Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari Kirish


Download 220 Kb.
bet11/18
Sana30.04.2023
Hajmi220 Kb.
#1407915
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari

Anjirning un-shudring kasalligi
Anjirning un-shudring kasalligini Oidium erysiphoides degan xaltachalari zamburug` qo`zg`atadi.
Bu kasallik bilan asosan, anjirning barg va novdalari zararlanadi. O`simlik kurtak yozishi bilan darhol barglarda oqish kul rang upsimon g`ubor malla rang kukunsimon tusga kiradi. Bargning rangi uchadi, asosiy tomir bo`ylab bukilib qayiqgacha o`xshab qoladi, shaklini o`zgartiradi, o`sishdan to`xtaydi.
Kasallangan novdalar ham keyinchalik qorayadigan g`ubor bilan qoplanadi. Novdalarning o`sishii sekinlashadi, kalta bug`imlilik vujudga keladi, ko`pchilik tepa shoxlar quriydi.
Mevalar oldinga kul rang yupqa g`ubor bilan qoplanadi va ularning o`rnida keyinchalik “zang turi” hosil bo`ladi.
Un-shudring kasalligining qo`zg`atuvchisi asosan mitseliy shaklida kasallangan novda kurtaklarida qishlaydi. Xaltachali sporalar (zararlangan novdalardagi kleystokarchiylar) qishlashda unchalik katta ahomiyatga ega emas.
Bahorda kurtaklar uyg`onish bilan litseliy o`sib, barg kurtaklarining elidermis hujayralariga kiradi va keyin barg o`sishi bilan uning butun yuzasini qoplaydi. Mitseliyda hosil bo`ladigan juda ko`p popidillar shamolda tarqalib yosh va sog`lom barg va novdalarni yoppasiga zararlaydi. Kasallangan anjir novdalaridagi zamburug` shakllanayotgan yosh kurtaklarining tangachalari ostiga kirib o`sha joyda kelgusi yil bahorgacha saqlanadi.
Un-shudring kasalligining qo`zg`atuvchisi quruq va issiq havoda yaxshi rivojlanadi. Bunday sharoitda anjir kuchli zararlanishi mumkin, chunki namlik tanqis bo`lgan sharoitda o`simlikning kasallikka chidamliligi kamayadi. Biroq, shuni ham ta`kidlab o`tish kerakki, un-shudring kasalligining tez rivojlanishiga mo`tadil namlik va havo haroratiga ham yordam beradi. Bahorda va issiq kunlar boshlangunga qadar kasallikning eng ko`p rivojlanishi kuzatiladi. Soya joylarda, deyarli shamol o`smaydigan ko`chatzorlarda kasallik kuchliroq rivojlanadi. Adabiyotlarda ko`rsatishicha, kasallik O`zbekiston, Qozog`iston sharoitida keng tarqalgan va deyarli hamma joyda uchraydi.
Un-shudring kasalligining ayniqsa yosh daraxtlar va barcha novdalar qattiqroq zararlanadi.
Kasallik natijasida erta bahorda gullar qorayib, barglar so`lib, yosh meva shoxlari va bir yillik novdalar qurib qoladi. Qurigan shohlar, barg va tugunchalar ko`pincha kelgusi bahorgacha daraxtlarda osilgancha qoladi. Nam xavoda zararlangan barcha organlarda zamburug` sporalaridan iborat kul rang yostiqchalar paydo bo`ladi.
Kasallik natijasida yangi novda va xatto shohlarning qurishi yoz bo`yi davom etadi, chunki misheliy dastlabki zararlangan joyidan ancha tez tarqaladi.
Kasallik mevalarda qo`ng`ir rangli chirik ko`rinishda rivojlanadi. Meva sirti zamburug`ning konidiya sporalaridan iborat mayda, betartib sochilgan kul rang yostiqchalar bilan qoplanadi.
Danav mevalarning monilioz kasalligi Rossiyaning janubiy oblastlarida, Uzoq sharqda va O`rta Osiyoning tog` oldi tumanlarida ayniqsa katta zarar yetkazadi. Novda va shohlarning zararlanishi butun daraxtning qurishiga olib kelishi mumkin. Kasallik ko`p xo`jaliklarda hosilni bir necha o`n tonnalab nobud qilishi mumkin. Respublikamizning juda ko`p tumanlarida zamburug` kasallangan novdalar, shohlar, meva shohlari va yerga to`kilgan yoki daraxtga osilib qolgan mumlangan quruq mevalarda mishaliy shaklida saqlanadi. Yuqorida sanab o`tilgan organlar bahorda juda ko`p konidiya yostiqchalari bilan qoplanadi va bu yostiqchalar shamol vositasida gullarga, kurtaklarga, tugunchalarga o`tadi.
Adabiyotlarda yozilishicha Uzoq Sharqda bu zamburug` ikki usulda: sklerotsiylar ko`rinishida kasallangan organlarda va tuproqda qishlaydi. Bahorda ana shu daraxtlardan to`kilgan mevalarda mishaliy ko`rinishidagi apetetsiylarda o`sib chiqadi, bahorda anotetsiylarda konidiya sporali yostiqchalar rivojlanadi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, bu joylarda gullar va boshqa organlar dastlab, askosporalar va konidiyalar tomonidan zararlanadi. Monilioz kugoshning dastlabki belgilari danan mevali daraxtlarning gullash davrida paydo bo`ladi. Zamburug`larning urug`chi tumshuqchasi va changdonlar orqali gulga, keyin esa tuguncha va gulbandga kiradi. Misheliy gulband orqali meva shohiga o`tib, daraxtning lub tolalarini zararlaydi va natijada shohlar quriydi.
Rossiyaning yevropa qismida zamburug` mevalarga nazarka va bukarka yetkazgan mixanikaviy shikastlanishlari orqali o`tadi. Urg`ochi hasharot muxum qo`yish vaqtida po`stni teshadi va tuxumlar bilan birga zamburug` sporalarini ham olib kiradi. Mexanikaviy shikastlanishlar kimyoviy moddalarning kuydirishi tufayli yuzaga keladi. Kasallik boshqa daraxtga kasallangan va sog`lom mevalarning yonma-yon o`sishidan ham o`tishi mumkin.
Daraxtlar gullash vaqtida bahor havosining salqin va kam kelishi ham monilioz kasalligining rivojlanishiga olib keladi. Bunday havo konidiyasi yostiqchalarni hosil bo`lishicha hamda oklerotsiy va anotetsiylarning o`sishicha imkon yaratadi. Yomg`ir yoqqan va tuman tushganda sporalar yaxshi o`sadi. Bahorning sovuq kelishi esa gullashni kechiktirib, zararlanish uchun yaxshi sharoit tug`diradi.
Hamma danak mevali daraxtlar monilioz kasalligi bilan zararlanadi.

Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling