Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari Kirish
Download 220 Kb.
|
Anor va anjirning kasalliklari va unga qarshi kurash choralari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishning vazifasi.
- Ishning amaliy ahamiyati
- I. Bоb. Adabiyotlar sharxi
Mavzuning dolzarbligi. O`simliklarning hosildorligini oshirish usullaridan biri unda uchraydigan zamburug`larni puxta o`rganish hamda, ana shu kasalliklarga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Ishning maqsadi: Ra`noguldoshlar oilasiga kiruvchi o`simliklarda har xil kasalliklarni tarqatuvchi zamburug`larni tur tarkibini o`rganish va aniqlash tadqiqotning asosiy maqsadidir. Bitiruv malakaviy ishning vazifasi. Mirishkor tumanining ayrim qishloqlarida usadigan anor va anjirda uchraydigan zamburug`larining turlarini aniqlash. Tadqiqot obyekti va predmeti: Mirishkor tumanidan yig`ilgan zamburug` namunalari tadqiqot obyekti bo`lib xizmat qildi. Tadqiqotning predmeti – botanika, mikologiya. Ishning amaliy ahamiyati: Anor va anjirda zamburug`lar keltirib chiqaradigan kasalliklardan himoya qilishda ayrim yangi paydo bo`layotgan xavfli kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Ishning yangiligi Mirishkor tumanida usadigan anor va anjirda uchraydigan zamburug` (Punica granatum L- Phoma puniccae (Rak), Sphaceloma punicae (Kalmaraz),Podasphare okyacantaeва (Un-shudring) Fikus - Sрhalchopsis malochit (Qora rak), Venturia pirina (Kalmaraz), Morilia Fructigena (Монилиоз) Ctympoyaporangium sabinoe (Zang) )kabi kasallklari borligi aniqlandi. Bitiruv malakaviy ish yuzasidan Qarshi davlat uneversitetining Fan, taraqqiyot va yoshlar Ilmiy-amaliy konferensiya materiallariga 1ta maqola chop ettirdim. (Qashqadaryo viloyati anjirzorlarida uchraydigan qora rak kasalligi ) I. Bоb. Adabiyotlar sharxi Yuksak о`simliklarning zamburug` kasalliklarni о`rganish, ularni keltirib chiqaradigan zararlarini aniqlash va kasallik tarqalmasligi uchun ayrim chora-tadbirlarni ishlab chiqish muammolari kishilik jamiyatini bir necha yuz yillardan beri qiziqtirib keladi. Mikologiya fanining rivojlanishidagi boshlang`ich davr ham aynan zamburug`lar florasini aniqlashdan boshlangan. Ushbu maqsadni amalga oshirish natijasida mikofloristik rо`yxatlar, floristik konspektlar, aniqlagichlar va mahalliy hamda umumiy xarakterga ega bо`lgan mikofloristik sharxlar tuzila boshlangan. О`rta Osiyo sharoitida mikofloristik kuzatishlar О`rta Osiyo о`simliklarni himoya qilish, О`rta Osiyo Davlat Universiteti va keyinchalik tashkil etilgan FA ga qarashli botanika institutlarining xodimlari bо`lmish – fitopatologlar, mikologlar va botaniklar tomonidan о`rganib kelingan. Keyinchalik esa Qirg`izston, Turkmaniston va Tojikiston respublikalari tarkibida tashkil etilgan botanika yо`nalishlaridagi ilmiy tekshirish institutlarida ham salmoqli mikofloristik ishlar olib borilgan. Umumiy hisobda О`zbekiston mikoflorasi yuksak о`simliklar florasiga qaraganda anchagina kamroq о`rganilgan bо`lib, 1892 yillardan boshlanadi. Aynan usha yillarda V.L.Komarov ishtirokida ikkita ilmiy ekspeditsiya uyushtirilib, Zarafshon daryosi bо`ylab tog`li xududlar о`rganib chiqilgan. Ekspeditsiya natijasida V.L.Komarov (1892) tomonidan «Parazitne grib gornogo Zeravshana» nomli ilmiy ishi chop etilib, unda yuksak О`simliklarla topilgan 106 ta parazit zamburug`lar turi, shu jumladan 76 tur zang va unshudring zamburug`lari tartiblariga mansub ekanligi aniqlangan. Shuningdek muallif tomonidan aniqlangan zamburug`larning yuqoriga qarab vertikal tarqalish qonuniyatlari ham kо`rib chiqilgan. О`rta Osiyo mikoflorasini nisbatan planli ravishda, uzluksiz О`rganish esa Turkiston entomologik stansiyasini tashkil etilishidan, ya`ni 1915 yillardan boshlanadi. Usha paytlarda chop etilgan axamiyatga molik ishlardan P.G.Yestifeyevning (P.N.Golovin-1949 bо`yicha) «Djettisoy va unga yondosh bО`lgan Xorasan mikoflorasi» hamda N.G. Zaprometovning О`rta Osiyo mikoflorasi bо`yicha chop etgan «Material po mikoflore Sredney Azii» (1 chi qism -1926 va 2 chi qism – 1928 yy.) asarlarini kО`rsatish mо`mkin. N.G.Zapromyotovning ma`lumotlari bо`yicha zamburug`larning 767 tur va formalari aniqlangan. 1935 chi yildan boshlab esa О`rta Osiyo mikoflorasini о`rganish ancha keng kо`lamda olib borila boshlandi. О`sha paytdagi О`rta Osiyo Davlat universiteti tomonidan reja asosida ishlar boshlandi. Asosiy e`tibor chо`l va yuqori tog` о`simliklari mikoflolrasiga qaratildi. 1935-1936 chi yillarda P.N.Golovin boshchiligida g`arbiy Pamirning janubiy va janubiy-g`arbiy qismlariga ekspeditsiyalar tashkil etildi. Janubiy qizil qumda olib borilgan ekspeditsiyalar natijasi sifatida P.N.Golovin 1941 yili «Grib peschannix pustin Sredney Azii» nomli asarini chop etadi. 1944 chi yili esa u olingan ilmiy ma`lumotlar bо`yicha «Zakonomernosti raspredeleniya mikologicheskoy flor na Pamire» nomli ishini chop etdi. Uning kо`rsatishicha yuksak о`simliklarda tubun zamburug`lar unchalik tarqalmagan. Zamburug` guruhlari ichida Pamirda eng kо`p uchraydigan zamburug`lar xaltachali zamburug`lar bо`lib hisoblanadi. Shuning uchun ham ularning turlari boshqa zamburug`larga qaraganda kо`proq uchragan. Aniqlangan zamburug`larning yarmiga yaqinini notakomil zamburug`lar, zang zamburug`lari esa tur miqdori bо`yicha uchinchi о`rinda, va nihoyat nisbatan kamroq qorakuya zamburug`lari tarqalganligi kо`rsatilib о`tilgan. Undan keyingi qilingan mikologik ishlar Farg`ona, Korjantau, Ugam, Chatqol, Bobatog`, Kopettog`, Turkiston, Zeravshan, Hisor chо`qqilari va tog` tizmalari bо`yicha olib borilgan. Ushbu ilmiy ish natijalari sifatida 1947 va 1959 chi yillar orasida P.N.Golovin tomonidan «Ekologicheskiye tipi gribov Sredney Azii» (1947); «Mikoflora Sredney Azii», tom 1, Muchnisto-rosyaniye gribi Sredney Azii (1949); «Noviye vidi gribov Sredney Azii» (1950); «Monograficheskiy obzor roda Levellula Arnaud.» (1956); «Parazitniye gifomitseti Sredney Azii» (1959) kabi bir qator ilmiy asarlar yaratildi. Umumiy hisobda P.N. Golovin tomonidan О`rta Osiyo xududlarida 100 dan ortiq parazit zamburug`larning turlari aniqlangan bо`lib, asosiy qismi yuqori tog` xududlarida tarqalganligi hamda ularning kо`pchiligi notakomil zamburug`lar sinfiga mansubligi aniqlangan. 1955-1958 yillar mabaynida esa О`zbekiston fanlar akademiyasiga qarashli botanika instituti tomonidan birqator ekspeditsiyalar tashkil etilib, ularda SAGU talabalari ham qatnashadi. Natijada Saparova (1956), /aniyeva (1957) va Xasanov (1958) lar diplom ishlarini shimoya qilishgan. О`rta Osiyo chо`l zonalarining mikoflorasi ham 1955-1960 yillarda birqator tadqiqotchilar tomonidan о`rganilgan. N.I. Gaponenko Buxoro viloyati va Amudaryoning quyi oqimini, G.T. Boymuratova esa Mirzachо`lni (1958) mikoflorasini tekshirish natijasida yuksak о`simliklarning zamburug` kasalliklarini tarqalish qonuniyatlarini aniqlashgan. 1960 chi yillarda esa О`zFA qarashli Botanika institutining xodimlari Angren tog`-metalurgiya sanoat mintaqasini sinchklab tekshirish natijasida Angren daryosi basseynida tarqalgan parazit zamburug`larini aniqlab chiqishgan (T.S.Panfilova va N.I Gaponenko, 1963). О`zbekiston xududidagi daraxt va butalarda kasallik tug`diruvchi zamburug` kasalliklarini о`rganish bо`yicha ham birqator ishlar amalga oshirilgan. Shu jumladan, 1958 yilda B.D. Klayner «Vidovoy sostav gribov-vozbuditeley zabolevaniy drevesnix porod i kustarnikov v gorax Uzbekistatana i ix sistematicheskaya xarakteristika» va «Bolezni dikorastushix plodov porod» deb nomlangan asarlarini chop etib O`zbekiston mikoflorasini o`rganishga katta hissa qo`shgan. Muallif о`zining birinchi asarida 120 ta zamburug` turlari va formalarini aniqlab, ularni О`zbekistonning tog`li xududlarida tarqalish qonuniyatlarini о`rganib chiqqan. Uning ma`lumoti bо`yicha yuksak О`simliklarda kasallik tug`diruvchi zamburug`larning eng kо`p turi notakomil zamburug`lar sinfiga mansub (57 ta tur forma), undan keyin zang zamburug`lari bо`lib, 43 turni va xaltachali zamburug`lar esa 20 tur hamda formalarni tashkil etgan. B.D.Klaynerning kо`rsatishicha tuban zamburug`lar daraxt va butalarda mutloqo uchramagan. Ikkinchi asarida kо`rsatishicha keltirgan ma`lumotlari bо`yicha yong`oqning qо`ng`ir dog`lanish kasalligi va olma parshasi kasalligini tug`diruvchi zamburug` eng kо`p tarqalgan bо`lib, daraxlarning 87-89 % kasallantiradi. Shuningdek dо`lana, olicha, bodom va zirk daraxt va butalari ham 90-100 % gacha sharxil zamburug` kasalliklari bilan zararlanganligini kо`rsatib О`tadi. Ushbu keng tarqalgan kasalliklarning keltiradigan zarari juda katta ekanligini shisobga olib, ularni sog`lomlashtirish va saqlab qolish katta ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlaydi. Mikologik jihatidan nisbatan yaxshi о`rganilgan О`zbekistondagi xududlardan yana biri Tyanь-shyanь tog`ining janubiy- g`arbiy tizmalari bО`lib, 1924 yildan 1966 chi yillargacha birqator tadqiqotchilar tomonidan о`rganib kelingan. Ushbu tadqiqotlar uzoq muddat davom etishiga qaramasdan uzluksiz bо`lmagan va ma`lum muddatlarda tо`xtatilib qolgan. Ushbu xududni mikoflorasini о`rganishda qatnashgan tadqiqotchilar (A.Solskiy, 1924; N.G.Zapromyotov, 1926; Gomolitskiy, 1929; P.N.Golovin, 1936-1938; S.P.Shvarsman, 1956; N.I.Gaponenko, 1958; F.G.Axmedova, 1960-1966) juda katta hajmdagi ma`lumotlarni tо`plashgan. 1966 chi yili F.G.Axmedova tomonidan barcha tuplangan materiallar kritik taxlil qilinib, nomzodlik dissertatsiyasi shimoya qilingan. Muallifning kо`rsatishicha tadqiqotlar о`tqazilgan xududda zamburug`larning 168 turkumga kiruvchi 672 tur va formalari aniqlangan. Shularning 600 tur va formalari yuksak о`simliklarda, qolganlari esa tuproqda hamda chirindi substratlarda aniqlangan. Kasallangan о`simliklarning rо`yxati esa 61 oilaga mansub 479 turni tashkil etib, eng kо`p kasallangan о`simliklar boshoqdoshlar, dukkakdoshlar va ra`noguldoshlar oilalariga mansub ekanligi kо`rsatib о`tiladi. 1980 chi yillardan boshlab О`FA qarashli botanika instituti mikolglari, Tashkent Davlat universitetining Tuban О`simliklar kafedrasi о`qituvchilari bilan hamkorlikda «О`zbekiston zamburug`lari florasi» katalogini tuzishni rejalashtirishadi va uning birinchi tomi N.I.Gaponenko, F.G.Axmedova, S.S.Ramazanova M.SH. Sagdullayeva va X.M.Kirgizbayevalar muallifligida 1983 yili chop etildi. Ushbu tom unshudring zamburug`lariga bag`ishlangan bо`lib, mualliflar О`zbekistonda olib borilgan barcha mikologik ishlardagi ma`lumotlarga asoslangan sholda unshudring zamburug`larini rО`yxatini tuzib chiqishgan va ularga aniqlagich keltirishgan. 1983 chi yildan to 1994 yillar mabaynida yuqorida kО`rsatilgan mualliflar va yana qО`shimcha ravishda F.X. Fayziyeva muallifligida О`zbekiston zamburug` florasining 7 ta tomi chop etilib, ularda respublikamizda aniqlangan barcha zamburug`larning rо`yxati, substratlar va geografik xududlar bо`yicha tarqalishi, taksonomik tarkibi hamda kО`pchilik tur va formalar uchun rivojlanish sikllari kО`rsatilgan sholdagi tavsiflari bilan, aniqlagich shaklida chop etildi. Ushbu monografik aniqlagichlar О`zbekiston mikologik florasini bir butun qilib jamg`ardi va respublikada zamburug`lar bо`yicha olib borilgan tadqiqotlar darajasini yaqqol namayon etdi. Shozirgi paytda ular yordamida respublikamizning qaysi xududlari mikologik jishatidan qanday darajada о`rganilganligi, qilinadigan ilmiy tadqiqotlarni qaysi yО`nalishda olib borish kerakligi kabi ma`lumotlarni osongina aniqlab olish imkoniyatlari mavjud. 1995 yildan 2005 yillargacha yuksak О`smliklar mikoflorasini О`rganish bо`yicha YO.S. Soliyeva boshchiligida salmqli ishlar olib borildi. Ushbu ishlarda asosiy e`tibor kam о`rganilgan geografik xududlar shisoblangan qashqadaryo va Namangan viloyatlariga qaratiladi. Qashqadaryo viloyatidagi tekshirishlar natijasi bо`yicha yuksak О`simliklarda 364 tur va 49 forma aniqlanib, ulardan 178 tasi tekshirish olib borilgan viloyat uchun, 24 tasi О`zbekiston mkoflorasi va 2 tasi fan uchun yangi ekanligi aniqlangan. (X.X. Nuraliyev, YO.S.Soliyeva, 1995, 1996; X.X. Nuraliyev, 1996, 1998). Ushbu ishlarda turlar tarkibidan tashqari Qashqadaryo mikoflorasining boshqa regionlar bilan о`xshashlik koyefitsentlari, zamburug`larning vertikal mintaqalar bо`yicha tarqalishi, fasllar bо`yicha о`zgarishi va yuksak о`simliklarning turlari bо`yicha taqsimlanishi ham tavsiflanib chiqilgan. Oxirgi 5-6 yillar mabaynida esa О`zbekiston mikologik florasini о`rganish deyarli tо`xtab qoldi deyilsa bо`ladi. Chunki floristik ishlarni olib borish uchun ekspeditsiyalar uyushtirish, о`rganilmagan xududlarda tadqiqotlar olib borish va chop etilgan monografik aniqlagichlarga qо`shimchalar kirgizish ishlari deyarli amalga oshirilmayapti. Lekin О`zFA ga qarashli о`simliklarni himoya qilish ilmiy teksherish instituti xodimlari va О`zbekiston Agrar universitetining professor о`qituvchilari tomonidan qishloq xо`jalik о`simliklarining zamburug` kasalliklarini о`rganish yо`nalishidagi ishlar nisbatan yaxshi davom ettirilmoqda (A.Sheraliyev, M.Zuparov, CH.Xolmuradov, S.S.Xasanov va boshqalar, 2000-2007 yillar). Download 220 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling