Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari Kirish
Download 220 Kb.
|
Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari
Anjirning zang kasalligi
Anjirning zang kasalligini Gymnosporangium sabinoe zamburug`ini qo`zg`atadi. Bu zamburug` bazidiomitsetlar sinfiga kiradi. Zang zamburug`i kasalligi anjirda juda avj olib rivojlanib, anjirning bargi, barg bandi, mevachalarini zararlaydi. Kasallik barglarda dastavval mayda (0,5 mm), yumshoq, sarg`ish, yashil tusli dog`lar ko`rinishida paydo bo`ladi. Keyin yana dog`lar kattalashadi, barg to`qimasi qalinlashadi va dog`lar och qizil yoki to`q qizil tusga kiradi. Mevalar va navdalardagi dog`lar yirikroq, diametri 3 sm bo`ladi. Zararlangan organlarning shakli o`zgaradi. Mevalar bir tomonga qiyshayadi, yaxshi to`lishmaydi, novdalar esa o`sishdan to`xtaydi. Zararlangan novdalar ba`zan qurib qoladi. Zang kasalligi ayniqsa, anjirga ko`p zarar yetkazadi. Kasallangan barglar assimiyatsiye yuzasining keskin kamayishi tufayli mevalar yaxshi to`lishmaydi. Zararlangan barglar to`kilib ketadi. Kasallik yoppasiga avj olgan yillari avgustning boshlarida daraxtlarning 60-70 foiz bargi to`kiladi. Kasallangan mevalar yetila olmaydi, qiyshiq-qing`ir shaklga kiradi va muddatidan ilgari to`kiladi. Anjirning skeleti shoxlari zararlanganda 40 smgacha uzunlikda yaralar hosil bo`lib, shohlari qurib qoladi. Kasallik qo`zg`atuvchilari lisheliy shaklida sour argada va shuningdek anjir novdalarida qishlaydi. Erta bahorda sour arganda tashqariga bir talay chiqargan jeleytopustulalar hosil bo`ladi. Surunkasiga yog`in yog`ib, harorat 7 darajadan pasayib ketganda jeleytasporalar shishadi, shilliqlanadi va o`sib bazidiya sporali bazidiyalarga aylanadi. Bazidiya-sporalar shamolda anjirning barglari va boshqa organlariga o`tib, ularni ham kasallantiradi. Kasallik omma va anjirda uzoq-uch oy va undan ham ko`proq davom etadi, chunki jeleymosporalar birdaniga o`smaydi, ularning o`sishi ko`proq yog`ingarchilikka bog`liq. Anjir va olma daraxtida hosil bo`lgan etsidio-sporalar shamol vositasida saur argacha o`tib uni zararlaydi. Zang kasalligining zamburug`i saur argada 20 oyga yaqin rivojlanadi. Butun rivojlanishi sikli 2 yil va undan ham ko`p davom etadi. Kasallikning rivojlanishi meterrologik sharoit va ayniqsa, namgarchilikka bog`liq. Adabiyotlarda qayd etilishicha zang kasalligi Qrimda ko`p uchraydi, chunki bu yerda saur archaning juda ko`p turi shu jumladan, daraxtsimon formalari bor. Zang kasalligi asosan, moldaviya, zakavkazya, Shimoliy Kavkaz, O`rta Osiyo respublikalarida juda ko`p uchraydi. Download 220 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling