Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari Kirish


II.1. Anor va anjir kasalliklarini o`rganishda qo`llaniladigan asosiy


Download 220 Kb.
bet4/18
Sana30.04.2023
Hajmi220 Kb.
#1407915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari

II.1. Anor va anjir kasalliklarini o`rganishda qo`llaniladigan asosiy
usullar
Hammamizga ma`lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida mevachilikni keskin darajada rivojlantirish uchun mevali daraxtlarning hosilini oshirishimiz, mevazorlarni yanada kengaytirishimiz, meva navlarini yaxshilashimiz va mevachilik ishlarini mumkin qadar mashinalashtirishimiz lozim.
Hayotiy ehtiyojlardan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, bog`dorchilikni keng reja asosida rivojlantirish mustaqil O`zbekiston uchun dolzarb masalalardan biridir. Bu muhim masalalarni yetarli darajada hal etish mevali daraxt kasalliklari va unga qarshi kurash choralarini ilmiy asosda ishlab chiqishni to`g`ri yo`lga qo`yishni taqozo etadi, ushbu bitiruv malakaviy ishda biz ana shu muammoni atroflicha o`rganishga harakat qildik.
Keyingi yillarda anor va anjir ko`chatlari yetishtiradigan ko`chatxonalarda ko`chatlar sifatining yomonlashganligi va xo`jaliklarga ekilgandan keyin ularning qurib qolish hollari kuzatilmoqda. Buning asosiy sababi anor va anjir ko`chatlarining turli xildagi zamburug`lar, bakteriyalar va viruslar bilan kasallanishidir. Bu kasalliklar asosan zamburug`lar yordamida kelib chiqadi. Zamburug` turlari tuproqda, havoda, suv havzalarida, o`simlik qoldiqlarida keng tarqalgan.
Buning uchun tajriba qo`yilgan maydonlardagi kasallangan har bir anor va anjir o`simligidan alohida gerabriylar tayyorlab va unga yig`ilgan vaqti bir joyi ko`rsatiladi.
Kasallangan anor va anjir mevasi, poyasi va bargidan gerbariy tayyorlab laboratoriya sharoitida gerbariyni kasallikni keltirib chiqargan zamburug`lar ajratib olindi. Buning uchun N.A.Naumov (1937), V.M.Bilay (1977) va M.B.Xaxryakov (1969)lar tomonidan tavsiya etilgan “Namlangan kamera” usulidan foydalandik.
Kasal o`simlikning ichidagi infeksiya, ya`ni kasallantiruvchi zamburug`ni ajratib olish uchun tekshirilayotgan anor va anjirning bargi, poyasi, novdasi va mevasi avval spirtda, keyin alangada stirillanib, Petri kosachalarida tayyorlangan “Nam kamera” muhitiga quyildi va 25-27 daraja haroratda termostatda 4-5 kun saqlandi, keyin mikroskopda tekshirish, kuzatish va aniqlash ishlari olib borildi.
Kasallikning tekshirish, kuzatish va aniqlash ishlari Qarshi Davlat universiteti, kimyo-biologiya fakultetining botanika kafedrasida olib borildi.
Bizga ma`lumki kasallik tug`diruvchi parazit zamburug` turlari asosan tuproqda, o`simlik organlarining yuzasida yoki to`qimasining ichida hayot kechiradi.
Anor va andiring mevasida, bargida hamda poyasida joylashgan zamburug` turlarini ajratib olish uchun yuvish usulidan foydalandik. Buning uchun tekshirilayotgan anor va o`simligining biror qismi sterillangan suvga solib chayqatildi, yuvilib tushgan zamburug`ning spora va konidiyalari mikroskopda ko`rildi, tekshirildi va aniqlanildi.
Yuqoridagi ishlardan tashqari yana biz anor va anjir o`simligida uchraydigan kasalliklarning qo`zg`atuvchilarini aniqlash bilan birga tajriba maydonida o`sayotgan o`simliklarning necha foizi qanday kasalliklar bilan qancha harakatlanganligini ham hisobladik. Chunki kasallikning irvojlanishini hisobga olish o`simlikning kasallik qo`zg`atuvchilariga qarshi chidamliligini bilish juda zarur. Ana shular asosida, u yoki bu o`simlikning zararlilik darajasi hamda ushbu kasallikka qarshi kurash usulining foydasi aniqlanadi.
Anor va anjirning turli-tuman kasalliklarining qo`zg`atuvchisi bilan tanishish uchun bargdagi har-xil g`ubor va dog`lar mikroskopda ko`riladi.
Rangsiz unsimon g`uborning mikroskopda konidiyalar to`plamidan iborat ekanligi aniqlanildi. Parazit zamburug`ning qishlovchi stadiyasini lupa orqali ko`ramiz, lupada ko`rilgan rangsiz unsimon g`uborlar zamburug`ning meva tanalari ekanligini aniqladik.
Qattiq oziq muhitida o`sayotgan zamburug`ning o`sish va rivojlanishini har bir koloniyaning diametrini o`lchash asosida aniqladik. Bu usulda ma`lum turning morfologik tuzilishida qanday o`zgarishlar bo`lishicha, o`sayotgan ozuqa muhim rangining o`zgarishiga alohida e`tibor berildi.
Adabiyotlarda qayd etilishicha anor va anjir o`simliklarida 20 ga yaqin zamburug` kasalliklari bo`lib shulardan eng ko`p o`chraydigan kasalliklar ustida tajriba ishlarini olib bordik.


Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling