Anorganik kimyo ii
HClO4 ning boshqa hossalari
Download 406.07 Kb.
|
HClO4 ning boshqa hossalari:KClO4 + H2SO4 = KHSO4 + HClO4 (lab.Olinishi) HClO4(kons.) + MCl(kons.) = MClO4↓ + HCl (M = K, Rb, Cs). 4HClO4 + P4O10 = 2Cl2O7 + 4HPO3 4HClO4 + 7С(grafit) = 7CO2↑ + 2Cl2↑ + 2H2O. BROM Brom tuz konlarining ustki qavatlarida karnalit KBr∙MgBr2∙6H2O holida uchraydi. Dengiz suvida va tuz konlarida NaBr va KBr uchraydi. Tabiiy brom ikki izotopdan tashkil topgan: 79 Br (50,59%) va 81Br (49,46%), ko'pgina sun’iy izotoplari olingan. Brom og‘ir, qizil-qo‘ng‘ir suyuqlik. U juda tez bug‘lanib, metall kabi sal yaltiraydigan to‘q kulrang kristallar hosil qiladi. Brom bug'lari zaharli, qaynash temperaturasi 58,8 °C, muzlash temperaturasi −7,3 °C. Solishtirma massasi 20°C da 3,14 g/sm3, eruvchanligi 20 °C da 100 g suvda 3,55 g brom eriydi. Brom sovitilganda −10 °C dan past temperaturada kristallogidrat ajralib chiqadi. Brom odatdagi sharoitda fosfor, mishyak, surma va ba’zi metallar bilan bevosita birika oladi. Brom birikmalaridan ftor va xlomi siqib chiqara olmaydi. Yodni esa birikmalardan siqib chiqaradi. Bromli tuzlarga xlor ta’sir ettirib brom olinadi: 2KBr + Cl2 = 2KCl + Br2 Laboratoriyada brom MnO2 bilan KBr aralashmasiga kons. sulfat kislota ta’sir ettirish yo'li bilan olinadi. Bromning vodorodli birikmasini brom tuziga sulfat kislota ta’sif ettirib olib bo'lmaydi: 2KBr + H2SO4 = KHSO4 + HBr Hosil bo'lgan vodorod bromid yana sulfat kislota bilan qo'shilib, erkin brom ajralib chiqadi: 2HBr + H2SO4 = Br2 + SO2 + 2H2O Vodorod bromid olish uchun, asosan, PBr3 gidrolizidae foydalaniladi: PBr3 + 3H2O = H3PO3 + 3HBr Bromdan turli dorivor vositalar, ba’zi bo‘yoqlar, kumush bromid ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Bromning yetishmasligi insonlarda turli asab kasalliklarini keltirib chiqaradi. Asab kasalliklarida, uyqusizlikda bemorlarga bromli dori-darmonlar tavsiya qilinadi. Kumush bromid fotoplyonkalar tayyorlashda va kimyo laboratoriyalarida ishlatiladi. Download 406.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling