himoya qiladi. Ular rezorbtiv ta’sir ko‘rsatmaydi. Zaharlanishlarda meteorizmda (ichakda
gazlar yig‘ilganda) 1 tabletkadan 3 tagacha kuniga 4 marta tayinlanadi.
Suspenziya holida 20-30 g dan alkaloidlar, og‘ir metallarning tuzlaridan
zaharlanishda qo‘llaniladi.
Rp.: Carbonis activati 0,5
D.t.d. N. 40 in tab.
S. 3 tabletkasi maydalab qo‘llanadi.
Karbolen
(Carbolenum). Aktivlangan ko‘mir tabletkalari va aktivlangan ‘"ko‘mir
"KM" tabletkalari.
Gazlar,
alkoloidlar, og‘ir metal tuzlari zaharlarni o‘ziga yutib olish,adsorblash
xossasiga ega. Dispepsiya, meteorizmda 1-3 tabletkadan kuniga 2-3 mahal ichiladi.
Oq gil
(Bolus alba). Kukun holida chiqariladi.
Ishlalilishi. Me’da-ichak kasalliklarida o‘rab oladigan
va adsorblaydigan dori
tariqasida (sanchiqlar mahalida,enterokolitlarda) ichiladi (10-100 g miqdorida); teri
kasalliklarida sepmalar,
pastalar, malham dorilar ko‘rinishida sittga ishlatiladi.
Ta’sirlantiruvchi moddalar.
Bevosita teriga va shilliq pardalarga ta’sirida sezuvchan nerv oxirlarini
qo‘zg‘atadigan dori moddalardir.
Ta’sirlantiruvchi moddalar (gorchichnik, tozalangan terpentin moyi, 40%
li etil
spirt) chalg‘ituvchi ta’sirni yuzaga chiqaradi. Terining sezuvchan retseptorlariga ta’sir
qilib ular terining shu uchastkasini bog‘lab innervatsiya qiladigan ichki organlar,
mushaklar, bo‘g‘imlarga shifobaxsh ta’sir ko‘rsatadi. Terapevtik ta’sirining mohiyati
shundan
iboratki, ichki organlar, mushaklar, bo‘g‘imlar, nervlarning yallig‘lanish
kasalliklarida ta’sirlantiruvchi moddalar og‘riq sezgilarini
kamaytiradi va zaharlangan
organning funksional holatini yaxshilaydi .
Mentol
(Menlholum) kukunda, 1% va 2% li moydagi va spirtdagi eritmalarda,
mentolli qalam ko‘rinishida chiqariladi. Sovuqni sezuvchi retseptorlarni ta’sirlash yo‘li
bilan reflektor ta’sir ko‘rsatadi. Uning ta’siri ostida ichki organlar va yurakning yuza
tomirlari reflektor ravishda kengayadi.
Burunga
tomiziladigan tomchilar, malhamlar, quyish uchun suyuk dori,
ingalyatsiyalar ko‘rinishida tayinlanadi.
4% li spirtdagi eritma va 1% li malham ko‘rinishida ishlatiladi.
Mushaklar,
bo‘gimlar,
nervlar
yallig‘langanda
mahalliy
qo‘llaniladi.
Ta’sirlantiruvchi
Stenokardiyada tayinlanadigan validol tarkibiga kiradi.
Rp.: Mentoli 0,1
Ol.Vaselini 10ml
M.D.S. 5 tomchidan burunga tomizish uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: