Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari Kirish
II.2. Olib borilgan tajribalarning natijalari
Download 220 Kb.
|
Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anor va anjirda eng ko`p uchraydigan kasallik to`g`diruvchi zamburug`
- O`simlik nomi Kasallik nomi Zamburug` turlari
II.2. Olib borilgan tajribalarning natijalari. Anor va anjirning hosildorligini oshirish, sifatini yaxshilash, yangi navlarni yaratish, yuqori agrotexnika asosida parvarish qilish bilan birga anor va anjirning kasallik va zarakunandalardan asrab qolish choralarini amalda tadbiq qilish muhim ahamiyatga ega. Chunki har xil kasallik va zararkunandalarning Anor va anjirning va uning hosiliga keltirgan zarari tufayli hosildorlik kamayishi bilan birga uning sifati ham pasayadi. Anor va anjirdan mo`l hosil oluvchi asosiy omillardan biri ularda uchraydigan kasalliklarni puxta o`rganish va ularga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqishdan iboratdir. Viloyatimiz sharoitida o`sadigan anor va anjirning asosan, rak, kalmaraz, monilioz, zang va un-shudring va boshqa zamburug` kasalliklari bilan eng ko`p zararlanadi. Mirishkor tumanida o`tkazilgan tekshirishlar natijasida zamburug`larning bir necha tur va formalari topildi. Mirishkor tumanidan yig`ilgan barcha gerbariy namunalari bahor, yoz va kuz fasllarida yig`ilgan. Ro`yxatda keltiraladigan zamburug`lar kasalliklar quyidagilar. Anor va anjirda eng ko`p uchraydigan kasallik to`g`diruvchi zamburug`lar.
Zamburuglarning tur tarkibi umuman faqatgina ekologik omillarga bog`liq bo`lib qolmay, yuksak O`simliklarning tur tarkibiga ham bog`likdir. O`simliklar tur tarkibi kanchalik xilma-xil bo`lsa, zamburug`larning tur tarkibi ham shunchalik xar xil buladi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin yurtboshimizning yaqindan ko`rsatgan yordami tufayli bog`dorchilik uncha taraqqiy etmagan viloyat va tumanlarda, katta-katta massivlarda mevali bog`lar barpo qilindi va bu bog`larni parvarish qiladigan ko`plab bog`bon va mutaxassislar yetishib chiqdi. Shuningdek mevali daraxt va toklardan yuqori hosil olayotgan xo`jaliklar soni yil sayin oshib bormoqda. Mevali daraxtlarning hosildorligini oshirish, sifatini yaxshilash, yangi navlarni yaratish, yuqori agrotexnika asosida parvarish qilish bilan birga mevali daraxtlarni kasallik va zarakunandalardan asrab qolish choralarini amalda tadbiq qilish muhim ahamiyatga ega. Chunki har xil kasallik va zararkunandalarning mevali daraxtlarga va uning hosiliga keltirgan zarari tufayli hosildorlik kamayishi bilan birga uning sifati ham pasayadi. Mevali daraxtlardan mo`l hosil oluvchi asosiy omillardan biri anor va anjir o`simligida uchraydigan kasalliklarni puxta urganish va ularga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqishdan iboratdir. Viloyatimiz sharoitida o`sadigan anor va anjir o`simligi asosan, qo`tir, anjir barglarining sargayishi, qorayishi, kalmaraz, qora rak, monilioz, zang va un-shudring va boshqa zamburug` kasalliklari bilan eng ko`p zararlanadi. Adabiyotlar ma`lumotlariga kura, Fikomitsetsimonlarda rivojlangan hujayrasiz mitseliyning bulishi, ko`p yadroliligi bilan harakterlanadi. Ularda jinsiy organlarni asosiy tallomdan ajratib turadigan tusiqlar bo`ladi. Vegetativ tana hamma fikomitsetlarda gaploid, diploid faqat zigotasi bo`lib, unib chikishdan oldin reduksion bo`linadi. Fikomitsetlar jinsiy ko`payish harakteriga qarab 2 ta kenja sinfga bo`linadi: Oomitsetsimonlar (Oomycetidac) jinsiy jarayon Oogamiya yuli bilan sodir bo`ladi va zigomitsetsimonlar – Zydomycetidaye, jinsiy jarayon zigogamiya - usulida davom etadi. Oomitsetsimonlar (Oomycetidaye) kenja sinfi. Mazkur kenja sinf vakillarining mitseliysi yaxshi tarakkiy etgan, shoxlangan, ko`p yadroli, yaxlit, katta, tusiqsiz bir hujayrali bo`ladi. Gifalarning kobigi selyullozadan shakllangan. Jinsiy jarayon oogamiya, yuksak tarakkiy etgan vakillarida esa jinssiz kupayish konidiya sporalar yordamida bir va ikki xivchinli zoosporalar hosil qilish yuli bilan kechadi. Xaltali zamburug`lar - (Assomycetes) sinfi. Bu sinf zamburug`larning 30 000 dan ortik yoki hozirda ma`lum bo`lgan zamburug`larning 30% ini o`z ichiga oladi. Ular tuzilishi, hayoti va oziqlanishiga kura, nihoyatda turli-tumandir. Mazkur sinfga bir hujayrali kurtaklanuvchi turush zamburugi xamda meva tanalari, shakli, tuzilishi va katta-kichikligi jixatidan mikroskopik mayda va ayrim xollarda 10-20 sm kattalikdagi zamburug`lar kiradi. Lekin bu turli-tuman zamburug`lar kelib chikishining umumiyligi va uxshash belgilari buyicha bir sinfga birlashtirilgan. Askomitsetlarning asosiy sistematik belgisi jinsiy jarayon natijasida spora beruvchi xaltachalar askolarning hosil bulishidir, har bir xaltacha ichida 8 ta askospora bo`ladi. Xaltali zamburug`larda rivojlanish siklining keng tarkalgan shakllari quyidagilardan iborat: Xaltada hosil bo`lgan spora unib ko`p yadroli yoki bir hujayrali mitseliyni hosil qiladi. Bu zamburugning aksariyat qismida vegetativ tana substrat yoki xujayin o`simlik ichida bo`ladi. Ularning vegetativ tanasi bir yoki ko`p yadroli hujayralardan iborat gaploid mitseliylardan tashkil topgan. Zigomitsetlardan farkli ravishda aksomitsetlarda mitseliylardagi tusiqlar ma`lum tartibda, yadroni bo`linishi bilan sixron ravishda hosil bo`ladi. Askomitsetlarning kupchiligida jinsiy jarayon gametalarga defferensiyalashmagan erkaklik va va urgochilik jinsiy organlarining suyuligini biridan ikkinchisiga quyilishi natijasida sodir bo`ladi. Bunday holda ularning faqat plazmalari kushiladi, erkaklik va urg`ochilik organlarining yadrolari ko`shilmaydi, balki bir-biri bilan yakinlashib, juft yadrolar - dikarionlarni hosil qiladi. Dikarionlar joy olgan urg`ochilik jinsiy organlaridan askogen iplari hosil bo`ladi. Dikarionlar askogen gifalariga utib, sinxron ravishda kupaya boshlaydi. Askogen gifada dikarionlar urtasida kundalang tusiqlar hosil bo`ladi va har bir hujayra uzining kush yadrosiga ega bo`ladi. Askogen gifalarining uchida ikki yadroli hujayralardan ancha murakkab yul bilan xalta (asko) hosil bo`ladi. Boshlang`ich xaltani aks ettirgan bu hujayrada jinsiy jarayonning ikkinchi bosqichi kariogamiya amalga oshadi, ya`ni yadrolar o`zaro ko`shiladi. Hosil bo`lgan diploid yadro uch marta bo`linib, sakkizta gaploid yadro hosil qiladi. Yadrolar atrofida sitoplazma shakllanadi va shu bilan xaltali sporalar hosil bulishi poyoniga yetadi. Askomitsetsimonlar odatda ikkita kenja sinfga bo`lib urganiladi. Yalangoch xaltachisimonlilar kenja sinfi - (Protoascomycetidae). Meva tanasi yuk, xaltachalar tugridan-tugri mitseliyda hosil bo`ladi. Bu kenja sinf xam uz navbatida 2 ta tartibga bo`linadi. a) Dastlabki xaltachalilar (Protoscales) yoki endomitsetlar (Endomycetales) Dastlabki xaltachali zamburug`larning kupchiligi o`simlik chikindilari, ayegetativ tanalari, mevalari, gullarining nektar- larida va nam tuprokda saprofid xolda oziklanadi. Dastlabki xaltachali zamburug`lardan keng tarkalgan va xujalik axamiyatiga ega bo`lgan vakillari aloxida achituvchi zamburglar oilasiga kiradigan zamburug`lar yoki saxoromitset lardir. Ular yumalok yeki oval shaklidagi kurtaklanish yoki bo`linish yuli bilan kupayuvchi yakka hujayralardan iborat bo`lib, mitselin bo`lmaydi. Hujayralar tez kurtaklangan va bo`linishga ulgur magan qisqa va unchalik mustahkam bo`lmagan zanjirlar hosil bo`ladi. Oziq kam va kislorod ko`p bo`lgan xollarda har bir hujayrada 4 yoki 8 ta sporali askosporalar hosil bo`ladi. Ilgarilar ular jinsiy jarayon utmasdan hosil bo`ladi deb karalar edi. Lekin keyinchalik aniklanishicha, askosporalar ikki hujayraning koopulyatsiyasi natijasida hosil bo`ladi. Ayrim turlarda esa askosporalarning uzi koopulyatsiya qiladi. Shuning uchun zamburug`larning butun umri diploid fazada utadi. Boshka turlarida, xususan turush zamburug`larida askosporalardan hosil bo`lgan gaploid hujayra kurtaklanish yuli bilan kupayadi va bir necha avlodlari hosil bo`lgandan sung juft-juft bo`lib, kopulyatsiya qiladi. Hosil bo`lgan diploid hujayralar uzok vakt davomida kurtaklanish yuli bilan kupayadi. Shunday kilib, turush (achitki) zamburugining rivojlanish siklida xam diploid va gaploid fazalarning gallanishi namoyon bo`ladi. Achitki eamburuglar ta`sirida shakarli muxitda spirt bijgi shi sodir bo`lib, etil spirti va karbonat angidridga aylanadi. Achitki zamburug`lar xujalik axamiyatiga ega. Ularni non kupchitish, pivo va vinolar tayyorlashda xam kullaniladi. Achitki zamburug`lar ichida saharomitsesslar. (Sac haromyces) turkumiga kiruvchi pivo, vino va turush zamburug`lari ayniksa katta axamiyatga ega. Non uchun yer yuzida har yili achitki zamburug`lari yordamida 700.000 tonna turush va xujalik xayvonlari xamda parrandalar uchun 200.000 tonna kuruk xoldagi turush olinadi. Meva xaltachalilar yoki chin xaltachalilar Carpoascomicetes chin xaltachalilar Euascomycetes kenja sinfi . Bu kenja sinf vakillari uchun askogen gifalarining oxirida ko`p sonli meva tanalarining hosil bulishi harakterlidir. Meva xaltachalilar kenja sinfiga askomitsetlarning askariyat qismi mansub bo`lib, ularning hayot tarzi spora hosil qilish shakli va jinsiy jarayonning turli-tumanligi bilan fark qiladi. Meva xaltachalilar tanalarining shakli va unda xalta chalarning joylashishiga karab quyidagi xillarga bo`linadi. Kleystokarpiy - yopik meva tana bo`lib, odatda yumalok shaklda. Xaltachalar meva tananing ichida joylashgan. Askospo ralar pishib yetilishi bilan meva tana yirtilishi yoki parchalanishi natijasida tashkariga chikariladi. Peritetsiy - (Kleystotetsiy) - noksimon oval yoki yumalok shakldagi meva tana. Uning bir tomonida maxsus ingichka tirkish mavjud. Yopik xaltachalar sporalarni shu tirkish orkali tashkariga chikaradi. Apotetsiy - yumalok kosa shaklidagi ochik sorali meva tana. Sporali xaltachalar uning ustida erkin joylashgan va osonlik bilan tarkaladi. (rasm-72) Bazidiomitsetsimonlar yoki bazidiyali zamburug`lar Basidiomycetes sinfi - Bazidiyali zamburug`lar turlarining soniga ko`ra ko`pligi jihatidan ikkinchi o`rinda turadi va u 23 000 - 30 000 zamburug turini o`zida birlashtiradi. Bu zamburug`larning mitseliysi ham xaltali zamburug`lar singari ko`p hujayrali, lekin jinsiy kupayish natijasida vujudga keladigan sporalar ekzogen ravishda bir hujayrali yoki turt hujayrali bazidiyalarning uchki yoki yon tomonlarida hosil bo`ladi. Bu sinf vakillari jinssiz konidial spora hosil qilishi unchalik keng tarkalmagan. Bazidiya boshlang`ich davrda xaltaga o`xshash, lekin bazidiyali zamburug`larda maxsus jinsli organlar yo`k. Har xil jinsli mitseliylar bir- biri bilan yakinlashganda qarama- qarshi jinslar osonlik bilan juftlashib ularning yadrolar juft- juft dikarionlar hosil qiladi. Dikarionlar vujudga kelgan hujayralardan gifalar tarakkiy etadi va ularning har ikkala yadrosi bir vaktda teng ikkiga bo`linadi. Shunday kilib dikarionli hujayralardan iborat mitseliy bo`ladi. Dikarionli mitselilarni kupincha diploid mitseliylar deb notugri talkin kilinadi. Chunki shu mitseliy asosida, doimiy yashash kobilyatiga ega bo`lgan bazidiyali zamburug`larning mitseliysi hisoblanadi, gaploid mitseliy esa tez orada nobud bo`ladi. Shunga kura zamburug`larning rivojlanish siklida xaltali zamburug`lardan farkli ravishda dikarion faza dominant (ustun) hisoblanadi, gaploid faza qisqa muddatli bo`ladi. Xaltali zamburug`larda esa dikarion faza faqat askogen gifalarida namoyon bo`lib, qisqa umrli. Shunga kura rivojlanish siklida gaploid faza dominantlik qiladi. Bazidiyali zamburug`larning dikarionli mitseliylarida har ikkala yadro bir vaktning o`zida bir- biriga mos ravishda sinxron bo`linadi. Shu bilan birga ayrim vakillarida bu nishi yoki parallel joylashgan bo`lib, hosil bo`lgan juft yadrolar o`rtasida tusiq vujudga keladi. Boshqalarda esa bo`linish va dikarionlarning hosil bo`lishi yangicha murakkab yo`l bilan boradi. Keyingi holda dikarionlarning bo`linishi oldidan, uning qarshisidagi yosh o`simta hosil bo`ladi va o`zining bazal qismida egila boshlaydi. Bulinayotgan yadroning biri shu usimtaga kiradi va o`rtada tusiq hosil bo`lib, har xil jinsli bir juft yadro tusiqning bir tomonida qoladi. Usimta ichidagi yadro usimtaning bukilgan qismi orkali tusiqning ikkinchi tomonidan har xil jinsli ikkinchi juft dikarionlarni hosil qiladi. Shundan so`ng yon o`simta mitseliy gifalari bilan qo`shilib so`riladi. Gifalarga qo`shilib, so`rilgan yon o`simtalar odatda tasma deb yuritiladi. Bu murakkab jarayon ahamiyati ham aniq emas. Ko`pchilik botaniklarda tasma hosil qilish yo`li bilan dikarionlarni vujudga kelishi yadrolarning jadallashtiradi degan fikr bor. Morfologik jihatdan tasmalarning hosil bo`lishiga o`xshash xuddi shunday xalqasimon tasmalar bazidiylarning vujudga kelishida ham hosil bo`ladi. Bu esa bazidiya va xaltachalar bir-biriga o`xshash analoglar ekanligidan dalolat beradi. Ayrim bazidiyali zamburug`larda sporali bazidiyalar tug`ridan- tug`ri dikarion mitseliylarda vujudga keladi; Boshka korakuya, va zang zamburug`larda dikarion mitseliyda dastlab tinim davrini o`tkazuvchi sporalar hosil bo`lib, so`ng shu sporolardan bazidiya taraqqiy etadi. Ko`pchilik bazidiyali zamburug`laning dikarion mitseliysida meva tanalari vujudga kelib, shu meva tana ichida yoki uning ustida bazidiya sporali bazidiyalar paydo bo`ladi. Xaltali zamburug`lardan farkli ravishda bu meva tanalar ko`pincha dikarion gifalardan iborat bo`ladi. Meva tanalarining shakli va ulchami nihoyatda turli–tuman bo`lib, sistematikada farkli belgilar sifatida qo`llaniladi. Bazidiyali zamburug`lar sinfi bazidiyasining tuzilishi va rivojlanishiga kura ikkita kenja sinfga bo`linadi. Xolobazidiomitsetsimonlar-Holobasidiomycetidae kenja sinfi bazidiyasi xolobazidiya (grekcha xolos-butun) butun hujayralarga bulinmagan spora hosil kiluvchi organizmlar. Fragmabazidiomitsetsimonlar - kenja sinfi–Phzadmobasiaijmcetidae bazidiya tusiqlar yordamida kundalang yoki uzunasiga joylashgan 4ta hujayraga bulingan bo`lib, ko`pchilik vakillarda har bir hujayraga bo`lingan bo`lib, kupchilik vakillarda har bir hujayra frazmabazidiya deb ataluvchi bazidiaspora hosil qiladi. Xolobazidiamitsetsimonlar kenja sinfi Bu kenja sinf vakillarining bazidiyasi bir hujayrali bulavkasimon yoki silindrsimon shaklda, bazidiya bevosita uni hosil kiluvchi va sungra usishni davom ettiruvchi hujayradan vujudga kelgan. Bazidiya mitseliy hujayrasida vujudga kelib undan xech kanday tusiq bilan ajralmaydi. Xolobazidiyasimonlar kenja sinfi bazidiyalarning shakli va joylashishiga ko`ra bir nechta qabilaga bo`linadi. Quyida xolobazidiyali zamburug`larning ayrim harakterli qabilalari vakillarini ko`rib chikamiz. Ekzobazidial – Yexobasigiales ekzobazidial zamburug`lar qabilasi vakillarida bazidiy bevosita mitseliyda tarkkiy etadi. Ularda meva tana hosil bo`lmaydi. Bu qabila vaillarining aksariyat qismi gulli o`simliklarning parazitlari hisoblanadi. Ularning mitseliysi xujayin o`simlikning vegetativ organlarida tarakkiy etib, tukimalarning gipertrofiya o`zgarishi, kasallanish, moddalar almashinuvining buzilishi natijasida hujayraning shishishi ruy beradi. Bu qabila vakillarida meva tana hosil bo`lmaydi. Bazidiylar bevosita xujayin o`simlikning epidermisi ostida joylashgan mitseliyda hosil bo`ladi. Har bir bazidiyda 2 yoki 4ta ayrim xollarda 6 yoki 8 taga qadar bazidiosparalar vujudga keladi. Bazidiylar yetilgan xujayin o`simlik epidermisida parchalanadi, va bir yadroli bazidiasporalar shamol yordamida tarkalib boshqa o`simlikni zararlaydi. Bu zamburug`larning mitseliysi o`simlik tukimalarining gipertroflanishiga olib keladi. Qabilaning 4ta turkumga mansub bo`lgan 30 yakin turi keng tarqalgan bo`lib, Rossiyada 8 turi tarkalgan. Takomillashmagan zamburug`lar zamburug`lar tipining eng yirik sinflaridan biri hisoblanadi. Hozirga kadar ma`lum bo`lgan zamburug`larning 300 ga yakin turi shu sinfga mansub. Bular yuksak zamburug`lar hisoblansa-da, lekin na aska, na bazidiosporalar hosil qilmaydi. Ular faqat konidiylar hosil qilish yuli bilan ko`payadi. Ularda yadro fazalari almashinuvi sodir bo`lmaydi. Butun rivojlanish sikli gaploid stadiyasida o`tadi. Takomillashmagan zamburug`lar faqat jinssiz yul bilan ko`payganligi tufayli konidiyasporalardan vujudga keladigan zamburugning kelgusi avlodlari toza leniya shaklida rivojlanadi va bir-biridan umuman farq qilmasligi kerak edi. Lekin tabiatda takomillashmagan zamburug`larda bu xol umuman kuzatilmaydi. Chunki, ular nihoyatda o`zgaruvchanligi va turli- tumanligi tufayli yer yuzining xar xil ekologik sharoitlarida keng tarqalgan. Shunga ko`ra, takomillashmagan zamburug`larning mitseliysi geterokarpik xususiyatiga ega bo`lib, ularda xar xil genetik xususiyatga ega bo`lgan yadrolar joylashgan bo`ladi. Geterokarpik mitseliyning rivojlanish davrida muhit sharoitlariga bog`liq holda u yoki bu yadro son jihatidan o`zgarishi va shu tariqa zamburug`ning bo`lajak avlodi o`zgargan muxit sharoitiga tuliq moslashishi mumkin. Takomillashmagan zamburug`lar konidial apparatning shakli va tuzilishiga ko`ra uchta qabilaga bo`linadi. Gifomitsetlar - (Hyphomycetales) Ularda konidiya saqlovchi hujayralar bittadan bo`lib, mitseliyda bitta yoki bir nechta uncha katta bo`lmagan koremiya deb ataluvchi konidiya bog`lami shaklida hosil bo`ladi. Melyankoniyalar (melanconiales). Konidiya saklovchi xujayralarning gemineylar tipida tukilgan giflari o`sishda bir necha qavatli tuplam hosil qiladi. Speropsidlar (Sphaeropsidales). Konidiya saqlovchi hujayralar piknid deb ataluvchi yumaloq yoki tuxum shaklidagi o`rindikda joylashgan bo`ladi. Bizlarni qiziqtirgan muammolardan yana biri, kasallangan o`simlik oilalarida zamburug`larning qaysi sistematik guruhlariga mansub zamburug`lar ko`proq tarqalganligini aniqlash bo`lib hisoblandi. Ushbu qonuniyatlarni yoritish maqsadila oilalari nisbatan ko`p zamburug`lar bilan kasallangan yuksak o`simliklarni zamburug` tartiblariga nisbatan salmog`ini ko`rib chiqdik va ularni alohida ajratilib, Hozirgi vaqtda O`zbyokiston sharoitida o`sadigan olma o`simligi va olma mevasi asosan, qora rak kasalligi, kulrang chirish, qo`tir (parsha), un-shudring, kalmaraz, po`kak va boshqa kasalliklar bilan eng ko`p zararlanadi. Bu kasallikni 1895 yilda Tog`li Zarafshon sharoitida olma daraxtida V.L. Komarov aniqlaydi Download 220 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling