Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet77/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Anestezin 
(Anaeslhesinum). В ro‘yxatida. Kukun va tabletkalarda 0,3 g dan
chiqariladi. Suvda juda kam eriydi, biroq spirt va alifatnk moylarda oson eriydi. 5-10% li
malhamlar, moydagi va spirtdagi eritmalar shaklida kuyish, trofik yaralar va terining
boshqa shikastlarini davolash uchun sirtga ishlatish, kuniga 2-3 marta 0,2-0,3 g dan


me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida, me’da-ichak yo‘llarining spastik


holatlarida va qusishda ichish uchun, orqa chiqaruv yo‘li sohalarida, qichishish paydo
bo‘lganda, bavosilda, 0,05-0,1 g dan rektal qo‘llaniladi.
Lidokain 
(I.idocainum). В ro‘yxatida . 10 % li eritma 2 ml dan ampulalarda
chiqariladi. Ayniqsa miokard infarktining o‘tkir davridagi qorinchalar ckstrasistoliasi va
taxikardiya, shuningdek angishvonagul preparatlaridan zaharlanish tufayli paydo bo‘lgan
ekstrasistoliasi va taxikardiyalarda qo‘llaniladi.
Bu preparat faqat muskullar orasiga yuborib ishlatiladi.Umumiy dozasi 300 mg
dan ortmasligi kerak.
Ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan moneliklar: Jigar funksiyalarining o‘g‘ir darajada
izdan chiqqanligi.
Nojo‘ya ta’siri: Bosh o‘g‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik kuzatilishi mumkin.
Trimekain 
(Trimecainum). В ro‘yxatida. Kukun va eritmalarda: 0,25% li
konsentratsiyalari 10 ml dan ampulalarda, 0,5%-2,5 va 10 ml dan ampulalarda, 1% - 1 va
2 ml dan ampulalarda, 2%-5 va 10 ml dan ampulalarda, 5% li konsentratsiyalari 1 va 2
ml dan ampulalarda chiqariladi. Infiltratsion anesteziya uchun 0,125% - 0,25% va 0,5%
eritmalar holida o‘tkazuvchan anesteziya uchun 2% eritma holida qo‘llaniladi. Trimekain
eritmasiga adrenalin eritmasi qo‘shiladi.
Sovkain 
(Sovcainum). В ro‘yxatida. Kukunda, 0,5% va 1% li eritma holida
ampulalarda 1 ml dan chiqariladi. Novokainga nisbatan toksinligi kuchli. Uzoq muddat
ta’sir qilishi sovkainning katta afzalligi hisoblanadi. Shuning uchun uni asosan orqa miya
anesteziyasi uchun qo‘llaniladi.
Sovkain qon tomirlarni kengaytiradi. buning natijasida u arterial bosimni, hatto
kollapsgacha tushirib yuborishi mumkin. Bu xavfli asoratning oldini olish uchun sovkain
qo‘llanishdan oldin teri ostiga 5% li efedrin gidroxlorid erilmasidan 1 ml yuboriladi.
Orqa miya kanaliga bir martalik yuqori dozasi 0,01 g.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling