Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet3/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Gippokrat
(480-372 yil yangi eragacha) – qadimgi yunon vrachi, ilmiy
tibbiyotning asoschilaridan biri, u tibbiyotga tegishli ma’lumotlarni otasi Geraklitdan
olgan. Uning asarlari g’arb va sharq vrachlari uchun qo’llanma hamda “Kitob-al-Fusul”
(Aforizmlar) va o’g’illari tomonidan uning vafotidan so’ng yozilgan. “Majmuai
Buqrotiya” nomli ko’plab risola va kitoblari O’rta Osiyo va Yaqin Sharqda keng
tarqalgan.
Klavdiy Galen
– (yangi earning 129-211- yillarida) mashhur Rim vrachi.U
anatom, fiziolog, farmakolog. Dori tayyorlash tehnalogiyasiga asos slogan. Uning usuli
bilan tayyorlangan preparatlar, “Galen preparatlari” deb atalgan.
Abu Ali ibn Sino 
(980-1037) Buxoro viloyatining Afshona qishlog’ida tavallud
topgan. Tabiatshunos, faylasuf, huquqshunos, astronom, matematik, musiqashunos,
filolog, yozuvchi va shoir. 16-17 yoshlaridayoq mashhur tabib hakim bo’lib taniladi. U
dorivor vositalarni tartibga solib, ularni qo’llash yo’llarini ko’rsatib bergan. Allomaning
tibbiyot ilmiga mansub asarlaridan eng muhimi “Tib qonunlaridir”. Ushbu asar 5
mustaqil kitobdan iborat bo’lib, 2 va 5 kitoblari farmakologiyaga oid ma’lumotlarni o’z
ichiga oladi.
Abu Rayhon al-Beruniy- 
(973-1048y) Xorazm viloyatining Qiyot shahrida tavallud
topgan. Biz uchun uning “Kitob as-Saydana” (Farmakognoziya) asari alohida
ahamiyatlidir. Kitobda 750 dorivor o’simlik, 101 hayvon tanasidan olingan moddalar,
107 mineral moddalar haqida ta’limotlar berilgan.
Paratsels 
(1493-1541). U birinchi bo’lib “Faqat dozagina dorini sahar, yo dori
qilishi mumkin ”- degan tushunchani o’rtaga tashladi. Rossiyada farmakologiya fanining
rivojlanishi ancha boy tarixga ega. 1581 yili Moskvada birinchi dorixona ochilgan.
Dorivor ekinlar ekish va tayyorlash ishlariga Pyotr I katta ahamiyat bilan qaragan. Uning
buyrug’iga binoan Moskvada sakkiz dorixona ochilgan. 1783 yili birinchi davlat
farmakopeyasi lotin tilida chop etidi. Farmakologiya fanining rivojiga I.P.Pavlovning
qo’shgan hissasi beqiyosdir. U psixofarmakologiyaning asoschisidir. Uning rahbarligida
brom va kofeinning oily nerv faoliyatiga ta’siri o’rganilgan.
Farmakologiya fanida yorqin iz qoldirgan shaxslardan biri N.P. Kravkovdir.
Kravkov a’zolarni tanadan ajratib olib ularga dori moddalarining ta’sir etishini
o’rgandi.
Uning “Osnovi farmakologii” ( Farmakologiya asoslari) kitobi 14 marta chop
etilgan. U katta farmakologlar maktabini yaratdi va rus farmakologlarning otasi
hisoblanadi. N.P. kvarkov tomonidan ingalyatsion va noingalyatsion narkotik moddalarni
birgalikda qo’llash va ko’k tomirga qo’llash mumkin bo’lgan moddalar amaliyotiga
tavsiya etildi. Ilg’or rus klinistist vrachlari XIX – asrda farmakologiya va farmatsiyaning
rivojlanishiga katta hissa qo’shdi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling