Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari Kirish
Kalmaraz kasalligiga qarshi kurash choralari
Download 220 Kb.
|
Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qora rak kasalligiga qarshi kurash choralari
Kalmaraz kasalligiga qarshi kurash choralari
Qishloq xo`jalik zararkunanda va kasalliklaridan anjir va uning hosili ikki yo`l bilan saqlanadi: Birinchisi, profilaktik oldini olish metodi, ikkinchisi kimyoviy tadbirlar metodidir. Profilaktika metodning asosiy vazifasi anjirning kasalliklarga chidamli navlarini chiqarish, anjirning sog`lom baquvvat va yaxshi o`sishini ta`minlaydigan bir nechta agrotexnika tadbirlarini ko`rishdan iboratdir. To`kilgan barglarni yo`qotish (yoqish yoki qo`shib tashlash), daraxt tanasi atrofini ag`darib chopish (chulki peritetsiylar tuproq ostida halok bo`ladi). Anjirning kalmaraz kasalligiga qarshi kurashning kimyoviy tadbirlaridan biri nitrofekning 2-3 foizli konsentratsiyasi, DNOKning 0.5-1 foizli konsentratsiyasini qo`llash. Kasallikning oldini olish uchun o`simliklarning yashil konusiga 2-4 foizli bardo suyuqligi bilan purkaladi. Keyingi dorilashda 1 foizli bardo suyuqligi yoki uning o`rnini bosa oluvchi 90 foizli mis xlor oksidi (chektoriga 6-7 kg), 80 foizli sinebning 0,3-0,5 foizli konsentratsiyasi (chektoriga 6-8 kg)dan ishlatiladi. O`simlik gullaganidan keyin birinchi ishlovdan 10-12 kun o`tgan, ikkinchi ishlov beriladi. O`simlik gullagandan keyin fitonsidlik xossasi kamroq bo`lgan sineb va koptonni qo`llagan ma`qul. Kalmaraz kasalligiga chidamli anjir navlarini eking tavsil etiladi. Qora rak kasalligiga qarshi kurash choralari Mustaqil Respublikamizda hozirgi vaqtda har xil qishloq xo`jalik ekinlarining kasalliklariga qarshi kurashish uchun ko`pgina tadbirlar ishlab chiqilgan va amalda qo`llanilmoqda. Ulardan biri o`simlik kasalliklarini oldini olishdir. Oldini olish tadbirlari o`simlikshunoslik amaliyotda katta ahamiyatga ega, chunki kasallangan o`simlikni davolashdan ko`ra, kasallikning oldini olish osonroqdir. Anjir daraxtining yaxshi o`sishi uchun zarur sharoit yaratish. Qora rak kasalligining qo`zg`atuvchisi, birinchi navbatda biror sabablarga ko`ra nimjonlashgan o`simliklarni zararlaydi. Sovuq ta`sirida yorilishi va quyosh ta`sirida kuyishning oldini olish maqsadida daraxt tanasi oxakka (1 litr suvga 2 kilogramm) 1 foizli mis kuparosi qo`shib oqlanadi. Bog`ni parvarishlaganda ildizlar va daraxt yog`ochlariga shikast yetkazmaslik uchun ehtiyotkorlik bilan ishlash lozim. Zararlangan shoxlarni kesib yo`qotish, qurigan daraxtlarni bog`dan chiqarib tashlash kerak. Daraxtga qora rak kasalligining dog`larini sezgan zahoti uni davolashga kirishish zarur. Shu maqsadda bahorda zararlangan po`stloqlar ko`chirib tashlanadi va yalong`ochlanib yog`och 1-2 foizli DNOK va 2 foizli nitrofen eritmasi bilan dizenfeksiyalanadi. 5-6 kundan keyin jaroxatga ohak yoki loy yo bo`lmasa, tarkibida 15 foiz parafin bo`lgan maxsus tayyorlangan zamaska surtiladi. Jaroxatlarni tozalamasdan tozalash davolash uchun kerasin qo`yingan ko`pronaft ishlatiladi. Po`stloqning zararlangan bo`lagi sog`lom to`qimadan 1,5 sm qo`yib rangli qalash bilan chizib ajratiladi va keyin qattiq tukli cho`tkada eritma surtiladi. Daraxtlar vegitativ davrida barpo suyuqligi bilan purkaladi. Daraxtlarga kalmaraz kasalligiga qarshi kurashishdagi kabi ishlov beriladi. Download 220 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling