negro- tog’ rangli shishada ber
2. Signatura [belgilash]- S-dorini ishlatishusuli-mahalliy tilda yoziladi.
3. Retsept blankasining pastiga shifakor imzosi qo’yilib shaxsiy muhri bosiladi.
4. Retseptning o’z kuchini saqlash muddati [10-kungacha, 2oygacha-o’z kuchini
saqlaydi, norkotik dorilar uchun –5kun ]
Dorini shoshilinch ravishda berib yuborish uchun retseptura blankasining yuqori
qismida ,,sito’’-[tez] yoki statum- [darhol] –belgisi qo’yiladi.
Bitta dorinoma blankasida[shakl N1 ] tarkibida zaharli modda bo’lgan bitta yoki
tarkibida oddiy yoki kuchsiz ta’sir etuvchi moddalar bo’lgan 2ta dorini yozish mumkin.
Tibbiyotda qo’llaniladigan shaklida bo’lib, ularga texnalogik ishlov berib, maxsus
shakl berib dorilar tayyorlanadi.
Dori shakllari deb – dorixonalarda yoki zovodlarda maxsus texnologiya
yordamida, bemorlarqabul qilishi qulay bo’lishi uchun dori moddalariga berilgan
ko’rinishga aytiladi.
Dori shakllari ishlatish usuli bo’yicha quyidagilarga bo’linadi;
1. Sirtga ishlatiladigan 2 Ichishga ishlatiladigan va in’ektsiyalar uchun
ishlatiladigan.
Dori shakllari o’zining fizik holati bo’yicha qattiq, suyuq, yumshoq va
gazsimonlarga bo’linadi.
Quyidagi dori shakllari tafovut etiladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling