Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari Kirish


Anjir barglarining qorayish kasalligi


Download 220 Kb.
bet12/18
Sana30.04.2023
Hajmi220 Kb.
#1407915
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari

Anjir barglarining qorayish kasalligi
Kasallik natijasida anjir bargining ustki tomonida va shoxlarida qorakuya g`ubor hosil bo`ladi. Bu g`ubor o`simlik to`qimalariga yorug`lik va havo kirishini qiyinlashtiradi, buning natijasida assimilyatsiya va nafas olish jarayonlari sekinlashadi.
Qorayish kasalligini askomitseplar sinfiga kiruvchi Cornodium degan zamburug` tug`diradi. Bu zamburug` o`simlik bitlari va anjir qondalasi bo`lgan joylarda uchraydi. Buning asosiy sababi bu hasharotlar o`zidan ko`p miqdorda shirin suyuqlik chiqaradi. Bu suyuqlik anjir daraxti barglari va shoxlarini iflos qiladi. Ana shu suyuqlikda Cornodium zamburug`ining sporalari unadi va misheliyhosil qiladi. Nam havo va soya joylar kasallikning avj olishiga yordam beradi.
III.2. Anor va anjirning zamburug` kasalliklariga qarshi kurash choralari
Anorning rak kasalligiga qarshi kurash choralari
Kasallikka qarshi kurashish uchun po`stloqning mexanik zararlanishi oldini olish kerak. Zararlangan joylarni tozalab, ustini himoya vositalari bilan moylab qo`yish kerak. Anorning ko`paytirish uchun tayyorlangan qalamchalarga mis sulfat eritmasi bilan ishlov berish kerak. Kasallanib qurigan novdalar va tanani kesib tashlash kerak.
Anorning kalmaraz kasalligiga qarshi kurash choralari
Kalmaraz bilan kasallangan o`simlik a`zolarining qoldiqlarini, novdalarini yig`ishtirib olib chiqarib tashlash kerak. Kasallik tarqalmasligi uchun anorzorlarga 1%li bordo suyuqligi bilan ishlov berish kerak.
Anorning Serkoporioz kasalligi
Kasallikka qarshi kurashish uchun anorlarga 1% li bordo suyuqligi bilan ishlov berish, o`simliklarning kasallangan barglari va mevalarini yig`ishtirib olib tashlash kerak.
Un-shudring kasalligiga qarshi kurash choralari
1. To`kilgan hamma barglarni kuzda yig`ishtirib olish va yoqib tashlash.
2. Kuzda yerni haydash, daraxt atrofini chopish.
3. Kasallangan novdalarni vaqti-vaqti bilan kesib tashlash.
4. Daraxtlar shox-shabbasini siyraklatish.
5. Bachki novdalarni kesib tashlash zarur.
6. Kuzda xazonrezchilik oldidan yoki bahorda, kurtaklar ochilguncha daraxtlarni mis kuparosining 3 foizli eritmasi bilan purkash.

Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling