MAVZU: AFFЕRЕNT NЕRVLARGA TA'SIR ETUVCHI VOSITALAR
Reja:
1.
Anesteziya qiladigan (mahalliy anesteziya qiladigan) moddalar.
2.
Burishtiradigan moddalar.
3.
O’rab oladigan moddalar.
4.
Adsorbsiyalaydigan moddalar.
5.
Ta’sirlantiruvchi moddalar.
Tayanch iboralar
An
- inkor
Anesteziya
- sezmaslik
Infiltrosion
- Anestetik eritmani to’qimalarga qavat – qavat shimdirish
Burushtiruvchi moddalar
– Shilliq pardalarga tushirilgan zich
oqsil parda hosil
qiladigan moddalar.
O’rab oladigan moddalar
- Shilliq pardalarga tushurilganda parda hosil qilib,
sezuvchan nerv oxirlarini mexanik va ximiyaviy ta’sirotlardan himoya qiladi.
Adsorbsiyalaydigan moddalar
- Adsorbsiyalaydigan aktivligi yuqori bo’lgan moddalar.
Bu gruppaga reflektor yoyning afferent qismiga ta’sir qiladigan dorivor moddalar
kiradi. Afferent nervlar bo‘ylab markaziy nerv sistemasiga (orqa miya va bosh miyaga)
sezuvchan retseptorlardan ta’sirot uzatiladi. Retseptorlar terida, shilliq pardalarda, organ
va to‘qimalarda joylashgan. Qabul qilinadigan ta’sirot xarakteriga ko‘ra ular og‘riq,
temperaturaviy, taktil, tam bilish va boshqalarga bo‘linadi.
Sezuvchan nervlarning oxirlariga tan lab ta’sir ko‘rsatadigan dorivor moddalar
farmakoiogik ta’siri va terapevtik qo‘llanishiga ko‘ra farq qilinadi.
Ularning ayrimlari
(mahalliy anestetiklar) og‘riq ta’siroti va nerv impulslarining sezuvchan nervlar bo‘ylab
o‘tishini buzadi, boshqalari (o‘rab
oladigan, qotiradigan, adsorbilaydigan)
sezuvchan
nerv oxirlarini tashqi omillarning ta’siridan
himoya qiladi, uchinchilari (ich
suradigan,
ta’sirlantiradigan, qustiradigan va balg‘am ko‘chiradigan) nerv oxirlarini ta’sirlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: