Burishtiruvchi vositalar primochka, chayish, sprinsevanie qilish, ichish (vismut
nilrat asosi) uchun tcri qoplamlari va shilliq pardalarning yallig‘lanish
protsesslarida
layinlanadi.
Tannin
(Tanninum). Ko‘pgina o‘simliklarda bo‘ladi. Qora yong‘oqlardan
(Xitoyda o‘sadigan kichik osiyo emanining o‘simtasidan) olinadi.
Kukunda chiqariladi. Kuchli burishtiradigan xossaga ega.
5-10% li spirtdagi, suvdagi yoki glitserynli
eritmalar holida kuyish, ekzemalar,
namlanib turadigan dermatitlarni davolash uchun sirtdan qo‘llaniladi. 1-2%
konsentratsiyadagi eritmalari yallig‘lanish protsesslarida og‘iz bo‘shlig‘ini chayish uchun
ishlatiladi. Me’da-ichak yo‘llarini rentgenologik tekshirishda 0,5-1%
li eritmalari
qo‘llaniladi. Tanninning 0,2-2% li suvdagi eritmalaridan simob tuzlari, strixnindan
zaharlanishda me’dani yuvish uchun foydalaniladi.
Ichishga tayinlanmaydi, chunki
qorinda og‘riq keltirib chiqaradi.
Tannindan
tashqari, eman po‘stlog‘i qaynatmasi, mavrak (shalfey)
barglari,
moychechak guli, chernika mevasi damlamalari yaxshi burishtiruvchi ta’sir ko‘rsaladi.
Rp.: Sol. Tannini 5 %-500 ml
D. S. Kuyishga davo qilish uchun.
Mavrak bargi
( Folium Salvia). 50 g dan o‘rog‘lik holda chiqariladi.
Og‘iz bo‘shlig‘i, tomoq, halqum va hiqildoq kasalliklarida damlama (10,0:200,0 )
ko‘rinishda chayish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: