Terining zamburug‘li inreksiyalarida (dermatomikozlar), sochiar (trixofitiya va
mikrosporiya), tirnoqlar zararlanganda (onixomikozlar), shuningdek teri, shilliq pardalar,
tirnoqlar, ichki organlarning achitqi zamburug‘lardan paydo bo‘ladigan kasalliklarida
qo‘llaniladigan dori moddalardir. Bu moddalarga nistatin
va grizeofulvin antibiotiklari,
shuningdek sintetik preparat nitrofungin kiradi.
Nistatin
(Nystatinum). В ro‘yxatida. Draje (tabletkalar) ko‘rinishida 250000 va
500000 TBdan, shuningdek 1 gda 100000 ТВ saqlaydigan malham ko‘rinishida
chiqariladi.
Kandida turidagi achitqisimon zamburug‘larga halokatli la’sir ko‘rsatadi.
Bakteriyalar xususida aktivligi yuzaga chiqmaydi.
Shilliq pardalari, leri, ichki organlar
kandidamikoziga davo qilishda, shuningdek
antibiotiklar bilan davolashda (ayniqsa tetratsiklinlar gruppasidagi) kandidamikozning
oldini olish uchun qo‘llaniladi.
Ichishga 1 tabletkadan (500000 ТВ) kuniga 3-4 marta yoki 250000 TBdan kuniga
6-8 marta tayinlanadi. Suppozitoriylar kuniga 2 marta 10-14 kun mobaynida kiritiladi.
Kam toksinli. Ahyon-ahyonda
dispeptik buzilishlar, et junjikishi,
haroratning
ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bun day hollarda preparat miqdorini kamaytirish
tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: