Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan
Download 0.79 Mb.
|
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org
Bigumal
(Bigumalum). В ro‘yxatida. Kukun va tabletkalarda kattalarga 0,1 g dan va bolalarga 0,05 g dan chiqariladi. Bezgakning hamma shakllarida qo‘llaniladi, ayniqsa uning tropik shaklida effektiv. Bezgak plazmodiysining jinssiz shakllariga hamda jinsiy shakllariga ta’sir qiladi. Effektning asta-sekin sodir bo‘lishi bilan farq qiladi, unga bezgak plazmodiylarnning barqarorligi tez rivojlanadi. Ichishga 0,3 g dan sxemaga binoan tayinlanadi. Og‘ir hollarda 15 ml 1% li eritmasi (0,9 % li natriy xlorid eritmasida) venaga asta-sekin yuboriladi. Kam toksinli, me’da-ichak yo‘llarida oson so‘riladi, jigarda yig‘iladi, buyrak orqali chiqariladi. Uzoq qo‘llanilganda ishtaha yo‘qolishiga olib keladi. Xingamin (Xhingaminum). Sin.: Xloroxin. Delagil. В ro‘yxatida. Kukun va tablctkalarda 0,25 ml dan va ampulalarda 5 ml dan 5% li eritmasi chiqariladi. Bezgakni davolash va profilaktika qilish uchun qo‘llaniladi. Asosan shizontlarga ta’sir qiladi. Bezgakning hamma shakllarida samarali. Bundan tashqari, revmatoid poliartrit, qizil volchankaga davo qilishda ishlatiladi. Uzoq qo‘llanilganda bosh og‘rig‘i, quloqda shovqin, ko‘ngil aynishi, shox parda va to‘rsimon parda tomonidan asoratlar kuzatiladi. Ishlatib bo‘lmaydigan hollar: Yurakning og‘ir zararlanishi, buyrak va jigar kasalliklari. Xinotsid (Chinocidum). В ro‘yxatida. Qobiq bilan o‘ralgan tabietkalarda 0,005 va 0,01 g dan chiqariladi. Bezgak plazmodiysining to‘qima shakllariga ta’sir qiladi. uch kunlik va to‘rt kunlik bezgak qaytalanishining oldini oladi. Ovqatdan key in ichishga 0,03 g dan 1-2 qabulga 10 kun mobaynida yoki 0,02 g dan 2 hafla mobaynida tayinlanadi. Xinotsidni bezgakka qarshi boshqa vositalar bilan bir vaqtda tayinlash mumkin emas, chunki xinotsid ularning toksinligini kuchaytiradi. Qo‘shimcha hodisalar: bosh og‘rigi, ko‘ngil aynishi, isitma, buyrak va qovuqning ta’sirlanishi. Preparat bckor qilingandan so‘ng bu hodisalar o‘tib ketadi. Ishlatib bo‘lmaydigan hollar: qon yaratish organlari, buyraklarning kasalliklari, stenokardiya. Bezgakni davolash uchun akrixin (Acrichinum) tabietkalarda 0,1 g dan kuniga 3 marta sxema bo‘yicha va primaxin (Primachinum) qo‘llaniladi, bu shizontlarni halokatga uchratadi, biroq toksinli xossasi borligidan unchalik ko‘p qo‘llanilmaydi. Ilgari bezgakka davo qilish uchun xinin keng qo‘llanilgan. Xloridin (Chloridinum).Sin: Daraprim, Tindurin. В ro‘yxatida. 10 donadan 0,01 g li tabletkalar holida chiqariladi. Bezgak (xingamin yoki delagil va sulfanilamidlar bilan birga), toksoplazmozda (sulfadimezin bilan birga) qo‘llanadi. Ichiladi. Bezgakka davo qilish uchun katta yoshli odamlarga 3 kun davomida kuniga 0,03 g dan berib turiladi(2-3 ga bo‘lib). Ximioprofilaktika uchun epidemik davr davomida 0,025 g dan haftasiga bir marta beriladi. Bolalarga ularning yoshiga qarab kichikroq dozalarda ishlatiladi. Qo‘shimcha hodisalar: bosh og‘rishi, bosh aylanishi, yurak sohasining og‘rib turishi, dispeptik hodisalar, anemiya, leykopeniya. Ishlatib bo‘lmaydigan hollar: qon yaratish organlari va buyrak kasalliklari. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling