Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari Kirish


Qorayish kasalligiga qarshi kurash choralari


Download 220 Kb.
bet16/18
Sana30.04.2023
Hajmi220 Kb.
#1407915
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari

Qorayish kasalligiga qarshi kurash choralari
Kasallikka qarshi kurash choralaridan biri o`simlik bitlari va anjir qondalasini yo`qotish. Daraxtlarni 1 foizli bordo suyuqligi bilan purkash lozim.
Xulosa
1. Yuqoridagilardan xulosa qilib, shuni aytish lozimki, har bir insonparvar jamiyatning maqsadi, shu jamiyat a`zolarining to`kis va farovon yashashini to`liq ta`minlashga qaratilgan bo`ladi.
O`zbekiston davlatining asosiy maqsadi aholini oziq-ovqatga, go`sht, sut mahsulotlariga, xo`l meva va undan tayyorlangan kampot, mayiz, quruq mevalar, o`simlik moyi kabi mahsulotlar bilan yanada yaxshiroq ta`minlashga qaratilgandir.
2. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mevachilikni kechkin darajada rivojlantirish uchun meva daraxtlarining hosilini oshirishimiz, mevazorlarni kengaytirishimiz, meva navlarini yazshilashimiz va mevachilik ishlarini mumkin qadar mashinalashtirishimiz lozim. Bu muhim vazifani yetarli darajada hal etish uchun mevali daraxt kasalliklari va unga qarshi kurash choralarini ilmiy asosida ishlab chiqishni to`g`ri yo`lga qo`yishni taqozo etadi.
Ana shu kasalliklarning oldini olish va unga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqish asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda fermer xujaliklarda yetakchi mutaxassislari oldida turgan eng muhim vazifalardan biri zamonaviy agrotexnika fani yangiliklarini va ilg`or tajribalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish mevali daraxtlarda uchraydigan zamburug` kasalliklarini yaxshi o`rganish va ularga qarshi kurashish ilmiy asoslangan tavsiyanomalarda ko`rsatilganidek tashkil etishdan iboratdir.
3. Biz anor va anjir o`simligida uchraydigan zamburug` kasalliklarini o`rganish uchun Mirishkor tumani xo`jaliklarida, shaxsiy tomorqa uchastkalarida 2010-2011 yillarda tajriba va kuzatish ishlarini olib bordik. Buning uchun tajriba qo`yilgan maydonlardagi kasallangan anor va anjir o`simligidan gerbariylar tayyorladik. Ana shu gerbariylar laboratoriya sharoitida kasallikni vujudga keltirish zamburug`lar ajratib olindi.
4. Anjir va anorning bargi va poyasida joylashgan zamburug`larni ajratib olish uchun yuvish usulidan foydalandik. Buning uchun tekshirilayotgan kasal anjir va behi o`simligining bir qismi steriallangan suvga solib chayqaladi, yuvilib tushgan zamburug` spora va konidiyalari mikro okonda tekshirilib tuzatish va aniqlash ishlari olib boriladi.
5. Keyingi yillarda O`zbekiston sharoitida anor va anjir daraxtida 20 yaqin kasallik qayd qilingan bo`lib, shulardan eng ahamiyatlisi kalmaraz, qorarak, monilioz, zang, un-shudring, qorayish va danak mevalarining monilioz kasalliklaridir.
6. Kalmaraz, monilioz va qorarak kasalliklari asosan anor va anjir mevasining chirishiga sabab bo`ladi.
Kasallangan mevalarning sifati buziladi va yeyish uchun yaroqsiz bo`lib qoladi. Kasallangan mevalar g`adir-budir bo`lib, ayrim vaqtlarda mevaning ustida har xil dog`lar hosil bo`ladi, bu dog`lar keyinchalik mevaning hamma yeriga tarqaladi.
7. Zang, un-shudring, danak mevalarning monilioz kasalliklari, anor va anjir bargining, poyasining astki va ustki tomonida har xil shakldosh dog` va g`uborlarni hosil qiladi.
Kasallik natijasida barg sarg`ayadi va tukilib ketadi.
8. Bu kasalliklarni hammasi ham anor va anjir daraxtining umrini qisqartiradi, hosilini kamaytiradi va mevalarning sifatini buzadi.


Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling