Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari Kirish


Download 220 Kb.
bet9/18
Sana30.04.2023
Hajmi220 Kb.
#1407915
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari

Anjirning monilioz kasalligi
Anjirning monilioz kasalligini takomillashmagan Monilia fructigena zamburug`i qo`zg`atadi.
Kasallik asosan, anjir va olma mevalarini zararlaydi. Kasallik qo`ng`ir rangli kichkina dog`dan boshlanadi va tez o`sib butun anjir mevasini qoplab oladi. Kasallik natijasida meva eti yumshab, qo`ng`ir tusga kiradi va mevaning mazasi buziladi. Tez orada hosil bo`lgan dog`ning ustida spora hosil qiluvchi yostiqchalar hosil bo`ladi. Past va yuqori haroratda va quruq havoda mevalar qorayib, mumlanib qoladi.
Bujmayib, mumlanib qolgan mevalarning bir qismi daraxtga qolib, infeksiya manbai bo`lib xizmat qiladi. Meva ichidagi mitseliy zamburug` kirgan joyidan har tomonga bir tekis tarqaladi. Shuning uchun yostiqchalar konsentrik aylana hosil qilib joylashadi.
Anjirning meva chiring yoki monilioz kasalligi hosilga nihoyatda katta ziyon yetkazadi. Hosilning nobud bo`lishi va keyinchalikterilgan mevalarning chirishiga ko`ra, u kalmaraz kasalligidan ustun turadi. Viloyatimizning ko`pchilik tumanlarida ayrim xo`jaliklarida hosilning 50-60 foizi ana shu monilioz kasalligidan nobud bo`ladi.
Kasallik qo`zg`atuvchi zamburug` mitseliy shaklida zararlangan mevalarda, yerda va daraxtlarda qishlaydi. Bahorda mevalarda konidiya sporalari hosil bo`ladi. Ana shu konidiya sporalarni shamol, yomg`ir va hasharotlar tarqatadi. Mevalar faqat kazarka va meva qurtlari, qushlar va momaqaldiroq vujudga keltirgan mexanikaviy shikastlanishlar orqali zararlanadi. Konidiya suv tomchisida yoki havoning nisbiy namligi yuqori bo`lganda o`sib chiqadi.
Zamburug`ning rivojlanishi uchun qulay harorat 24-28 darajaga teng. Qo`ng`ir tusli dog`hosil bo`lgunga qadar inkubatsiya davri 3-5 kun, spora hosil bo`lishi 8-10 kun davom etadi. Qisqa inkubatsiya davri kasallik qo`zg`atuvchisiga yoz-kuz faslida ko`p sonli bug`in yaratish imkonini beradi. Qulay havo sharoiti va mexanikaviy shikastlanishlar kasallikning avj olishiga sabab bo`lishi mumkin.
Meva chirish kasalligi respublikamizning markaziy va janubiy viloyatlaridagi bog`larga ayniqsa, katta ziyon yetkazadi.

Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling