Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari Kirish
Anjirning un-shudring kasalligiga qarshi kurash choralari
Download 220 Kb.
|
Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monilioz kasalligiga qarshi kurash choralari
Anjirning un-shudring kasalligiga qarshi kurash choralari
Qishloq xo`jalik zararkunanda va kasalliklaridan anjir va uning hosili ikki metod bilan saqlanadi. Birinchisi, profilaktik oldini olish metodi, ikkinchisi kimyoviy tadbirlar metodidir. Profilaktik metod asosiy maqsadi kasallik va zararkunandalarga qarshi chidamli navlarni chiqarish hamda, agrotexnika qoidalariga to`liq amal qilishdan iboratdir. 1. Bog`zorni muntazam ravishda sug`oriyu turish, hosilga kirgan bog`larda yuksak agrofon yaratish, zararlangan novdalarni o`z vaqtida yo`qotish. Erta bahorda kurtaklar burtgan vaqtida kasallikni tog-tomiri bilan yo`qotishi uchun daraxtlarga dorilar purkaladi. 2. Agrotexnika qoidalaridan quyidagilarga alohida e`tibor berish kerak. Bog`zorni toza saqlash, to`kilgan, yulib tashlangan, singak, qurilgan barglarni, novdalarni yo`qotish. Kasallangan novdalarni kuzda qirqish va to`kilgan barglar bilan birga yoqib yuborish. Usuv davrida faqat bog`zor talabiga ko`ra agatlardan sug`orish, har galgi sug`orishdan keyin qator oralarini kultivatsiya qilish. Mana shu agrotexnika tadbirlari o`z vaqtida yuqori sifatli qilib bajarib borilganda daraxtlarning o`sishi va rivojlanishi uchun qulay, un-shudring zamburug`ining o`sishi uchun esa noqulay sharoit vujudga keladi. 2. Kasallikni oldini olish uchun quyidagi muddatlarda kimyoviy preparatlar purkaladi; birinchisi – gullagandan oldin; ikkinchisi gullagandan keyin; uchinchisi – kasallik avj olgan hollarda-ikkinchi dorilashdan 2-3 hafta keyin o`tkaziladi, 25 foizli karatakning 0,1-015 foizli konsentratsiyadagi (gektariga 5-6 kg) suspenziyalari va ISO (0,5-1 darajali) eng foydali preparat hisoblanadi. Monilioz kasalligiga qarshi kurash choralari Monilioz kasalligiga qarshi kurashish uchun kuzda qurigan va kasallangan novda va shoxlar kesib tashlanadi. Kasallangan va sog`lom to`qima chegarasini oson ajratish uchun bu ish barglar butunlay tukilmasidan oldin bajariladi. Bunda sog`lom to`qimadan 3-5 sm qo`shib kesiladi. Kasallangan meva va barglar daraxtdan va yerdan yig`ib yo`qotiladi. Daraxt atrofi chopiladi. Daraxt atrofi chopiladi va qayta haydaladi (bu ayniqsa, shimoliy tumanlar uchun muhim). O`simliklarni yaxshi parvarish qilish va o`z vaqtida organik va mineral o`g`itlar bilan ta`minlash yuqori hosil olishning asosiy garovidir. Ertachi olma navlari gullab bo`lganidan keyin, olma qurtiga, bargurar va kanalarning tuxumdan chiqayotgan qurtlariga va shuningdek, kalmaraz kasaliigga qarshi dori purkaladi. Kasallikni tag-tomiri bilan yo`qotish uchun bahorda kurtaklarning bo`rtish fazasida DNOKning 1 foizli eritmasi yoki nitrofening 2-3 foizli eritmasi purkaladi. Monilioz kasalligini oldini olish uchun: g`unchalar yozilgan vaqtida 2-3 foizli bardo suyuqligi, gullagandan keyin esa 80 foizli sinebning 0,5 foizli suspenziyasi (gektariga 6-8 kg) purkaladi. Uchinchi ishlov ikkinchi ishlovdan 2-3 hafta keyin o`tkaziladi. Download 220 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling