Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari Kirish
III. Bob. Anor va anjirning zamburug` kasalliklari va ularga qarshi
Download 220 Kb.
|
Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anorning rak kasalligi
- Anorning kalmaraz kasalligi.
III. Bob. Anor va anjirning zamburug` kasalliklari va ularga qarshi
kurash usullari. III.1. Anor va anjirning zamburug` kasalliklari. Anor va anjirning navlarida uchraydigan kasilliklarni o`rganish uchun Mirishkor tumani xo`jaliklarida, shaxsiy tomorqa uchastkalarida (Elobodva Yangi qishloqlarda) 2010-2011 yillarda tajriba va kuzatish ishlarini olib bordik. Tekshirilgan anor va anjirzorlardagi kasallik belgilariga ega bo`lgan har bir anor va anjirdan aohida gerbariylar tayyorlanib, yig`ilgan joyi va vaqti ko`rsatildi. Tajriba qo`yilgan maydonlardagi kasallangan anor va anjir o`simliklarini bir nechtasini belgilab, undagi sog`lom, kasal va qurib qolgan o`simliklar alohida hisoblanadi. Buning uchun tayyorlangan gerbariydan preparat tayyorlab o`simlik kasalliklarini aniqlandi. Anorning rak kasalligi Bu kasallik anor o`simliklarining asosiy tanasi va yosh novdalari zararlanib, keyinchalik ularning qisman yoki butunlay qurib qolishiga sabab bo`ladi. Kasallikning dastlabki belgilari daraxtlar tanasining po`stlog`i yuzasida yoriqli qo`ng`ir rangdagi dog`lar paydo bo`lishidan boshlanadi. Hosil bo`lgan yaralar kengayib, tananing barcha qismini o`rab oladi va uning pastki qismidan yosh novdalar hosil bo`la boshlaydi. Bu novdalar sekin rivojlanib, ularda meva hosil qilmaydigan gullar yetiladi. Kasallik tufayli halqa bilan o`ralgan novdalar va daraxtlar qurib qoladi. Bunday novdalarning epidermisi ostida kasallik qo`zg`atuvchining qora rangdagi do`mboqchalari- 11 piknidiyalarni ko`rish mumkin. Anorning rak kasalligini Takomillashmagan zamburug`lar sinfining vakili bo`lgan Phoma puniccae turi keltirib chiqaradi. Namgarchilik sharoitida piknidiyalardan rangsiz, cho`zinchoq shakldagi zamburug` sporalari ajralib chiqadi. Bu sporalar nam sharoitda sog`lom o`simliklarga mexanik zararlangan to`qimalari orqali kiradi. Anorning kalmaraz kasalligi. Bu kasallik bilan anorning bargi, gulbandi, novdalari va pishmagan mevalari kasallanadi. Kasallangan o`simlikning bargida mayda, yumaloq binafsha rangdagi dog`lar paydo bo`ladi. Keyinchalik dog`lar qotib to`q-qo`n-g`ir ranga kiradi. Bunday barglar buralib, sarg`ayadi va va to`kilib ketadi. Kasallik belgilari novdada gulbandlarda, mevada mayda, yumaloq , botiq, qo`ng`ir rangdagi dog`lar tariqasida namoyon bo`ladi. Keyinchalik dog`lar bir-biri bilan qo`ilib, yorilib ketadi va qotadi. Bu yoriqlar orqali saprotrof zamburug`lar mevaga kirib, uning chirishiga sabab bo`ladi. Kasallik qo`zg`atuvchi Sphaceloma punicae zamburug`i bo`lib, asosan yosh novdalarni kasallantiradi. Nam sharoitda kasallangan o`simlik qismlarining yuzasida zamburug`ning konidiyalaridan tashkil topgan baxmalsimon nafis dog`lar paydo bo`ladi. Zamburug` konidiyalari rangsiz bir hujayrali, silindrsimon yoki ellipisimon shaklda bo`ladi. Kasallik o`simlikning yosh a`zolarida uchraydi. Download 220 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling