Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari Kirish
Download 220 Kb.
|
Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Bob. Anor va anjirning zamburug` kasalliklari va ularga qarshi kurash usullari.
Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari Kirish. I. Bob. Adabiyot sharxi. II. Bob. O`simlik kasalliklari to`g`risida umumiy tavsif II.1. Anor va anjir kasalliklarini o`rganishda qo`llaniladigan asosiy usullar II.2. Olib borilgan tajribalarning natijalari. III. Bob. Anor va anjirning zamburug` kasalliklari va ularga qarshi kurash usullari. III.1. Anor va anjirning zamburug` kasalliklari . (Mirishkor tumani misolida ) III.2. Anor va anjirning zamburug` kasalliklariga qarshi kurash choralari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar. Илова. Kirish Ma`lumki hozirgi paytda Respublikamiz miqyosida shaharlarni obodonlashtirish borasida juda katta ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa yil davomida yam-yashil bo`lib turadigan mevali va manzarali daraxtlarni ko`paytirilishi shahar ko`chalari va hiyobonlariga ajoyib estetik xusn va manzarali chiroy bermoqda. O`zbekiston Respublikasi prezidenti I.Karimov o`zining “Jahon moliyaviy-iqisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari” asari mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro qalbini har qanday shubha va xavotirdan forig` qilib, ertangi kunimizda bo`lgan ishonch va sobitqadamlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. O`zbekiston davlati aholisining oziq-ovqatga bo`lgan talabini qondirishga go`sht, sut mahsulotlari, xo`l meva va undan tayyorlangan kompot, mayiz, quruq mevalar, o`simlik moyi kabi mahsulotlar bilan yanada yaxshiroq ta`minlashni ko`zda tutgan. Aholining oziq-ovqatga bo`lgan talabini qondirish hozirgi kunda nafaqat iqtisodiy jihatdan balki, siyosiy tomondan ham muhimdir. O`zbekiston faqat paxta, qorako`l teri, pilla tolasi makoni emas, balki el dasturxonining noz ne`mati bo`lgan xilma-xil olma, o`rik, anjir, anor, behi, nok va boshqa ko`pgina shirin-shakar mevalar yetishtiradigan go`zal bir bo`ston hamdir. O`lkamizning ko`rki bo`lgan bog`-bo`stonlar xalqimizning milliy iftixori va faxridir. Bog`dorchilik va tokchilik O`zbekiston uchun eng qadimiydir. Shuningdek, respublikamiz qo`shni davlatlarga quruq mevalar, mayiz, mevali daraxtlar, uzumning xo`raki navlarini yetishtirib beradigan asosiy bazadir. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mevachilikni keskin darajada rivojlantirish uchun meva daraxtlarining hosilini oshirishimiz, mevazorlarni kengaytirish, meva navlarini yaxshilashimiz va mevachilik sharoitini mumkin qadar mashinalashtirishimiz lozim. Bu vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun mevachilik sohasida ishlayotgan mutaxassislarimiz meva va rezavor, meva ko`chatlarini ekish hamda, parvarish qilish qoidalarini bilishlari, fan yutuqlarini va ilg`or xo`jaliklarning tajribalarini keng miqyosda qo`llashlari lozim. Bu to`g`rida yurtboshimiz I.Karimov qishloq xo`jaligi oldiga barcha ekinlardan yuqori hosil olish uchun tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning ilg`or texnologiyasini joriy etish, mineral va organik o`g`itlardan samarali foydalanish, sizot suvlar yer betiga yaqin joylashgan zonalarda milioratsiya ishlarini tubdan yaxshilash, ishlarini tubdan yaxshilash, eroziyacha qarshi tadbirlarni o`tkazish, mixanizatsiyadan unumli foydalanish, serhosil meva daraxtlarini ko`paytirishdek mehim vazifani qo`ydi. Hozir Respublikamizda meva uzum yetishtirish bo`yicha ixtisoslashtirilgan 100 dan ortiq mevachilik va tokchilik xo`jaliklari tashkil etilgan. Mustaqil respublikamizda mevali daraxtlar va toklardan yuqori hosil olayotgan xo`jaliklar soni yil sayin oshib bormoqda. Hayotiy ehtiyojlardan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, bog`dorchilik va tokchilikni keng reja asosida rivojlantirish mustaqil O`zbekiston uchun dolzarb masalalardan biridir. Bu muhim vazifani yetarli darajada hal etish uchun mevali daraxt kasalliklari va unga qarshi kurash choralarini ilmiy asosda ishlab chiqishni to`g`ri yo`lga qo`yishni taqozo etadi. Ushbu malakaviy bitiruv ishda biz ana shu muammoni atroflicha o`rganishiga harakat qildik. Keyingi yillarda anor va anjir ko`chatlari yetishtiradigan ko`chatxonalarda ko`chat sifatini yomonlashganligi va xo`jaliklarga ekilgandan keyin ularning qurib qolishi hollari kuzatilmoqda. Buning asosiy sababi anor va anjir ko`chatlarining turli xildagi zamburug`lar, bakteriyalar va viruslar bilan kasallanishdir. Kasallikni kelitirib chiqaruvchi mikroorganizmlar anor va anjir urug`idan ungan, payvandlangan ko`chatlarni ko`p yillik anor va anjir daraxtini ham kasallantira oladi. Bu kasalliklar asosan, zamburug`lar yordamida kelib chiqadi. Zamburug` turlari tuproqda, havoda, suv havzalarida, o`simlik qoldiqlarida keng tarqalgan, hayot kechirish muhitidan turlicha bo`lgan o`simliklar guruhidir. Zamburug`larning vakillari orasida ma`lum bir turga mansub o`simlikka moslashgan va unga kasallik keltirib chiqarish xususiyatiga ega bo`lgan turlari uchraydi. Shuning uchun ular ko`p yillik daraxtlar va ularning ko`chatlarini, mevali va poliz ekinlarini, texnik va manzarali o`simliklarni ham kasallantiradi. Respublikamiz miqyosida ekologik sharoitning o`zgarib borishi anor va anjir daraxtida har xil kasalliklarning namoyon bo`lishiga sabab bo`lmoqda. Ana shu kasalliklarning oldini olish va unga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Download 220 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling