Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari Kirish
II. Bob. O`simlik kasalliklari to`g`risida umumiy tavsif
Download 220 Kb.
|
Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari
II. Bob. O`simlik kasalliklari to`g`risida umumiy tavsif
Dehqonchilik rivojlangan va ilm fan taraqqiy qilgan sarin odam meva va rezavor meva o`simliklarining yovvoyi turlarini ongli ravishda tanlab olgan va ekib o`stira boshlagan, so`ngra zarur agrotexnika usullarini qo`llab ana shu yovvoyi tur o`simliklarini tobora yaxshilab borgan va keyinchalik xo`jalik maqsadlarini qondiradigan yangi tur navlarini vujudga keltirgan. Ekib o`stirilayotgan hamma o`simliklar meva va rezavor meva o`simliklari ham, o`zlarining yovvoyi qarindoshlariga qaraganda ertaroq hosilga kiradi, mo`lroq hosil beradi, ularning mevalari yirikroq, to`yimliroq va sifatliroq bo`ladi. Shu bilan birga bunday o`simliklarning mevalari yaxshiroq saqlanadi, uzoq joylarga jo`natishda buzilmay yetib boradi, ho`lligida va qayta ishlagan holida har xil xo`jalik maqsadlari uchun sarflanadi. O`rta Osiyo, ayniqsa, Tojikiston yovvoyi o`simliklar ekib ko`paytiriladigan manba hisoblanadi. Yer yuzidagi barcha mamlakatlarga nisbatan sobiq SSSR o`rtacha kenglikda o`sadigan yovvoyi meva o`simliklariga eng boy mamlakatlardan hisoblangan. Kavkaz, O`rta Osiyo va uzoq sharq meva o`simliklarining juda ko`p tur xillari o`stiriladigan asosiy viloyatlaridir. O`rta Osiyoda yovvoyi meva o`simliklarining ko`pchiligi tog`li tumanlarda, o`rmonlarda va daryo bo`ylaridagi suv toshadigan yerlarda o`sadi. Meva va rezavor meva o`simliklarining ko`pchiligi bizning eramizdan ko`p yillar burun vujudga kelgan. Bu o`simliklar ko`p yillar mobaynida tanlanib, har-xil tashqi muhit sharoitiga moslashganligi va ularga dehqon ham ta`sir qilganligi sababli hozir ularning navlari juda ko`payib qolgan. Meva rezovor meva o`chimliklari o`zlarining botanik belgilariga, biologik xususiyatlariga, tuproq, yorug`lik nam va issiqlikka bo`lgan talablariga, hosildorligiga, mevalarning sifatiga, qanday maqsadlar uchun ishlatilishiga qarab bir-biridan farq qiladi. Mevali daraxtlarning o`ziga xos yana bir xususiyati shundan iboratki, diyarli hamma madiy mevali daraxtlar kurtak va iskana payvand qilish yo`li bilan ko`paytiriladi. O`zbekiston yovvoyi meva daraxtlari asosan Toshkent, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo va boshqa viloyatlarning tog`li viloyatlarida o`sadi. Keyingi yillarda yovvoyi olma, o`rik, anor, anjir, bodom, pista, do`lana kabi mevali daraxtlar payvand qilish yo`li bilan madaniylashtirilmoqda. Anor va anjir daraxti O`zbekistonda qadim zamonlardan ma`lum ko`proq Yevropa va Shimoliy Amerikadan keltirilgan anor va anjir navlari Qrim ko`chat yetishtiruvchi xo`jaliklarida ko`paytirilib O`zbekistonga oli kelingan. Anjir Losaceal oilasiga Piries communis turiga mansub bo`lib, uning hozirgi vaqtda 60 ga yaqin turi mavjud. O`rta Osiyoda anjir qadimdan ma`lumuning yovvoyi turlari va madaniy, mahalliy navlari ko`p tarqalgan anjir Xitoyda 3000 yildan beri o`stiriladi. O`zbekiston uchraydigan mahalliy anor navlarining kelib chiqish va tarqalish manbai Xitoyda o`stirilayotgan anjirlardan deb bilinadi. Yevropadan O`zbekistonga anor navlari XIX asrning oxirlaridan boshlab olib kelingan. O`rta Osiyo respublikalari ayniqsa O`zbekiston anjirdan yuqori va sifatli hosil yetishtirish uchun juda qulay joy hisoblanadi. O`zbekiston sharoitida anjir navlarini tog` etaklarida joylashgan zonalarida ko`paytirish tavsiya etiladi. Anor Rosaceae oilasiga Cydania oblonja turiga mansub bo`lib, uning hozirgi vaqtda o`ndan ortiq turi mavjud. Anor qadimiy o`simlik, O`rta Osiyoda bizning eramizdan oldin ma`lum bo`lgan. Ayrim tarixiy ma`lumotlarga ko`ra anor O`zbekistonga Eronning shimoliy royonlaridan keltirilgan. O`zbekistonda anor uzoq vaqt urug`idan ko`paytirilishib natijasida bir qancha xususiyatlarga ega turlari paydo bo`lgan. O`zbekistonda yetishtiriladigan anor navlari qishda uzoq muddat saqlanishi hosilning sifati va mazasi yaxshiligi, konservabopligi jihatidan kavkaz, Qrim va Janubiy Yevropada yetishtiriladigan anor navlaridan sira qolishmaydi. Anor O`zbekistonning dengiz sathidan 360-1000 m balandlikda joylashgan sug`oriladigan rayonlarida o`sadi. Dengiz sathidan 1100-1400 m balandlikda joylashgan tog`li tumanlarda mayda mevali, erta pishar navlari ham uchraydi. O`zbekistonda yetishtiriladigan anor navlari to`g`ridan-to`g`ri iste`mol qilish, konserva tayyorlash va boshqa yerlarga yuborishga juda yaroqli. Anordan anjir ko`chatlari yetishtirishda pakana payvandtag sifatida juda ko`p foydalaniladi. Respublikamiz miqyosida ekologik sharoitning o`zgarib borishi anor va anjir o`simligida har xil kasalliklarning namoyon bo`lishiga sabab bo`lmoqda. Ana shu kasalliklarning oldini olish va unga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. O`simlikning kasalligi uning parazit bilan o`zaro munosabati yoki muhitning noqulay sharoiti ta`siri natijasida paydo bo`ladigan murakkab patalogik jarayondan iborat. Kasallik natijasida o`simlikning tuzilishida morfologik va anatomik o`zgarishlar sodir bo`ladi. Kasallik tufayli kelib chiqqan barcha o`zgarishlar ta`sirida o`simliklar sekin o`sadi, hosil kamayib ketadi, ko`pincha o`simlik butunlay nobud bo`ladi. Olimlardan V.I.Serbinovning 1964 yilda yozishicha, o`simlik kasalliklari ikki guruhga: 1. Noqulay yashash sharoiti ta`sirida kelib chiqadigan yuqumsiz va 2 zamburug`lar, bakteriyalar, viruslar va gulli parazitlar ta`sirida kelib chiqadigan yuqumli kasalliklarga bo`linadi. O`shimliklarning yuqumli kasalliklari noqulay sharoit: yuqori yoki past temperatura, yerda va havoda nam yetishmasligi yoki ortiqchaligi, mehanikaviy zararlanish va hakazolar ta`sirida paydo bo`ladi. O`simliklarga suv, karbonot angrid va kisloroddan tashqari makro va mikroelementlar kerak. Ana shu eyelementlarning birortasi yetishmasa, o`simliklar kasallanishi mumkin. Masalan, azot yetishmasa o`simliklar sarg`ayib, o`sish sekinlashadi, barglari erta to`kiladi, urug` va meva hosili kamayib ketadi yoki butunlay hosil bermaydi. Aksincha, azot ortiqcha bo`lsa, o`simliklar jadal o`sadi, vegetatsiya davri uzayib ketadi, natijada gullamaydi va hosil tugmaydi. Fosfor yetishmaganda o`chimliklarning ildiz sistemasi sust rivojlanadi, urug`lar yetilmay qoladi. Tuproqda temir yetishmasligini xloroz paydo bo`lishining sabablaridan biridir, bunda barglar sekin-asta qurib, o`simliklar nimjonlashib qolishi kuzatiladi. Tuproq temperaturasi, namligi, o`simliklarning mineral oziqlanishi tezligiga, bevosita ta`sir ko`rsatadi. Tuproq quruq yoki haddan tashqari nam bo`lsa, o`simliklar oziq moddalarni sust o`zlashtiradi. Past temperaturada o`simliklar muzlashi yoki butunlay nobud bo`lishi mumkin. Bahorda tebperatura keskin o`zgarib tursa, mevali daraxtlar po`stlog`i quyosh ta`sirida kuyadi, yozgi yuqori temperatura ta`sirida o`chimliklarning bargi buralik ketadi. Yuqori temperatura, tuproqda nam kamligi va garmsel birgalikda ta`sir etsa, g`alla ekinlarida hammaga ma`lum yuqumli kasallik-zaxvat paydo bo`ladi. Namlikning haddan tashqari ko`p bo`lishi ko`pchilik o`simliklarga salbiy ta`sir etishi hammaga ma`lum. Buning asosiy sababi havo yetishmasligidan ekinlar zax bosib nobud bo`ladi, daraxtlarning ildiz bo`g`zi mog`orlab, chiriydi. Ikkichidan, tuproqda nam ko`p bo`lsa ham, o`simliklarda muhim patalogik o`zgarishlar sodir bo`ladi. Yuqumsiz kasalliklar kimyoviy moddalar ta`sirida kelib chiqadi. Yuqumli kasalliklar yuqumsiz kasalliklardan farq qilib o`simliklarda zamburug`lar, bakteriyalar, viruslar va boshqalar ta`sirida paydo bo`ladi. Bunday kasalliklar bir o`simlikdan boshqalariga o`tishi mumkin, ya`ni ular yuqumliligi bilan farq qiladi. Olimlardan S.M.Pospelov va boshqalarning 1978 yilda aniqlashicha yuqumli kasalliklar tabiatda keng tarqalgan bo`lib birorta ham o`chimlik u yoki bu yuqumli kasallikdan holi emas ekan. O`simlik kasalliklari nihoyatda xilma xil bo`lib, ularni bir nechta tipga birlashtirish mumkin: dog`lanish, o`simliklarning bargida va boshqa qismlarida zamburug` mitseliysining g`ubori, zaralangan to`qimalarda do`mboqchalar, to`qimalarning haddan tashqari o`sib ketishi, o`simliklarning barglari, mevalari va boshqa organlarining shakli o`zgaradi, chirish, so`lish natijasida o`simlik butunlay nobud bo`ladi. Shuningdek, har xil kasalliklar bitta qo`zg`atuvchi ta`sirida paydo bo`lishi mumkin. Masalan, olmada qora chirish qo`zg`atuvchisi ta`sirida daraxtlar bargi dog`lanishi, gullari kuyishi, mevalari chirishi, po`stlog`i nobud bo`lishi, ayrim shoxlar va daraxtlar butunlay qurib qolishi mumkin. Hammamizga ma`lumki mikroorganizlarda (zamburug`lar, bakteriyalar va viruslarda) xlorofill bo`lmaydi, fotosintez qilish xususiyati yo`q, shuning uchun ular o`simliklarda hosil bo`ladigan organik birikmalar bilan oziqlanadi. Mikroorganizmlar oziqlanish usuliga ko`ra parazitlar va saprofitlarga bo`linadi. Parazitlar tirik to`qimi hisobiga, saprofitlar nobud bo`lgan o`simliklarda yashaydi. Faqat mikroorganizmlar emas, balki ayrim gulli o`simliklar ham butunlay yoki qisman o`zi parazitlik qiladigan o`qimliklar hisobida oziqlanadi. O`simlik kasalliklari asosini tashkil qiladigan yuqumli kasalliklar ularga tushadigan yoki ularning ildizlari orqali kiradigan bironta infeksiya orqali vujudga keladi. O`simliklarda kasalliklarni zamburug`lar, bakteriyalar, gulli tekinxo`rlar, aktinomitsetlar va viruslar tarqatadi. Bular getrotrof mavjudotlar bo`lib, ularda xlorofill bo`lmaydi. SO2 ni o`zlashtira olmaydi-organik moddalar hosil qilolmaydilar. Ular yashil o`simliklarda yashaydi, ularning tayyor organik oziqlaridan foydalanadi. Getrotrof organizmlar avtotrof organik moddalar yaratuvchi yashil o`simliklarga kasallik tarqatadi. Fitopatologiya fanining rivojlanish tarixi kishilik jamiyatida dehqonchilikning rivojlanishi bilan uzviy bog`langan. U davrlarda ekinlarda kasalliklarning kelib chiqishx sabablari aniq bo`lmagan. XIX asrning ikkinchi yarmida fransiyalik Tulan, germaniyalik de Vari, rossiyalik M.S. Voronin kabi mikolog olimlar ekanlardagi kasalliklarni mikroskopik zamburug`lar keltirib chiqarishini birinchi bo`lib bayon qilganlar. Keyinchalik amerkalik olim YE. Smit bakteriyalar, rossiyalik olim YE. Smit bakteriyalar, rossiyalik olim D. I. Ivanovskiy viruslar keltirib chiqarishini aniqlaganlar. Rossiyada fitopatologiya fanining rivojlanishida oid ko`plab aniqlagichlar, ma`lumotnomalar, darsliklar va qo`llanmalar yaratgan. Fitopatologiyadan birinchi darslik N. A. Naumov (1888-1959) tomonidan yozilgan. Ko`pchilik daraxtlarda parazitlik po`kaklar A.S. Bondarsev (1868-1968), zang zamburug`lari V.G.Transhel (1868-1981), o`rmon daraxtlarining kasalliklari S.I.Vanin (1980-1951) tomonidan mukammal o`rganilan. O`simliklar immunitetining seleksiyadagi roli, N.I.Vaailov tomonidan o`rganilgan. Mamlakatimizda 1920 yildan boshlab,O`RTA OSIYO davlat Uneversitetining qishloq xo`jaligi fakultetida N.G.Zapermetov rahbarligida fitopatolog mutaxasizlar tayyorlana boshlangan. Keyinchalik 1941 yilda Toshkent qishloq xo`jaligi institutida o`simliklarni himoya qilish fakulteti ochilib, unda O`rta Osiyo, Afrika, Lotin Amerkasi davlatlari uchun mutaxassislar tayyorlangan. Fitopatologiya fanining rivojlanishiga Respublikamizning qator olimlari ham munosib hissa qo`shganlar. Professor M.A. Karimov mamlakatimiz sharoitda beda kasalliklarini o`rganib, ularga qarshi ko`rash choralarini ishlab chiqqan. S.S. Ramazonovaning ko`p yillik ilmiy izlanishlari bizda uchraydigan vertikillium turkumiga mansub zamburug`larning sistematikasi biologiyasi tarqalishiga oid bo`lib, uning erqlari hosil bo`lishi qonuniyatlarini ochgan. Olima rahbarligida g`o`za, to`t, mevali daraxtlar, g`alla ekinlaining kaslliklarini o`rganish borasida keng qamrovli sir qirra ilmiy –tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. А. Download 220 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling