Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet68/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Fеnasal 
(Phenasalum). 1-2 g dan poroshok holida chiqariladi. Buyurilishi: 2 g dan
kuniga 1 marta ichiladi. Bolalarga yoshiga qarab bеriladi.
Erkak paporotnigining quyuq ekstrakti (Extractum Filicis maris spissum). 0, 5 g dan
kapsulada chiqariladi. Buyurilishi: bеmor 2 kun tayyorlangandan kеyin, kun davomida 4-
7 g (tеniozda va difillabatriozda) yoki 20-30 daqiqada 1, 2-5 g (gеminolеpidozda)
ichiladi.
Ditrazin sitrat (Ditrazini citras). 1-mеtil-4-dietilkarbomiolpipеrazin sitrat. 0, 1 g dan
tablеtka holida chiqariladi. Buyurilishi: 1kеcha-kunduzda 2 mg/kg dan 3 marta 10 kun
davomida ichish uchun buyuriladi.
Xloksil (Chloxylum). Gеksaxlor-para-ksilol. Poroshok. Buyurilishi: har 10 daqiqada
2 g dan kuniga 5-10 g 2-5 kun davomida ichiladi.
Antimonil-natriy tartrat (vinosurmyano natriyli tuzi) (Stibio-Natrium tartaricum).
Poroshok. Buyurilishi: 0, 001-0, 0012 g/kg dan (1 % eritma) vеnaga yuboriladi.
Bezgakka qarshi vositalar. 
Bezgak- bir hujayrali parazit, bezgak plazmodiysi qo‘zg‘atadigan infcksion
kasallikdir.
Plazmodiy murakkab rivojlanish siklidan o‘tadi: chivin tanasida jinsiv va odam
tanasida jinssiz sikl. Chivin chaqqanda odam qoniga chivin tanasidagi jinsiy rivojlanish
sikli natijasida hosil bo‘ladigan sporozoitlar tushadi. Ular odam retikuloendotelial
sistemasiga va qoniga tushib, jadal ko‘paya boshlaydi va jinssiz shakllar - shizontlar hosil
qiladi. Shizontlar eritrotsitlarga kiradi, bu ycrda ularning ko‘p sonli bo‘linishi sodir
bo‘Iadi. Sunday bo‘linish natijasida eritrotsitar merozoitlar hosil bo‘Iadi. Ular yana
eritrotsitlarga kirib, shizogoniya siklini takrorlaydi. Erilrotsitlarning parchalanish va
merozoitlarning qonga chiqish momcnti isitma xuruji bilan vuzaga chiqadi. Bunda ahvol
shu qadar mushkul bo‘lishi mumkinki, u letal natija bilan tugashi ehtimol. Eritrotsit
merozoitlarning bir qismidan jinsiy hujayralar - gamontlar hosil bo‘Iadi. Ularning
urug‘lanish jarayoni faqat chivin tanasida ro‘y beradi, ular chivin so‘lagi bilan odam
qoniga tushadi va bezgak plazmodiysining yangi jinssiz rivojlanish siklini boshlab beradi.
Lsitmaning bir necha lurlari: uch kunlik. to‘rt kunlik va tropik isitmalar farq
qilinadi.
Bezgakka davo qilish uchun isitma xurujlarini to‘xtatishga va bu kasallik
qaytalanishining oldini olishga imkon beradigan ko‘p sonli dori moddalari taklif etilgan.
Bir xil dori moddalari jinssiz shakllariga tanlab ta’sir etadi, boshqalari jinsiy shakllariga
ta’sir qiladi. Odam organizmida bir vaqtning o‘zida bezgak plazmodiysining ikkala shakli
borligi tufayli bezgakka davo qilish uchun odatda ikkala gruppa preparatlari tayinlanadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling