MAVZU: QATTIQ DORI SHAKLLARI:
Tabletka, draje, kukunlar, kapsulalar. Ularga retsept yozish qoidalari.
Reja:
1.
Qattiq dori shaklari haqida umumiy ma`lumot.
2.
Tabletka, draje, kukunlar, kapsulalarga retsept yozish qoidalari
3.
Qattiq dori shakllarining qulayligi.
4.
Tabletkalarning nojo’ya ta’siri.
Tayanch so’ va iboralar.
Tabletka
- Tugmachasimon dori shakli.
Draje
-mayda dumaloq shaklli dori.
Kapsula
-g`ilofchalar.
Piliula
- yumaloq shakildag
hab dori
Tabletkalar kukuni alohida-alohida miqdorlarga bo`linib taxtkachlash yo`li bilan
hosil qilinadi. Ular tugmachasimon yoki tuxumsimon shaklda bo`lishi
mumkin va
yuzalari yassi yoki ikki tomonlama qavariq bo`ladi. Tabletkalar dori moddalari va
yordamchi moddalar-dan iborat bo`ladi. Yordamchi moddalar sifatida sut qandi. ohar,
natriy
gidrokarbonat, natriy xlorid,
kalsiy fosfat, atsetilselyuloza,
jelatina va boshqa
moddalar qo`llanishi mumkin bo`lib, ularning og`irligi, odatda preparatning 20% idan
oshmaydi.
Tabletkalar farmakologiyada ko`rsatilgan bir qator talablarga javob berishlari
kerak; ular to`g`ri shaklda bo`lishlari, yuzalari bir xil rangli, tekis va yaltiroq bo`lishlari,
b ir xil konsistensiyadagi massadan iborat va pishiq tuzilgan bo`lishlari, aniq og`irlik-da
bo`lishlari lozim (0,1 dan - 1,0 gacha).
Tabletkalar nechta dori moddasidan iborat ekanligiga qarab (kukunlar kabi) oddiy
va murakkab turlarga bo`linishadi. Ba`zi paytlarda tabletkalar bug`doy uni, dekstrin,
kraxmal,
sut qandi, oziq-ovqat shakllari va boshqalar bilan o`ralgan bo`lishadi.
Tabletkalar zavodlardan ko`p miqdorda yaxshi yopiladigan qutilarda 6,10 yoki 12 tadan
chiqariladi. Ular quruq, tapab qilingan bo`lsa qorong`i joyda saqlanishlari kerak. Bir yil
saqlangan tabletkalar tekis chetlari,
yaltiroq yuzalarini saqlab, ulardan dog`lar paydo
bo`lmasligi kerak. Ularni 50 ml 37+2°S li suvda solib qo`yganda 15 daqiqada (o`ralgan
tabletkalar 30 daqiqada) erib ketishlari kerak. Ichaklarda erishi kerak bo`lgan tabletkalar
pepsin eritmasida (pepsin 3,0, N S! 6 ml suv 1 litrgacha) 2 soatda erib ketmasliklari, lekin
suv bilan yuvilgandan keyin pankreatin eritmasida 1 soat davomida erib ketishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: