Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari Kirish


Cerсosporioz kasalligi (Barg dog`lanish)


Download 220 Kb.
bet7/18
Sana30.04.2023
Hajmi220 Kb.
#1407915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari

Cerсosporioz kasalligi (Barg dog`lanish)
Kasallik belgilari o`simliklar bargi va mevasida namoyon bo`ladi. Kasallangan barglarda ko`p miqdorda yumaloq yoki uchburchak shakldagi jigarrangda, 4-5 mm hajmdagi dog`lar paydo bo`ladi. Dog`larning atrofi binafsha, yaltiroq rangda ko`rinadi. Kasallangan barglar sarg`ayib to`kilib ketadi. Nam sharoitida dog`larning ustida zamburug` konidiyalarining baxmalsimon mog`ori hosil bo`ladi. Kasallangan mevalarda dastlab to`q jigarrangdagi yumaloq dog`lar paydo bo`lsa, keyinchalik ular bir-biri bilan qo`shilib ketadi.
Kasallikni xaltachali zamburug`lar sinfining vakili bo`lgan (Cophaerella lythracearum (Cercospora lythracearum -konidiyali bosqichi) keltirib chiqaradi. Dog`lar ustidagi g`ubor jigarrangdagi zamburug` konidiyali bandlaridan iborat bo`lib, ularda ipsimon, to`g`nagichsimon, rangsiz konidiyalar hosil bo`ladi.
Yerga tushgan barglarda erta bahordan boshlab mayda sharsimon qora rangdagi peritetsiyalar hosil bo`ladi. Ular ichidagi 8ta xaltachada sporalar yetiladi.
Anorning uch-shudring kasalligi
Kasallikning asosiy belgisi anorning barglari va yosh novdalarida, ko`pincha iyun oyining ikkinchi yarmida unsimon oq g`ubor hosil bo`ladi. Ana shu g`ubor asta-sekin xiralashadi, qo`ng`ir rangga kiradi, keyinchalik bu g`uborda qora nuqtalar hosil bo`ladi. Kasallangan barglar, yashil navdalar sarg`ayadi va qurib qoladi.
Kasallikni Podasphare oxyacantae degan xaltachali zamburug` tug`diradi. Bu zamburug` kasallangan organlarning ustida misheliy, konidiya bandlar va konidiyalar keyinchalik kliyotrakorpiylar hosil qiladi. O`simlikning o`sishi davrida kasallik zamburug` koniyalari bilan tarqaladi. Zamburug` kasallangan novdalarda shuningdek, to`kilgan barglarda misheliy hamda qishlaydi. Bu zamburug` anordan tashqari, ba`zan anjir, do`lana va irg`ayni ham zararlaydi.
Kasallik viloyatimizning hamma tumanlarida uchraydi.
Anjirning kalmaraz kasalligi
Bu kasallik anjir daraxtida Venturia pirina zamburug`i qo`zg`atiladi. Bu xaltachali zamburug`lar sinfiga mansub.
Zamburug` anjirning novdalari barg va mevalarini zararlaydi. Kasallikning asosiy belgisi barglar yozilish bilan barglarda och rangni moysimon dog`lar paydo bo`ldi. Keyinchalik dog`lar qorayadi va barg esa zamburug`ning konitsiya sporalaridan iborat to`y rangli baxmalsimon g`ubor bilan qonlanadi. Dog`larning kattaligi mevalarning novicha va ot-havo sharoitiga bog`liq bo`ladi.
Kasallikka chidamsiz navlarda bu dog`lar yirik va qalin g`ubordan iborat bo`ladi. Shuningdek andirning meva bandi va barg bandlarining zararlanishi ham kuzatiladi, bunda barglar va tugunchalar erta to`kilib hosildorlik keskin pasayadi. Mevalarda qoramtir kul rang yumaloq dog`lar paydo bo`ladi. Mevaning zararlangan to`qimasi po`kaklanadi, ba`zi yorilib ham ketadi.
Agar meva erta zararlansa, uning shakli o`zgaradi. Bir tomonga qiyshayib o`sadi. Mevalar saqlash vaqtida ham kalmaraz bilan kasallanishi mumkin.
Kalmaraz bilan kasallangan novdalar yo`g`onlashib, po`stlog`i yorilib ketadi va natijada ular yomon qishlaydi, qattiq zararlanganda esa qurib qoladi.
Zamburug` sporalari kasallanib to`kilgan barglarda qishlaydi va shu yerda zararlangan to`qimada mevatanalar-peritsiylar shaklidagi xaltachali stansiyasini hosil qiladi. Ana shu peritniylarda ko`plab xaltachalar bo`lib ularning har birida sakkiztadan spora joylashgan xaltachadagi sporalar ikki xo`jayrali, yashil rangda, meva tanalari kuzda rivojlana boshlaganicha qaramay bahor va yozda yetiladi. Ba`zi yillarda ular hatto bir necha oyda yetiladi. Xaltacha sporalar suv tomchisida o`sadi va barglarni zararlab, ularda to`q rang g`uborli o`zicha xos hosilalarni vujudga keltiradi. To`q rangli baxmalsimon g`ubor zamburug`ning konidiya sporalarning bir necha bug`ini yetiladi. Kuzda zararlangan to`qimada to`p-to`p, ba`zan yakka holda peritetseylar paydo bo`ladi, ularni mikrokopsiz oddiy ko`z bilan ko`rish mumkin. Ular qora nuqtalar ko`rinishida bo`lib bargning quyoshlicha qaragan tomoni kabi, ustki yoki ostki tomonida joylashadi.
Kalmaraz kasalligining rivojlanishi va tarqalishida havoning namligi va harorati katta rol o`ynaydi. Bular uchun 16-22 daraja harorat eng qulay hisoblanadi.
Anjirda qishlab chiqqan barglardan tashqari novdalar ham infeksiyaning dastlabki manbai bo`lishi mumkin, chunki zamburug`lar novdalarda mitselay ko`rinishida saqlanib qoladi.
Kalmaraz kasalligining qo`zg`atuvchilari ma`lum bir daraxtlarga zarar yetkazadi, ular faqat o`zi oziqlanadigan o`simliklarga moslashgan bo`ladi.
Bular turli xil navlarga turlicha zarar yetkazadigan va har ekologik omillarga har xil munosabatda bo`ladigan formava irqlarga ega bo`lgan murakkab turlardir.
Kalmaraz kasalligi anor va anjir daraxtiga ayniqsa, katta zarar yetkazadi. Qattiq zararlanish ro`y berganda barglar muddatidan oldin so`liydi va natijada meva hosili kamayadi, daraxtning o`sishi sekinlashadi, sovuqqa chidamliligi kamayadi. Kasallangan mevalar sifatsiz va saqlash uchun yaroqsiz bo`lib qoladi.
Kalmaraz kasalligi O`zbekistonning hamma tumanlarida tarqalgan. Ayniqsa namligi yuqoir bo`lgan tumanlarga katta zarar yetkazadi.

Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling