Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari Kirish


Download 220 Kb.
bet8/18
Sana30.04.2023
Hajmi220 Kb.
#1407915
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari

Anjirning qora rak kasalligi
Kasallikni takomillashmagan zamburug`lar sinfiga kiruvchi Srhalchopsis malochit zamburug` qo`zg`atadi. Bu anjir uchun juda xavfli kasallik bo`lib o`simlikning hamma qismlarining poyasi, shoxlari, bargi, mevasi va gullarini zararlaydi. Anjir barglariga bo`rtikka o`xshash qizg`ish-qo`ng`ir dog`lar va ularning ustiga ba`zan zamburug` bo`ladi.
Mevalarda yig`in-terimdan oldinroq chiriklar paydo bo`ladi. Chiriklar kichkinagina qoramtir dog`dan boshlaynib, asta-sekin o`sib, butun mevani qoylaydi va natijada meva qorayib, bujmayadi, mumlanadi. Mevalar ko`plab piknidalar bilan qoplanib, g`adir-budur bo`lib qoladi.
Poya va shoxlarning kasallanishi, ayniqsa xavfli bo`lib, bunda po`stloq zararlanadi va unda qizg`ish-binafsha rang botiq dog`lar hosil bo`ladi. Keyinchalik dog`lar kattalashib, qorayadi, sog`lom va kasallangan to`qima chegarasida bo`rtmalar, yoriqlar paydo bo`ladi. Ba`zan bog` navdani halqa shaklida o`rab oladi. O`simlik qattiq zararlanganda qorayib po`stlog`i to`kilib, qoraygan yog`och ko`rinib qoladi. Bu kasallikning ancha shakli bo`lib, 3-4 yil ichida anjirni nobud qilishi mumkin.
Zararlangan po`stloqda bo`rtib chiqqan juda ko`p nuqtalar zamburug` sporalaridan iborat pikpidalar hosil bo`ladi. Pikpidalarda juda ko`p qora, ancha yirik bir hujayrali sporalar hosil bo`ladi. Sporalar shaman, yomg`ir tomchilari va hasharotlar bilan sog`lom anjir daraxtlariga tarqaladi va ularni ham zararlaydi. Sporalar to`qimalarga, asosan mexanikaviy shikastlanishlar, sovuqdan vujudga kelgan yoriqlar, quyoshdan keyin, hasharotlar shikastlagan joylar orqali kiradi. Ayniqsa, nimjon o`simliklar qattiq zararlanadi. Qora rak kasalligi bilan ayniqsa nimjon o`simliklar qattiq zararlanadi. Kasallik qari daraxtlarda, qarovsiz bog`larda avj olib rivojlanadi va ko`proq ziyon yetkazadi.
Zamburug` zararlangan po`stloqda piknidalar yoki mitselliy ko`rinishda qishlaydi. O`simliklar piknidalarda hosil bo`lgan sporalar ta`sirida kasallanadi, bizning kuzatishimizga kasallik opreldan oktabrgacha davom etadi. Sporalarni o`stiradigan va kasallikni rivojlantiradigan qulay harorat 27-28 daraja hisoblanadi. Issiq va yomg`irli havo sporalarning tarqalishi va o`sishiga yordam beradi. Qora rak kasalligini zamburug`i anor va anjirdan tashqari ham juda ko`p o`simliklarni zararlaydi.
Anjir daraxtining qora rak kasalligi deyarli viloyatimizning hamma yerida tarqalgan.

Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling